2.3.6-rasm: Xorazm milliy tabiat parki
Parkni rivojlantirishning keyingi rejalariga, qo’shimcha eko-yo’nalishlarni ishlab chiqish va yaratish, ot sayohatlari, safari turlarini tashkil etish kiradi. Xususan, Yangibozor tumanida joylashgan to’qay o’rmonidan Amudaryo sohillariga etib borish uchun qo’shimcha ekskursiyalar tashkil etiladi, dam olish maskanlari va turistik markazlar, park faoliyatini yoritib beradigan zamonaviy eko-axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Shular qatorida, Xorazm milliy tabiat parki, muhim ornitologik hudud hisoblanib, dunyodagi qushlarning noyob turlari va O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan turlar ham mavjud. Noyob qushlarni tomosha qilish uchun dam olish joylari va kuzatuv maydonchalari qurilgan. Tabiat parkiga, ham mustaqil tarzda, ham Urganchdan maxsus tashkil etilgan yo’nalishli avtobuslarda yetib olishingiz mumkin.
Ushbu yo’nalish “Uch o’choq” geologik tarixiy ob’ektga olib boradi (200 km). Obyekt Mesopotamiyaning tarixiy hududida joylashgan. Yaqin kunlarda bu yerda mehmonxonalar, restoranlar, kemping joylari va boshqa sayyohlik inshootlari quriladi.
2.3.7-rasm: Xorazm milliy tabiat parki
Uchinchi yo‘nalish, Urganchshahri – Tuproqqal’a tumani “Ucho‘choq” geologik-obyekt hisoblanib, u uzoq vaqt davomida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan o‘rganilgan va tarixchilarning taxmin qilishlaricha, u katta meteor oqimi yog‘ishi natijasida vujudga kelgan. “Ucho‘choq” geologik tarixiy obyekti xorijlik olimlar va sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Uning yuqori qismini karer sifatida ishlatilishi natijasida, hududning tabiiy ko‘rinishi ancha betartib va g‘ayrioddiy bo‘lib qolgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, viloyat tabiiy sharoiti iqlimiga mos ravishda yillar davomida hosil bo’lgan va shakllangan. Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining g‘arbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandlikda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qadimiy deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanv. ning oʻrtacha harorati —5°, eng past harorat —32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha harorati 30°, eng yuqori harorat esa 45°. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yiliga 78—79 mm yogʻin tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yogʻadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi.
Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloq, oʻtloq-botqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qayirlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri, qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaldoq va boshqalar bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan.
Xorazm hududini Turkmanobod – Toshhovuz – Beynau temir yoʻli kesib oʻtadi. Bu uning Turkmaniston, Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlar bilan aloqa qilishida ancha qulayliklar tugʻdiradi. Ammo, viloyatning ekologik-geografik oʻrni, yaʼni uning Orol dengiziga yaqinligi, ushbu mintaqada vujudga kelgan ekologik vaziyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga noqulaylik tugʻdiradi.
Umuman olganda, Xorazm viloyati iqtisodiyotining rivojlanishi koʻp jihatdan agroiqlimiy va mehnat resurslarga, suv zahiralari, Orolboʻyi ekologik muammolarini hal qilishga hamda qoʻshni hududlar bilan iqtisodiy integratsiya qilishiga bogʻliq.
Xorazm viloyatining istiqbolda rivojlanishi, eng avvalo, mavjud mehnat resurslari va qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash, avtomobilsozlik sanoatini shakllantirish, hududiy agroindustrial majmuani takomillashtirish bilan bogʻliq. Bu xususda uning tranяit holatiga ega boʻlgan iqtisodiy geografik oʻrnidan ham foydalanish talab etiladi. Umuman olganda esa, Xorazm viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan integratsiya asosida, yagona iqtisodiy makon doirasida amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu borada Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonini tashkil etuvchi bu ikki maʼmuriy birlik bir-birini toʻldiruvchi imkoniyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |