Muskullari. Uchadigan barcha qushlar tanasidagi eng yirik muskullar juft katta ko’krak muskullari hisoblanadi. Ularning og'irligj barcha qolgan muskullar og’irligining 20-25%ni tashkil qiladi.
Ko’krak muskullarining asosiy vazifasi qanotlarini tushirishdan iborat. Qanotlarini ko'krakning katta suyaklari ostida joylashgan, uncha katta bo’lmagan o’mrovosti muskullari ko'taradi. Qovurg'alarga
qovurg'alar orasida joylashgan muskullar birikadi. Bu muskullar qushlar nafas olganda ular ko'krak qafasi hajmini o'zgartirishni ta'minlaydi. Qushlaming bo'yin muskullari ularning boshini haratlantirishda, ya'ni bo’ynini yon tomonga burish, yuqoriga ko’tarish va pastga tushirishda qatnashadi.
Dasht va cho’llarda yashaydigan qushlaming oyoq muskullari kuchli rivojlangan bo’ladi, chunki ular ko’p yuradi va yuguradi (tuyaqushlar, tuvaloqlar). Qushlarning muskulaturasi juda ham tez qisqaradi va uzoq ishlash qobiliyatiga ega. Mayda qushlar (kolibrilar va chittaklar) yuragi minutiga 500 dan 1260 tagacha uradi, nafas olish
ritmi ham juda yuqori, ya’ni minutiga 600 martagacha boradi. Kolibrilar minutiga 3000—1800 marta qanot qoqib, 900 km masofani
to'xtamasdan soatiga 40 km tezlikda uchib o'tadi.
Quslilarning orqa oyoq muskullari murakkab tuzilgan. Ba'zi qushlarda orqa oyoqlaridagi aylana muskullari katta ahamiyatga ega. U chanoqdan boshlanib, son bo'ylab cho'ziladi, keyin tasma shaklida tizza ustidan o'tib, barmoqlarini eguvchi muskullar bilan qo‘shiladi. Qush shoxga qo'nganda tizzasini egadi, bunda aylana muskul tortiladi
va shoxni yana ham mahkamroq qisadi. Qush qancha past qo'nsa, aylana muskullar shuncha ko'proq tortiladi va shoxni shuncha mahkam qisadi.
Skeleti. Qush skeletlarining mahkam va yengil bo’lishiga sabab uning pnevmatikligi, ya'ni ularda ichi havo bilan to‘lgan bo'shIiqlarning bo’lishidir. Bosh skeletining yengil bo'lishi tishlarning yo'qolib ketishi va suyaklarining yupqalanishi bilan bog'liq. Voyaga yetgan qushlar miya qutisidagi barcha suyak choklari bilinmaydigandarajada bir-biriga qo’shilib ketgan. Suyaklararo choklarni faqat yosh qushlarning bosh skeletidagina ko’rish mumkin.
Ko’krak toj qismi oldingi oyoqlarni harakatga keltiruvchi muskullar rivojlanishi tufayli taraqqiy etgan. Uchish layoqatini yo’qotgan qushlar (tuyaqushlar)da ko'krak toj suyagi yo'q bo'lib ketgan, biroq ba'zi qushlar (pingvinlar)da ko'krak toj suyagining saqlanib qolganligi ularning suvda suzishga moslashganligi bilan bog'liq. Oldingi oyoq (qanot) skeletida tipik bo'limlarning hammasi bor, lekin ular uchishga moslashganligi uchun panjalari shaklan o'zgarib, qisman reduksiyalangan. Bilaguzuk suyaklarining proksimal elementlari bir-
biriga qo'shilib. ikkita kichkina suyakcha hosil qilgan bo'lsa, distal elementlari kaft suyagiga qo'shilib ketgan. Kaft suyagi faqat ikkita uzunchoq suyakchadan iborat. Ularning proksimal hamda distal qismi qo'shilib bitta kaft-bilaguzukni hosil qilgan. Barmoqlaridan faqat birlamchi uchta barmoq falangalari saqlanib qolgan. Orqa oyoqlar
uch bo'limdan iborat. Bulardagi kichik boldir suyagi rudimentlashib katta boldir suyagiga qo'shilib ketgan. Bu suyakning distal qismi tovon suyakchalarining proksimal qatorlaridan hosil bo'lgan. Tovon suyakchalarining proksimal qatorlari haqiqiy boldir suyagiga choksiz birikishi tufayli yangi tibiotarzus suyagi paydo bo'lgan. Voyaga yetgan qush oyog'ining tibiotarzusdan keyingi bo'limi bitta suvak-pixdan (ilik) iborat. Pix esa oyoq kafti suyakchalarining bir-biriga qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Shunday qilib, qushlarning tovon bo'g'imi ikki qator tovon suyakchalari orasida joylashgan va bu intertarzal yoki tovonaro bo'g'im deb ataladi.
Qushlar bosh skeletining ensa bo'limida bitta ensa bo'rtmasi bor. Qushlarning skeleti bosh skeleti, o‘q skeleti, ko'krak qafasi (to'sh, qovurg'a) skeleti,oyoq skeleti va ularning kamarlariga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |