Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo'jalik yurituvchi
sub'ektlar faoliyatini tekshirish chog'ida o'z vakolat-lari doirasida quyidagilarni
bajarishga majburdirlar:
-
tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga tekshirish
o'tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko'rsatish;
- davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta'min -lash;
tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma'lumotnoma) bilan
rasmiylashtirib,
uning
bir
nusxasini
tekshirilayotgan
xo'jalik
yurituvchi
sub'ekt ixtiyorida qoldirish;
- huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjat-larida
nazarda tutilgan choralarni ko'rish.
Ushbu qonunning 6-moddasida tekshiruvchi mansabdor shaxslar-ga qo'yiladigan
talablar keltirilgan. Bu talablar quyidagilardan iborat.
Tekshirilayotgan xo'jalik sub'ektlarining ham o'z qonuniy hu-quqlari va
majburiyatlari bo'lib, soliq to'lovchilarning ularni yaxshi bilishi soliq organlari
tomonidan bo'ladigan ayrim noqo-nuniy harakatlarning oldini oladi. Shuningdek,
nazorat organlari mansabdor shaxslari harakatlari va qarorlari ustidan ham shikoyat
qilish huquqi va tartibi mavjud. Tekshirilayotgan xo 'jalik yuri-tuvchi sub 'ektlar
quyidagi huquqlarga ega:
• o'z faoliyatlari tekshirilishi to'g'risidagi tegishli axborotga ega
bo'lish;
• nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxs-
laridan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo'linmalari qarorini,
tekshirish o'tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa huj-jatlarni talab qilish,
tekshiruvchilaming shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
• tekshirish o'tkazish uchun asosga ega bo'lmagan shaxslarning
tekshirish o'tkazishiga yo'l qo'ymaslik;
• nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxs
larning
vakolatiga
kirmaydigan
masalalarga
oid
talablarni
ba-jarmaslik
va tekshirish predmetiga taalluqli bo'lmagan material-lar bilan ularni
tanishtirmaslik;
• nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxs-
laridan tekshirish tugaganidan so'ng o'n kun muddat ichida tekshi-rish
natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;
• qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat
8
qilish.
Xo'jalik
yurituvchi
sub'ektlar
faoliyatini
tekshirish
nazorat
qiluvchi
organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshi -riladi. Nazorat
qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
attestatsiyadan o'tkazilishlari lozim.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo'jalik yurituvchi
sub'ektlar
faoliyatini
tekshirishiga
belgilangan
max-sus
guvohnoma
va
qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo'l-gan taqdirda yo'l qo'yiladi.
Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani takdirda,
nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ
va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert o'rtasidagi shartnomaning ko'chirma
nusxasi, albatta, taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning fami-
liyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Auditor
va (yoki) ekspert xulosasining to'g'riligi va uning qonun hujjatlariga muvofiqligi
uchun auditorlik tash-kiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan
shartnoma-ning
zaruriy
sharti
hisoblanadi.
Auditorlik
tekshiruvlari
va
ekspertizalarni o'tkazish xarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga
oshiriladi.
Rahbarlar, tekshirishlarni muvofiqlashtirish masalalari bi-lan shug'ullanuvchi
mas'ul xodimlar tayyorlanayotgan tekshirish-larning reja-grafiklaridagi axborotning
maxfly saqlanishi va ishlab chiqilayotgan axborotdan faqat xizmat maqsadlarida
foyda-lanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Tadbirkorlik sub'ekti nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilayotganda
ushbu organning boshqa tarkibiy bo'linmalari kelib qqshilishi uchun tegishli nazorat
qiluvchi organ yuqori bo'-linmasi rahbarining mazkur masala bo'yicha maxsus
qarori (buy-rug'i) asosidagina amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishlarga belgi -langan tartibda ruxsat
berilgan bitta nazorat organiga boshqa na-zorat qiluvchi organlar rejadan tashqari
tekshirish o'tkazish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo'lgan
taqdirda, ular tomonidan berilgan buyurtmanoma asosida, Kengash qarori bilan
qqshilishi mumkin.
Kengash yoki uning hududiy bo'linmalari qarori bilan ruxsat berilgan tadbirkorlik
sub'ektlarini tekshirishlarni amalga oshirishni nazorat qiluvchi organlar o'zlarining
quyi hududiy bo'-linmalariga topshirishga haqli.
O'tkazilgan tekshirish natijalariga rozi bo'lmagan tadbirkor-lik sub'ektlari nizoli
masalalarga aniqlik kiritish uchun nazo-rat qiluvchi organlarning yuqori
bo'linmalariga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Nizoli masalalarga nazorat
qiluvchi organ-larning yuqori bo'linmalari Kengash yoki uning viloyat komis-
siyalari bilan qo'shimcha ravishda kelishmasdan turib, faqat tad-birkorlik
sub'ektlarining murojaatlarida ko'rsatilgan masala-lar yuzasidangina aniqlik
kiritadilar.
9
Tadbirkorlik subektlari ularda o'tkazish mqljallanayotgan yoki o'tkazilayotgan
rejali yoki boshlab yuborilgan rejadan tashqari tekshirish haqidagi va ular
faoliyatini tekshirishni amalga oshi-rishga ruxsat olgan nazorat organlarining
nomi to'g'risidagi axbo-rotni Kengash yoki viloyat komissiyasining ishchi
organlaridan bepul olishga haqlidirlar. Tegishli axborotni olish rejasi tek-shirishlar
to'g'risidagi axborotni matbuotda chop etish yo'li bilan ham ta'minlanishi mumkin.
Tekshirishlarning davomiyligi 30 taqvim kunidan ortiq bo'1-masligi kerak. Ayrim
hollarda tegishli organlar tomonidan bu muddat у ana 30 taqvim kungacha cho'zilishi
mumkin. Cho'zilgan muddat uchun alohida buyruq chiqariladi.
Qisqa muddatli tekshirish davri yigirma to'rt soatdan ortiq bo'lishi mumkin
emas. Qisqa muddatli tekshirish davrini cho'zish mumkin emas.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to'lovchi to'g'ri-sidagi olingan har
qanday ma'lumot soliq siri hisoblanadi. Quyidagi ma'lumotlar esa soliq siri
hisoblanmaydi:
1) soliq to'lovchi tomonidan mustaqil yoki uning yozma roziligi bilan
ruxsat berilgan;
2) soliq to'lovchining identifikatsiya raqami to'g'risidagi;
3) yuridik shaxsning ustav kapitali to'g'risidagi;
4) soliq huquqbuzarliklari va unga nisbatan ko'rilgan javob-garlik
choralari to'g'risidagi;
5) O'zbekiston
Respublikasi
xalqaro
shartnomalariga
asosan
boshqa
davlatlaming soliq va huquqni muhofaza qilish organlariga berilgan
ma'lumotlar.
soliq organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb qilingan ekspertlar, tarjimonlar
tomonidan o'z vazifalarmi bajarish chog'i-da ega bo'lgan va soliq siri hisoblangan
ma'lumotlarni oshkor etilishi man qilinadi.
Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan soliq siri hisoblangan ma'lumotlar
maxsus saqlash tartibida saqlanadi.
Soliq siri bo'lgan ma'lumotli hujjatlarni yo'qotish yoki e'lon qilish qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |