Loyihalashtirish - ma’lum talablar va cheklanishlar sharoitida ob’ektlarning maqsadga muvofiq konfiguratsiyasini tanlash. Masalan, EXM larning raqamli bloklari yoki mantiqiy sxemalarini tuzish.
Sozlash - nosog’liklarni daf qilish uchun takliflar ishlab chiqish.
Ta’mir qilish - aniqlangan defektni daf qilish tadbiri uchun reja ishlab
chiqish.
Boshqaruv - biror bir ob’ektning xolatini boshqarish. Masalan, mashinaning yoki xavo tarnsportining xarakatini boshqarish.
Ekspert sistema xaqida bir necha aniqlanuvlar mavjud (ya’ni, bu sistema o’zi nima? - degan savolga javob ma’nosida). Masalan, funktsional nuqtai- nazardan ekspert sistema deb shunday hisoblash sistemasi tushuniladiki, u biror
bir aniq fan yo’nalishidagi malakali mutahassislarning bilimlari majmuasini o’zida jamlaydi va bu bilimlar doirasida, hamda ularni ishlatgan xolda tajribali malakali mutaxassis darajasida biror bir maslahatlar bera oladi va kerak bo’lganda tegishli qarorlar ham qabul qila oladi. Ideal ekspert sistema quyidagi asosiy xossalarni o’zida mujassam qilgan bo’ladi:
kompetentlilik, ya’ni uning tomonidan qabul qilingan qarorlar malakali va tajribali mutaxassis qabul qilgan qarordek sifatli va samarador bo’lishi zarur
simvollar darajasida fikr qilish qobiliyatiga ega bo’lmoq ;
real xayotdan olingan va ma’lum bir masalani echishga mo’ljallangan murakkab muammolarni echa olishi kerak ;
masala va topshiriqlarni ularning mohiyatini saqlagan xolda qayta o’zgartira olishi lozim ;
meta tushunchalar doirasida fikr qila olish, ya’ni o’z xarakatlari va tuzilishi xaqida mulohaza qila olish.
Bular esa o’z navbatida ekspert sistemalarni intellektual sistemalarning bir ko’rinishi ekanligini bildirib, unda albatta bilimlar bazasi va mulohaza qilish mexanizmi bo’lishi zarurligini anglatadi. Ekspert sistemada albatta bilimlarni olish va yig’ish, saqlash, ularni ko’rsatish va qabul qilingan echimni tushuntirish sistemalari bo’lishi shart.
Faraz qilaylik, quyidagi masalani echish uchun ekspertlar guruxi yig’ildi: daryo bo’yida joylashgan korxonalardan istalgani oqizgan bo’lishi mumkin bo’lgan neft dog’lari daryoda kuzatildi. Asosiy maqsad qaysi korxona neftni oqizganini topish va ifloslanish sabab-oqibatlarini bartaraf etishdir. Eng avvalo, bunday masalani echuvchi ekspert sistemasi tegishli soxada hisoblashni bilishi kerak. Neft oqizilgan joyni taxminan bilish uchun neftni suvga aralashish vaqti, daryo oqimi tezligi va yo’nalishi kabi ma’lumotlarni ishlatish kerak. Bunday ma’lumotlar yig’ilib, neft oqizilgan joy taxminan aniqlangandan keyin maxsus qoidalardan, masalan E1 va E2, va xakozolardan foydalanib, aybdorni aniq topish mumkin. Bu qoidalar evristik qoidalar deyiladi. Evristik qoidalar oddiy qoidalar asosida emas, balki ekspertning amaliy bilimiga asoslanadi. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
E1 qoida:
Do'stlaringiz bilan baham: |