8-Mavzu. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma'muriy va
jinoiy javobgarlik choralari
1. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy javobgarlik.
2. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik.
3. Soliq qonunchiligini buzganlik jinoiy javobgarlik.
Soliq qonunchiligining buzilishiga qarshi kurash bo'yicha nazorat funktsiyalarini
amalga oshira borib, soliq organlari qonunchilikni buzgan soliq to'lovchilarga
nisbatan huquqiy majburlash usullari, moliyaviy jazo choralarini qo'llaydilar.
Shuningdek, soliq to'lovchi jismoniy shaxslar va yuridik shaxslaming
mansabdor shaxslari ma'muriy, fiiqarolik huquqiy va jinoiy javobgarlikka ham
tortiladilar. Ular alohida, shuningdek, bir vaqtning o'zida qo'llanilishi mumkin.
Soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlik soliq kodeksiga asosan amalga
oshiriladi.
Soliq huquqbuzarligini sodir etgan jismoniy shaxs ishi O'zR Jinoyat kodeksida
ko'zda tutilgan jinoyatlar belgilariga ega bo'lmasa, javobgarlik Soliq kodeksi
bo'yicha ko'riladi.
Hech kim bir marta qilingan soliq huquqbuzarligi uchun ikki marta javobgarlikka
tortilmaydi.
Soliq huquqbuzarligi uchun yuridik shaxsning javobgarlikka tortilishi uning
mansabdor shaxslarini tegishli ma'muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikka tortishdan
ozod qila olmaydi.
Soliq to'lovchining javobgarlikka tortilishi uni soliq va to'lovlarni to'lash
majburiyatidan ozod qilmaydi.
S h axsni ng a ybi qon unch ilik da b elgi lan gan t a rtibd a isbotlanmagunicha
soliq huquqbuzarligida aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka jalb qilinayotgan
shaxs aybsizligini isbot qilishi shart emas.
Soliq to'lovchi bir nechta soliq huquqbuzarliklarini sodir etgan bo'lsa,
moliyaviy jarimalar har biri uchun alohida qo'llaniladi.
Soliq huquqbuzarligi uchun moliyaviy jarima qo'llanilgan shaxs bir yil
davomida qayta sodir etmasa, u moliyaviy jarimaga tortilgan deb hisoblanmaydi.
Shaxs quyidagi holatlardan bittasi ham mavjud bo'lganda soliq huquqbuzarligi
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliq huquqbuzarligini sodir etganligi fakti mavjud bo'lmasa;
soliq huquqbuzarligini sodir etishda shaxsning aybi bo'lmasa;
soliq huquqbuzarligi aniqlanganiga 3 yildan ortiq muddat o'tgan bo'lsa;
soliq kodeksida ko'zda tutilgan boshqa holatlar.
Soliq tekshirishiga qadar soliq to'lovchi tomonidan soliq xatolari mustaqil
to'g'rilangan bo'lsa penya to'lashdan tashqari javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shaxsning soliq huquqbuzarligini sodir etganligi aybini bekor etuvchi holatlar bo
63
'lib quyidagilar hisoblanadi:
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etilmaydigan holatlar oqibatida
soliq huquqbuzarliklari belgilari mavjud bo'lgan harakatlar sodir etilganda;
soliq to'lovchi jismoniy shaxsning o'z harakatlariga javob bera olmaydigan
holatda, bemor bo'lgan holatda soliq huquqbuzarligi sodir etilgan bo'lsa.
Soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar bo lib:
og'ir shaxsiy yoki oilaviy holatlar natijasida kelib chiqqan bo'lsa;
soliq huquqbuzarligi moddiy, xizmat yuzasidan yoki bog'liqlikdan kelib
chiqadigan boshqa tahdid yoki majburlash ta'siri ostida yuz bergan bo'lsa;
javobgarlikni engillatishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar.
Soliq huquqbuzarligi uchun og'irlashtiruvchi sharoit bo'lib, awal ham
shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |