Qoraquyruq (kiyik) –viloyatning Qizilqum cho’li hududlarida uchraydi. Ujuda chaqqon hayvon bo’lib, soatiga 50–60 km tezlikda chopa oladi. Ular saksovul, yantoq, burgan kabi o’simliklar ko’p o’sadigan joylarda uchraydi.
Yovvoyi cho’chqa (to’ng’iz) – Amudaryo bo’ylaridagi to’qaylarda va qamishzorlarda uchraydi. U go’shti uchun ovlanadi.
Ondatra – kemiruvchilar oilasiga mansub bo’lib, u 1944- yilda Amudaryo deltasiga Balxash ondatra xo’jaligidan olib kelingan. Ondatraning vatani Shimoliy Amerika 1959–1960- yillarda respublikamizning katta hududlariga tarqalib ketdi. Ondatra qamish o’sadigan ko’llarda va suv havzalarida uchraydi.
Oq amur – suv o’simliklari bilan oziqlanadigan baliq. Uning og’irligi 20 kg gacha boradi. Bu baliqning vatani Xitoyning tekislik qismlaridagi daryolar va Amur daryosi hisoblanadi. Uvildiriqdan chiqqan bu baliqlar 5 yilda voyaga yetadi. Aksariyat bu baliqlarning og’irligi 5 kg gacha boradi [1. 48–50-bet].
1.3.2- rasm. Ondatra.
II BOB. XORAZM VILOYATINING TABIIY RESURSLARI VA UNING IQTISODIYOTDAGI TUTGAN O’RNI
2.1. Xorazm viloyatining yer va suv resurslari
Yer resurslari. Viloyat yer yuzasi tekisliklardan iborat bo’lib, tekislikda inson faoliyati natijasida vujudga kelgan antropogen relyef shakllari anchagina maydonlarni egallaydi. Ular insonlarning ko’p asrlar davomida ariq va kanallarni tozalashi natijasida vujudga kelgan. Xorazm tilida buni roshlar (marzalar) deyiladi. Amudaryo vodiysi qirg’oqlari daryo o’zaniga tomon pasayib boradi. Daryoga yaqin joylarda Amudaryoda tez-tez bo’lib turadigan suv bosish, ya'ni "deygish" hodisasining oldini olish uchun kochilar (dambalar) qurilgan. Daryo qirg’oqlarida o’nlab kilometr masofada dambalardan tarkib topgan relyef shakllari ancha maydonlarni egallaydi [3. 164-bet].
Viloyat iqtisosodiyoti, asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. Xiva, Shovot, Yangiariq tuman larida paxtaning salmog’i, ayniqsa, katta. Gurlan tumanida esa sholipoyalar katta maydonni egallaydi. Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, makka jo’xori, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoq lari bilan paxtachilikning qo’shib olib borili shi suvdan va ishchi kuch laridan oqilona foydalanishga imkon beradi. Viloyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi.
Asrlar bo’yi davom etib kelayotgan xalq seleksiyasi tufayli Xorazmda ertapishar hamda kechpishar qovunlarning ajoyib navlari vujudga kelgan. Qadimda ularni maxsus idishlarga solinib, tuyalarda hatto Bag’dod va Hindistonga (o’sha vaqtda uch oylik yo’l) jo’natilgan. Xiva, Yangiariq, Gurlan, Hazorasp tumanlarida bog’lar birmuncha ko’p. Kelgusida bog’ va tokzorlar maydonini kengaytirish ko’zda tutiladi. Qishloq xo’jaligining ikkinchi muhim tarmog’i chorvachilikdir. Yozgi yaylovlar va suv tanqisligidan chorvachilikda cho’lga moslashgan qorako’l qo’ylarning salmog’i katta. Bu qo’ylar, asosan, terisi va juni, shuningdek, go’shti uchun boqiladi. Viloyatda yaylovlar kamligidan ayrim xo’jaliklar o’z qo’ylarini Qoraqalpog’iston yaylovlarida boqadi [2. 163-164-b.].
Do'stlaringiz bilan baham: |