AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo’yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir korxona joylashgan bo’lsa,
U XOLDA shu korxona neftni daryoga oqizgan .
E2 qoida:
AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo’yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir necha korxona joylashgan bo’lsa,
U XOLDA eng ko’p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga oqizgan. Maqsadga erishish uchun ko’rib chiqilayotgan variantlar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi va fikrlash samarasini oshiruvchi soddalashtirishlar qo’llaniladi. Ekspert sistemalarida evristik qoidalar asosida ishlatiladigan soddalashtirish mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyiladi. Quyida oddiy evristik qidiruv mexanizmi keltirilgan.
Evristik qidiruv mexanizmi suvni ifloslantirish extimoli eng ko’p bo’lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilgari surilgan gipotezani tekshirish uchun ekspert sistema boshqa qoidalar to’plamini ishlatishi mumkin. Eng avvalo korxona neft quvuri sistemasidagi nosozliklar ko’rib chiqiladi. Bunda quyidagi evristik qoida foyda keltirishi mumkin:
AGAR fabrika neft quvurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik bo’lsa,
U XOLDA 2 yoki 3-uchastkalarni tekshirish kerak va xakozo.
Bunday qoidalarni faqat shu sohani biluvchi inson, ya’ni ekspert aytishi mumkin.
Bilimlarni nafaqat yuqorida ko’rib o’tilgan “AGAR-U XOLDA” ko’rinishda, balki boshqa ko’rinishlarda xam ifodalash mumkin. Masalan, freymlar ko’rinishida, strukturaviy ko’rinishda yoki mantiqiy ko’rinishlarda ifodalash xam ba’zi bir xollarda yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Lekin ko’pchilik xollarda produktsion ifodalanish deb nomlangan “AGAR-U XOLDA” usulida bilimlarni ifodalash yaxshi natijalarga olib keladi, tushunarli bo’ladi xamda xuddi shu usul intellektual va ekspert sistemalar tashkil qilishda katta miqyosda ishlatiladi. Bilimlarni bu usulda ifodalashda ularning noaniqlik darajasini ko’rsatish va ularni amaliy masalalar echishda xisobga olish uchun xar bir ekspert qoidaga uning qay darajada ishonchliligi darajasi xam kiritilishi mumkin. Ushbu ishonchlilik darajasi ekspertning bilimi, amaliy tajribasi orqali aniqlanilib, xar bir ekspert qoidadan so’ng ko’rsatilib qo’yiladi. Ko’pincha ishonchlilik darajasi qandayligini ekspertning o’zi bilan maslaxatlashgan xolda xam aniqlash mumkin bo’ladi. Bu esa ularning ishlatilishini yanada qulay va tushunarli xolga olib keladi.
Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:
sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil qilish;
texnologik jarayonlarni boshqarish;
avtomatlashtirilgan loyixalashning intellektual sistemalari;
o’lchov sistemalari: ko’rish, boshqarish, ma’lumotlar taxlili;
tibbiy diagnostika va davolash;
kimyoviy analiz va sintez;
molekulyar biologiya va gen injenerligi;
signallarni qayta ishlash;
qurilmalar nosozligi diagnostikasi;
geologik razvedka;
Do'stlaringiz bilan baham: |