5-Mavzu. Soliq nazoratini tezkor shaklda yuritish tartibi
1. Soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi tezkor shaldda soliq nazoratini
yuritishning asosiy vazifalari.
2. Tezkor soliq nazoratini yuritishni taqozo qiluvchi vaziyatlar.
3. Soliq, valyutaga oid jinoyat-larga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga
qarshi kurashish departamentining asosiy vazifalari.
Soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi tezkor shaldda soliq nazoratini yuritishning
asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning barqaror va uzluksiz ishla-shiga,
шпшпап iqtisodiyotni rivojlantirishga, daromadlar tushumi va byudjet
prognozlarini oshirib bajarishga yordam berish;
- soliq to'lovlarining byudjetga to'liq va o'z vaqtida tushishini ta'minlashga
yo'naltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
- soliq solish bazasini kengaytirishga doir chora-t^birlarni amal-ga
oshirish, soliq sohasida huquq buzilishlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning
oldini olishga doir chora-tadbirlar majmuini amal-ga oshirish yo'li bilan
soliqlar yig'ilishini ko'paytirish;
- soliq to'lovchilarni to'liq qamrab olish va hisobga olish mexaniz-mini
takomillashtirish;
- soliqlar to'lashdan bo'yin tovlashning oldini olish bo'yicha qo'shim-cha
chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
- soliq to'lovchilarning tegishli soliqlar, byudjetga boshqa majbu-riy
to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq to'lashlari uchun javobgarligini oshirishga
hamda soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlik
uchun jazoning muqarrarligi xususida jamoatchilik ongini shakllantirishga doir
chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi tezkor nazorat funktsiya-lari quyidagilar:
- soliq bazasini kengaytirishga, soliq sohasidagi huquq buzi
lishlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish bo'yicha
tadbirlar amalga oshiradi;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, soliqlar va byudjetga majburiy
to'lovlar
bo'yicha
muddati
o'tgan
qarzlarni
undirishni
ta'minlashga
yo'naltirilgan
chora-tadbirlarni
tashkil
etadi
va
ularning
qo'llanishini
amalga oshiradi;
- byudjetga to'lovlarga doir boqimandalarni undirishni xija-lik
sudlarining
qarorlari
bo'yicha
qarzdor
korxonalar
mol-mul-kiga
qaratish
bilan
bog'liq
ish
samaradorligini
oshirish
bo'yicha
chora -tadbirlarni
amalga oshiradi;
- soliq to'lovchilarning soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashi oldini
40
olish maqsadlarida naqd oborotga ega xo'jalik yurituvchi sub'ektlar
tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan naqd pul mablag'larining
muomalada bo'lish tartibini buzishlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning
oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.
Tezkor soliq nazoratini yuritishni taqozo qiluvchi vaziyatlarning yuzaga kelishi asosan
quyidagilar bilan bog'liq:
- aholi bilan hisob-kitoblarda nazorat
kassa
mashinalarining
qo'llanishi
tartibiga rioya qilinishni tekshirish;
- alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish ustidan
nazorat yuritish;
- O'zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan
tovarlarni olib kirishni tartibga solish maqsadida nazoratni yuritish;
- kontrabanda mahsulotlarini olib kelishni nazorat qilish;
- yog' mahsulotlari, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar ishlab
chiqaruvchi yashirin tsexlarni aniqlash, tugatish va tegishli jazolarni qo'llash.
Respublikamizda soliq nazoratini tezkor shaklda yuritish DSQ qoshidagi
nazorat taftish bosh boshqarmasi va O'zbekiston Respub-likasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyat-larga qarshi kurashish departamenti
tomonidan olib borildi.
Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda qonuniylikni ta'minlashda O'zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga
qarshi kurashish departamenti muhim qrin egallaydi. O'zining 5 yillik faoliyatida
(2006 yil yarmiga qadar) Departament tomonidan soliq va valyutaga oid 52
mingtadan ortiq qonun buzilishlari aniqlangan bo'lib, 13530 tasi bo'yicha jinoiy
ishlar qo'zg'atildi, 38887 nafar shaxslar ma'muriy javob-garlikka tortildilar.
Kqrilgan choralar natijasida jami 142,9 mlrd. sqm miqdori-dagi moddiy zarar
va byudjetga qo'shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar undirildi.
Respublikaga noqonuniy olib kirilgan 22,4 mlrd. sqmlik tovar-moddiy boyliklar olib
qqyildi. Xorijiy valyutaning yashirib qolinishi, chetga chiqib ke-tishi, noqonuniy
aylanishi bilan bog'liq 2420 qonunbuzarliklar fosh etildi.
Shu bilan birga, soliq, valyuta, boshqa iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
ishlarini tashkil etishda jiddiy kamchiliklar va foydalanilmagan rezervlar
mavjudligi O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2006 yil 21-apreldagi 331-sonli
qarorida ta'kidlangan. Xususan, bular;
- iqtisodiy, moliyaviy, soliq sohalarida sodir etilgan jinoyatlarning
shart-sharoitlari va sabablarini, "xufyona biznes"ni shakllanish
yo'llarini, xorijiy valyutaning chetga chiqib ketish kanalla ri va ko'p
miqdordagi pul mablag'larining bankdan tashqari noqonuniy aylanishi manbalarini
aniqlash va bartaraf etish ishlarining samaradorligi past darajada qolayotganligi;
- soliq va valyuta sohasidagi qonun buzilishlari va ularni so-dir etgan
shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarning yagona markaz-lashtirilgan
41
hisobini yuritish va ma'lumotlarning kompyuter bazasini yaratish ishlari
tugallanmaganligi;
- iqtisodiy, moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini tashkil
etish, kriminogen vaziyat monitoringini amalga oshirish, ushbu sohada
profilaktika ishlarini olib borishda huquqni muho-faza qiluvchi organlar,
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, moliya va bank
muassasalarining
o'zaro
hamkorlik
darajasi
zamon
talablariga
javob
bermasligi va boshqalardir.
Shulardan kelib chiqqan holda iqtisodiy, valyuta-moliya va so-liq sohasidagi
jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini takomil-lashtirish, shuningdek, O'zbekiston
Respublikasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizm-ni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida"gi yoonuni talab-lari
ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyat-larga qarshi kurashish departamenti
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid
jinoyatlarga va ji -noiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
qarshi kurashish departamentiga aylantirildi.
Departament O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil
ixtisoslashtirilgan vakolatli huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi, soliq,
valyutaga oid jinoyatlar va hu-quq buzilishlariga hamda jinoiy faoliyatdan
olingan daromad-larni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahli-liy,
qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuning-dek, sodir etilgan qonun
buzilishlari oqibatida etkazilgan iqti-sodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi
hisoblanadi.
Mazkur Prezident qarorining 1-ilovasida "O'zbekiston Respub-likasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyat-larga va jinoiy daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
to'g'risida"gi Nizom
keltirilgan. Unga ko'ra quyida -gilar Departamentning soliq nazorati sohasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |