Rejali tekshirishlar yiliga ко'pi bilan bir marta odatda kompleks tekshiruvlar
ko'rinishida amalga oshiriladi. Moliya xo'jalik faoliyatini tekshirishlar bundan
mustasno.
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga to'liq rioya etadigan tadbirkorlik
sub'ektlari faoliyatini rejali tekshirishlar, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ко'pi
bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.
Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklari moliya-xo'jalik
faoliyatini rejali tekshirishlar to'rt yilda ko'pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik
sub'ektlariniki esa uch yilda ko'pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil topgan tadbirkorlik sub'ektlarining moliya- xo'-jalik faoliyati ular
davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan bosh-lab ikki yil mobaynida rejali
tekshirishdan o'tkazilmasligi kerak.
Hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shahar-larda) ro'yxatdan
o'tkazilgan tadbirkorlik sub'ektlarining mo-liya-xo'jalik faoliyatini tekshirishlar,
ularning ishlab chiqarish joylari, savdo shoxobchalari va xizmat ko'rsatish (ish
bajarish) joylari qaerda joylashganidan qat'i nazar, takroriylikni istisno etgan holda,
tadbirkorlik sub'ekti ro'yxatdan o'tkazilgan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir
vaqtda o'tkaziladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan tadbirkorlik sub'ektlari bo'linmalari
faoliyatini rejali tekshirishlar, ular qaysi yuri-dik shaxs tarkibiga kirsa, shu yuridik
shaxsda o'tkaziladigan tek-shirishlar doirasida amalga oshiriladi.
Yillik rejali tekshirishlarni o'tkazish va tasdiqlangan tek-shirishlar reja-jadvaliga
o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflar "Tadbirkorlik sub'ektlarini faoliyatini
tekshirish-larning yillik va yil choraklariga mqljallangan muvoflqlash-tirish reja
jadvallarini
shakllantirish
printsiplari
to'g'risi -dagi
tasdiqlangan
qoidalari"ga qat'iy muvofiqlashgan holda taq-dim etiladi.
Yillik tekshirishlar reja jadvalini ishlab chiqishda nazorat qiluvchi organlar
tomonidan, "Tadbirkorlik sub'ektlari faoliya -tini tekshirishlaming yillik
va yil choraklariga mqljallangan muvofiqlashtirish reja jadvallarini
shakllantirish printsip-lari to'g'risida"gi qonunda tasdiqlangan qoidalarni hisobga
olgan holda, tekshirishlaming reja jadvaliga kiritish uchun tegishli takliflar
quyidagicha kiritiladi:
-Kengash ishchi organiga nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparatlari
tomonidan tekshiriladigan tadbirkorlik sub'ekt-lari bo'yicha;
-viloyat komissiyalarining ishchi organlariga - nazorat qiluvchi organlarning
viloyat bo'linmalari tomonidan, o'zlarining yuqori organlari bilan kelishilgan
holda tekshiriladigan tadbirkorlik sub'ektlari bo'yicha;
22
-tuman komissiyalarining ishchi organlariga- nazorat qiluvchi organlarning
tuman (shahar) bo'linmalari tomonidan, o'zlarining yuqori organlari bilan kelishilgan
holda tekshiriladigan tadbir-korlik sub'ektlari bo'yicha.
Ayrim nazorat qiluvchi organlar uchun ularning murojaatlari bo'yicha
Kengashning maxsus qarorlari bilan takliflar taqdim etishning boshqa tartibi nazarda
tutilishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organlarning takliflari asosida Kengash to-monidan yillik
tekshirishlar reja jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Bunda tadbirkorlik sub'ektlari quyidagi hollarda tekshi-rishlar reja jadvaliga
kiritilmaydi:
tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini tekshirish tegishli nazorat qiluvchi organning
vakolatiga kirmaydigan bo'lsa;
tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishlarining yil-lik va yil choraklariga
mqljallangan muvofiqlashtirish reja jadvallarini shakllantirish printsiplari
to'g'risidagi ttasdiq-langan qoidalar shartlariga rioya etilmagan bo'lsa;
tadbirkorlik sub'ektlari tugatilsa yoki tugatish jarayonida bo'lsa shuningdek ular
bankrot deb e'lon qilingan bo'lsa;
ularning reja jadvaliga kiritilishi qonun hujjatlariga, kengash qabul qilgan
qarorlarga zid bo'lsa.
Reja jadvallariga yoki ularga kiritilgan qo'shimchalarga tad-birkorlik sub'ektlari
tomonidan yil davomida bittadan ortiq tekshirish kiritilishi mumkin emas.
Tekshirishlarni o'tkazishga taalluqli takliflarni ko'rish bo'yi -cha ishlarni
muvofiqlashtirish reja jadvalini ishlab chiqishning barcha bosqichida
Kengashning, tegishli viloyat va tuman komissiya-larining ishchi organlari
tomonidan zaruriyat bo'lgan nazorat qiluvchi organlar vakillarining ishtirokida
amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlarning belgilangan talablar asosida berilgan takliflaridan
kelib chiqib tuziladigan tekshirishlar reja jadvaliga Kengash qarori bilan tasdiqlangan
qo'shimchalar va aniqlashtirishlar kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |