1.2.1- rasm. Amudaryo sohillari.
1.2.2- rasm. Tuyamo’yin suv ombori
1.3. Xorazm viloyatining o’simlik va hayvonot olami
Xorazm viloyatining o’simliklari. Viloyatimiz o’simliklari ham tabiiy sharoit qonuniyatlari asosida vujudga kelgan. Turon pasttekisligining iqlimi, o‘simlik va tuproq qoplami turli tuman bo‘lganligi sababli pastki va yuqori cho‘l kabi qismlarga bo‘linadi. Xorazm viloyatining aksariyat qismi pastga cho‘lga kiradi.
Pastki cho‘lning o‘simliklari xilma-xil boʻlib shoʻrxok joylarida sekkulent (barg va poyalarida tuzlar ko‘p bo‘luvchi) oʻsimliklar keng tarqalgan. Amudaryo yoqalarida sug‘oruv sistemalari atroflarida, koʻllar boʻylarida o‘tlardan qamish, qo‘g‘a, suv o‘tlar, chiy daraxtlardan to‘rang‘il, jiyda, tol, saksovul, butalardan yulg‘un, chingil (jangal) ko‘p uchraydi. Yantoq, pechak, bo‘yon, bug‘doyiq, ituzum, adrasmon, qorabaroq, ekin ekiladigan joylarda yovvoyi o‘simliklardan oqbosh va boshqalar keng tarqalgan. Viloyatimiz hududida 600 dan ortiq yovvoyi o‘simlik turlari uchraydi. Shuning 250 dan ortig’i qumli joylarda o’sadi. Qumli tuproqlarda keng tarqalgan o’simlik turlari oq saksovul, selen, to’rang’il, qum akatsiyasi hisoblanadi.
Sho’rxoklarda juzg’un, oqbosh, kavraklar keng tarqalgan. To’qaylarda tol, to’rang’il, jiyda, yulg’un, chingil ko’p uchraydi. Gurlan, Yangibozor tumanlaridagi yuzlab gektar to’qaylar yo’qotilib, ularning o’rni sholizorlarga aylantirildi [1. 46-bet].
1.3.1- rasm. Saksovul
Xorazm vohasining hayvonot dunyosi. Viloyat hududida hayvonlar tabiiy holda yashashi, ko’payishi uchun keng maydonlar juda oz. Shu tufayli bo’lsa kerak, Xorazm bo’ladi vohasi hayvonot dunyosiga bot emas. Agar O’zbekiston hududida sudralib yuruvchilarning 57 turi, sut emizuvchilarning 91 turi, qushlarning 400 dan ortiq turlari uchrasa, viloyat hududida ularning atigi 1/3 qismigina uchraydi.
Tekislikning cho’l qismida kaltakesak va ilonlar yashaydi. Amudaryo vodiysi va to’qaylar, qayirlar hayvonot dunyosiga birmuncha boy. Bahorda issiq o’lkalardan shimolga, kuzda sovuq o’lkalardan janubga boruvchi qushlar bu yerda to’xtab o’tadilar. Cho’lda yashovchi jayron, qum mushugi kabi hayvonlarning mavjudligi, ularning Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho’llari bilan juda qadimiy bog’liqlik, aloqadorlik borligini ko’rsatadi. Qushlardan sulgun (qirg’ovul), oq qush, g’oz, o’rdak, loyxo’rak, laylak, qarqara, saqoqush, qo’ton, kaptarlar, bedana va boshqa qushlar uchraydi.
Viloyatda to’qaylarning yo’qotilishi, Orolning qurishi, tabiat muhofazasining buzilishi va boshqa salbiy omillar ta'sirida ayrim qushlar bu yerlarni tark eta boshladilar. Viloyatda yovvoyi hayvonlarni o’ylamasdan ov qilinishidan va qator hollarda ularni butunlay yo’qolib ketishdan saqlash kerak. Hozirgi kunda respublikamizda yashaydigan sut emizuvchilarning 22 turi, qushlarining 10 turi, sudralib yuruvchilarning 5 turi O’zbekiston "Qizil kitobi" ga kiritilgan.
Viloyat hududida uchraydigan ba'zi yovvoyi hayvonlarga to’xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |