Umumiy tavsifi va tuzilishi. Qushlarning tanasi zich va asosan yumaloq shaklda bo'ladi. Boshi unchalik katta emas, bo'yni uzun va harakatchan. Oldingi oyoqlari, ya’ni qanotlari tinch turganda tanasi yoniga yig'ilgan bo’ladi. Qushlarning pat va parlari gavdasiga suyri shaklini beradi.
Kaptarlar, yapaloqqushlar, lochinsimonlar va to'tiqushlarning ustki tumshug‘i asosida voskovitsasi bor. Bu yumshoq teri bo'lib tumshuqning ustiga bo'rtib chiqib turadi.
Qushlar anatomik tuzilishi jihatidan o’zining bevosita ajdodlariga, ya’ni sudralib yuruvchilarga juda yaqin turadi. Qushlarning
terisi sudralib yuruvchilarniki singari quruq, deyarli teri bezlari bo ’lmaydi. Qushlarning oyoqlari tangachali teri bilan qoplangan. Ularning pati va pari sudralib yuruvchilarning tangachasi singari
shoxsimon moddadan tuzilgan. Sudralib yuruvchilar singari qushlarda ham ichak, siydik yo‘li va ko'payish organlari teshiklari kloakaga ochiladi. Ayniqsa, ularning embrionlari o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor. Qushlaming asosiy progressiv belgilariga ularning ko‘rish va eshitish organlarining yaxshi taraqqiy etganligi, bosh miyasining murakkab rivojlanganligi, gavda haroratining doimiy yuqori bo’lib turishi (gomoyotermik) organizmning butun hayot faoliyatini kuchaytiradi va uni muhitga, jumladan, atrofdagi haroratga kamroq bog'liq qilib qo’yadi.
Qushlaming yuragi to'rt kamerali bo'lishi, havoda oson harakatlanishini ta’minlaydigan va differensiyallangan murakkab pat qatlamining yuzaga kelganligi havoda uchish ucnun yordam beradi. Qushlarning tarqalishi va oziq topishiga ularda murakkab moslamalar kompleksi borligidir.
Qushlarning hajmi va massasi ham turlicha. Masalan: Yangi Gvineya Kazuarlarining og'irligi 50-70 kg gacha boradi. Afrika tuyaqushining bo'yi 2.5-3 m va og'irligi 90-100 kg gacha yetadi. Uchib yuruvchi qushlardan albatroslar qanotini yoyganda kengligi 3,6 m gacha, tasqaraniki 3,25 m gacha va saqoqushlarniki 3,1 m gacha boradi. Uchib yuruvchi qushlar orasida eng yirigi oqqush hisoblanadi. Uning masasi 16-22 kg gacha yetadi. Eng kichik va yengil qush kolibrilar bo'lib, ularning hajmi qovoqarilarday va og'irligi 1,7-2 g keladi.
Ko’pchilik kolibrilaring og'irligi 3-8 g atrofida bo'ladi.
Qushlarning oldingi oyoqlari shaklan o'zgarib, qanotga aylangan. Aorta yoyi bitta bo’lib, o‘ng tomonga burilgan. Bosh miya yarim-sharlari tubi oldingi miya, o'rta miya va miyacha hisobiga progressive taraqqiy etgan.
Kaptaring gavdasi ham boshqa qushlarnikiga o'xshab parlar bilan qoplangan. Tanasi tuxumsimon shaklda, boshi kichik va yumaloq. Boshining oldingi tomonida tumshug'i bor. Tumshug’i ikki qismdan, ya'ni yuqorigisi tumshuq usti va pastkisi tumshuqdan iborat. Tumshug'i shox parda bilan qoplangan,suyak jag‘lardan tuzilgan. Hozirgi yashab turgan qushlarda tishlari bo'lmaydi ularning uchishi uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tana massasi yengillashtiradi.
Qushlar tumshug'i yordamida oziq yig'adi, ko'pchiligi oziqni tumshug'i bilan maydalaydi, uya quradi, dushmanlardan o‘zini himoya qiladi. Umuman qushlar tumshug'ining kattaligi va shakli har xil bo'ladi.
Tumshug'i asosida burun teshiklari joylashgan. Boshining ikki yonida yirik ko'zlari bo'lib, ularda ustki va pastki qovoqlardan tashqari yumgich pardalari ham bor. Ko'zlaridan orqaroqda birmuncha pastda patlari orasida quloq teshiklari joylashgan. Ayrim qushlar (qirg'ovil, qur)ning boshida go'shtdor hosilalari - taroq va halqalar bo'ladi.
Qush tanasida apteriya va pteriiliya. Pteryliya nuqta bilan belgilangan.
Umuman, qushlarning gavdasi (kaptar, qarg'a, chumchuq) nisbatan kichik boshi, uzun harakatchan bo'yni, tuxumsimon tanasi hamda bir juftdan oyoq va qanotlardan iborat. Havoda ular boshini oldinga chiqarib, oyoqlarini tanasiga tortib yoki orqaga uzatib uchadi. Bunda ularning tanasi havo qarshiligiga kamroq uchraydigan shaklga keladi. Qushlarning dumi kichrayib, go'shtdor kichkina dumhoqqa aylangan. Bu dumboqda yelpig'ichdek yozila oladigan uzun-uzun serbar patlar bo'ladi. O'zgarib, qanotga aylangan oldingi oyoqlari lotincha «Z» harfi shaklida bo'ladi, ya’ni bu oyoqlarining uchta asosiy bo'limi bir-biriga nisbatan biror burchak ostida turadi va shunga ko'ra butunlay yozila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |