1 - Mavzu. Soliq nazoratining tashkiliy va huquqiy asoslari
1. Klrksh. Fanning maqsadi, predmeti va vazifalari.
2. Soliq nazoratining tashkiliy shakillari.
3. Soliq nazoratining huquqiy asoslari.
4. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslari va xo'jalik yurituvchi
sub'ektlarning huquqlari.
Soliq nazorati bu - soliq to'lovchilaming soliq qonunchiligi-ga to'liq rioya etishi,
soliqlar va byudjetdan tashqari jamg'arma-larga to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq
undirilishi, to'g'ri hisob-lanishi ustidan soliq organlari hamda bojxona organlari
tomo-nidan olib boriladigan nazoratdir.
So'nggi vaqtlarda respublikamiz hukumati tomonidan tadbir-korlik sub'ektlari
faoliyatini nazorat qilishni va moliyaviy jazolarni qo'llashni erkinlashtirish
jihatidan juda ahamiyatli qarorlar qabul qilinmoqda. Yangi tahrirdagi Soliq
kodeksining qabul qilinishi bilan tadbirkorlik sub'ektlarini rag'batlanti-rish nuqtai
nazaridan yana bu sohada bir qancha muhim o'zgartirish-lar kiritish
rejalashtirilmoqda.
Soliqqa tortish tizimini tartibga soluvchi me'yoriy huquqiy hujjatlarga
quyidagilar kiradi:
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
- O'zbekiston Respublikasi qonunlari
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari
- Vazirliklar, davlat qo'mitalari va boshqarmalar hujjatlari
- Davlat
xokimiyatining
joylardagi
organlari
qarorlari
O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning va O'zbekiston
Respublikasi qonunlarning so'zsiz ustuvorligi tan olinadi. O'z-bekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi oliy huquqiy kuchga ega. Qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar
O'zR Konstitutsiyasi aso-sida va uni amalga oshirish uchun qabul qilinadi va uning
me'yor-lariga, tamoyillariga qarshi kelishi mumkin emas.
«Qonunning ustunligi bizning islohotlar modelimizdagi etakchi tamoyildir. U
huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biri bo'lib xizmat qiladi»
2
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni respub-likamizda Davlat soliq
xizmati va bojxona organlari amalga oshiradi. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini
muvofiqlashti-ruvchi respublika Kengashi, tuman va shaharlar hududiy komissiya-lari
nazorat qiluvchi organlar va ular hududiy bo'linmalari tomo-nidan tadbirkorlik
2
I.A.Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»-T.: O'zbekiston, 1997y,
279-bet
5
sub'ektlari faoliyatini nazoratini tashkil etadilar. Bunda ular O'zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksi, «Xo'jalik sub'ektlari faoliyatining davlat nazorati
to'g'risi-da»gi Qonunga "Davlat soliq xizmati to'g'risida"gi, "Tadbirkor-lik
faoliyati erkinliklari to'g'risida"gi O'zR qonunlariga, «Mud-datida to'lanmagan
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni un-dirish to'g'risida»gi qonunlar, O'zR
Prezidentining 1996 yil 8-avgustdagi "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat
qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirishni takomillashtirish to'g'ri-si"gi PF-1503
son, 1998 yil 19-noyabrdagi "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlami tekshirishni tashkil
qilishni tartibga solish to'g'-risida"gi PF-2114 son, 2005 yil 14-iyundagi "Tadbirkorlik
sub'ekt-larini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida"gi PF-3365- son farmonlariga, 2006 yil 16 maydagi
"Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o'tkazila-digan, tadbirkorlik sub'ektlari
yuridik shaxslar fao-liyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to'g'risida"gi
Nizom va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tekshirishni tartibga
solish masalalariga doir boshqa qonun hujjatlariga, me'yoriy va qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiradi.
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga
qat'iy amal qilish, soliq to'lovlarining byudjetga to'liq va o'z vaqtida tushishini
ta'minlash, soliqqa doir huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va
ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, shuningdek, soliq
organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining
2000 yil 13 martdagi «Davlat soliq xiz-mati organlari faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish maqsadida» 87-son va «Davlat soliq xizmati organlari faoliya-tini
huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida» 180-son qarorlariga muvofiq
soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi kurashish bo'yicha bosh boshqarma va
nazorat-taftish bosh-qarmasi tashkil etildi.
Davlat soliq xizmatining nazorat funktsiyalarini ко'rib chiqish jarayonida
nazorat mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Soliq nazorati haqida «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi qo-nunning 2-
moddasida shunday deyiladi: «Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari
Do'stlaringiz bilan baham: |