Moliyaviy jarima (sanktsiya) soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlik chorasi
bo'lib, pul undirish shaklida bo'ladi.
Moliyaviy jarimalarni undirish sud orqali amalga oshiriladi. Soliq va to'lovlarning
to'lov muddati o'tkazib yuborilganligi uchun penyalar, shuningdek, soliq to'lovchi
tomonidan soliq huquqbuzarligi uchun aybi tan olinib ixtiyoriy ravishda uni
to'lashga rozi bo'lganida, ularni undirish soliq organi tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq organi tomonidan soliq huquqbuzarligini bartaraf etish topshirilgan
vazifalarni o'z vaqtida bajarilgan, o'z ixtiyori bilan belgilangan muddatda va
to'liq etkazilgan zarar penya bilan birgalikda qoplangan vaqtda moliyaviy jarima
qo'llanilmaydi. Lekin bu holatlar mahsulot (ish, xizmatlarni) yashirgan (kamaytirib
ko'rsatgan) hollarda hamda kirim qilinmagan tovarlar saqlanganda, nazorat
kassa mashinalaridan foydalanish qoidalari buzilganda, litsenziyasiz faoliyat
yuritganida qo'llanilmaydi.
Moliyaviy jarimalarni undirish da'vo muddati doirasida amalga oshiriladi.
Qqshimcha hisoblangan soliq va to'lovlar summasi soliq to'lovchi joriy aktivlari
summasining 20%dan ortig'ini tashkil etsa, bu to'lovlami 6 oy muddatga cho'zib
to'lash huquqi beriladi.
Moliyaviy sanktsiyalar QR SKga asosan qo'llaniladi. Unga ko'ra quyidagi
moliyaviy jazolar belgilangan:
Yuridik shaxslarning (shu jumladan norezidentl arning) soliq organida ro
'yxatdan qtishdan bo 'yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solishga olib keladi:
- agar faoliyat 30 kungacha amalga oshirilgan bo'lsa EKIXning 50
baravari
miqdorida,
lekin
bunday
faoliyatdan olingan
daromadning
10%dan kam bo'lmagan miqdorda;
- agar faoliyat 30 kundan ortiq amalga oshirilgan bo'lsa, EKIXning
100 baravari miqdorida lekin bunday faoliyatdan olingan daromadning
50 %idan kam bo'lmagan miqdorda.
Daromad foyda yashirilgan taqdirda soliq to'lovchidan yashirilgan daromadning
butun summasi va yana shuncha summa miqdorida jarima undiriladi. Soliq
64
solinadigan boshqa ob'ektlar yashirilganda soliq to'lovchidan yashirilgan soliq
ob'ekti uchun olinadigan soliq summasi va yana shuncha miqdorda jarima
undiriladi;
Yil davomida ushbu qonunbuzarliklar yana takrorlanganda soliq to'lovchilardan
ushbu jarimalar ikki baravar miqdorda undiriladi.
Soliq va yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash uchun zarur bo'lgan
deklaratsiyalar, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaganlik, yoki
belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun soliq to'lovchidan soliq to'lovchidan
to'lov muddati o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun tegishli summaning 1%
miqdorida tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblab chiqarilgan to'lovlar chegirib
tashlangan holda belgilangan to'lov muddatiga tegishli to'lov summasining 10%dan
ko'p bo'lmagan miqdorda jarima undiriladi;
Buxgalteriya hisobining yqo'ligi yoki uni belgilangan tartibda soliqlar va
yig'imlar bo'yicha hisob-kitoblarning buzilishiga olib keladigan tarzda buzgan
holda yuritganlik uchun soliq to'lovchidan qo'shimcha hisoblab chiqarilgan
summaning 10% miqdorida jarima undiriladi; Agar bu huquqbuzarlik soliq
summasini aniqlashga imkon bermasa eng kam ish haqining 50 baravari
miqdorida jarima qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |