2.2. Xorazm viloyatida mavjud mineral va biologik resurslar
Xorazm viloyatida mineral resurslar deyarli uchramaydi. Bu yerda g’isht xom-ashyosi, silikat materiallar ishlab chiqarish uchun qum, shag’al va boshqa qurilish materiallari bor, xolos. Binobarin, Xorazm viloyatida og’ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari ancha cheklangan (2.2.1-jadval).
2.2.1 - jadval
XORAZM VILOYATI
|
Shovot
|
G`isht-cherepitsa
|
Yarmish
|
Pitnak
|
Qoraqum
|
Silikat buyum
|
Xiva
|
Yer yuzasidagi o’simlik va hayvonot boyliklari, bularning barchasi biologik resurslar hisoblanadi. Xorazm viloyatidagi biologik resurslarni Xorazm milliy tabiat bog’i misolida ko’rishimiz mumkin.
"Xorazm milliy tabiat bog’i" – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 dekabrda 1000 – sonli va shu yuzadan Xorazm viloyat hokimining 2019 yil 19 dekabrdagi 756 – sonli qarori bilan Xorazm viloyatida tabiiy xududlarda yovvoyi, dorivor o’simliklarni va hayvonlarning noyob turlarini ko’paytirish va saqlab qolish sifatida tashkil etilgan.
Xorazm milliy tabiat bog’iga Xiva (1163 ga), Hazorasp (19538,8 ga), Yangibozor (743,2 ga) va Urganch (197,5 ga) tumanlaridan jami 21687,5 ga yer ajratilgan.
2020 yil davomida milliy bog’ faoliyati yo’lga qo’yildi, moddiy-texnik jihatdan ta’minlandi, moliyalashtirish hal etildi. Moddiy-texnik jihatdan ta’minlanishga erishildi.
Xorazm milliy tabiat bog’ining asosiy maqsadi yovvoyi tabiatni asrash, yo’qolib borayotgan hayvonlar, qushlar va o’simliklarning noyob turlarini ko’paytirish, ularning biologiyasini o’rganish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik ta’lim hisoblanadi.
Hududda saksovulzorlar, to’qaylar, taqir o’simliklari mavjud. Xorazm milliy tabiat bog’ida o’simliklarning 13 oiladan ortiq turi qayd etilgan, 9 tur o’simlik birlashmasi tavsiflangan.
Milliy bog’ faunasi juda xilma-xil. Daryo buyidagi to’qayzorlarda, yovvoyi cho’chqa, to’qay mushugi, bo’rsiq, chiyabo’ri kabi qator sut emizuvchilar, qirg’ovul, qizilishton, zarg’aldoq, Haqqush kabi qushlar va har xil sudralib yuruvchilarni uchratish mumkin. Umurtqali hayvonlardan Toloy tovushqoni, tulki, qum mushugi, chiyabo’ri, har xil kemiruvchilarni, shuningdek, to’rg’aylar, qorabovur, yovvoyi kaptar va boshqalarni uchratish mumkin.
Xorazm milliy tabiat bog’i hududidagi ko’llarida 14 dan ortiq baliq turlari uchraydi 6 tur baliq noyob turlardan hisoblanadi. Sudralib yuruvchilarning 10 ga yaqin turi ham mavjud, shulardan 2 ta noyob turlari O’zbekiston “Qizil kitobi” ga va xalqaro “Qizil kitob” ga kiritilgan. 110 dan ortiq qush turlarini kuzatish mumkin, ular orasida 9 tasi noyob bo’lib, O’zbekiston “Qizil kitobi” ga va xalqaro “Qizil kitob” ga kiritilgan.
Hozirgi kunda buyurtma qo’riqxonada jami bo’lib, 37 nafar xodim ish olib bormoqda, shulardan 30 nafari boshqaruv xodimlari, 7 nafar yordam ko’rsatuvchi xodimlardan iborat [https://kadastr.uznature.uz/meth/xorazm-milliy-tabiat-bogi/ internet saytidan olindi].
Do'stlaringiz bilan baham: |