Viloyatda o’rtacha radiatsiya miqdori (kkal/sm²)
Quyosh radiatsiyasi turlari
|
Oylar
|
Yil davomida
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
To’g’ri
|
2,1
|
3,2
|
5,2
|
8,3
|
12,1
|
14,8
|
16,4
|
14,9
|
11,1
|
6,4
|
3,4
|
1,9
|
99,9
|
Tarqoq
|
2,1
|
2,5
|
3,4
|
3,1
|
4,3
|
3,5
|
3,3
|
3,0
|
2,6
|
2,7
|
1,9
|
1,7
|
36,2
|
Yalpi
|
4,3
|
5,6
|
8,1
|
12,1
|
16,5
|
18,3
|
19,7
|
17,8
|
13,7
|
9,1
|
|
3,8
|
136,1
|
Manba: R. Qurbonniyozovning Xorazm geografiyasi kitobidan.
Xorazm viloyati respublikada eng kam yog‘in yog‘adigan hududlardan biri sanaladi. Bu yerda sug‘ormasdan hech qanday dehqonchilik qilib bo’lmaydi. O’rtacha yillik yog’in 80–110 mm ni tashkil qiladi. Bug’lanish esa yog’in miqdoridan 18–19 marta yuqori. Yog’inining 40 foizi bahor fasliga, 20–25 foizi kuzga, 30–35 foizi qishga, atigi 10 foizi yoz fasliga to’g’ri keladi. Iyul, avgust, sentyabr oylarida o’rtacha oylik yog’in miqdori 2 mm ga to’g’ri keladi. Eng ko’p yog’in mart oyida (20–25 mm) yog’adi. Ko’p yillik kuzgi o’rtacha sovuq urishi (tushishi) Xorazm viloyatida eng kech 10-oktyabr 1974-yilda va eng erta 27-sentyabr 1973-yilda kuzatilgan. Bahorgi sovuq tushishi esa eng erta 1- mart 1974- yilda va eng kechi 25- aprel 1965- yilda kuzatilgan. Viloyatda havoning namligi Orol va Kaspiy dengizlar hisobiga shakllanadi. Uning o’rtacha yillik namligi 53–60% ga teng [1.19–22-bet].
Viloyat ichki suvlari.Viloyat hududidagi asosiy ichki suvlarga Amudaryo, ko’llar, yer pasdi suvlarini va nihoyatda ko’p sonli kanallar va ariqlarni ko’rsatish mumkin. Viloyatning asosiy ichki suvi uning sharqiy qismidan oqib o’tuvchi Amudaryodir.
Amudaryo Turkistonning eng yirik daryosidir. Amudaryo viloyat hududidan oqib o’tgan qismining uzunligi 250 km ga boradi. Amudaryo Tuyamo’yin suv ombori qurilgunga qadar va bundan 50–60 yillar oldin ancha sersuv bo’lgan. O’zanini tez-tez o’zgartirib, qirg’oqlarini kuchli yemirib turgan. Daryo o’zanini goh o’ngga, goh chapga bir necha yuz metrga siljib turgan. Ilgari bahor va yozda suvlari ko’paygan bo’lsa, ba'zan qishda muz tiqilish hodisalari tufayli Amudaryoda suv sathi 3–5 metrga ko’tarilgan. Bunday paytlarda qayirlarni suv bosgan.
Amudaryo Hindiqushning shimoliy yonbag’irlarda deyarli 4000 m balandlikda joylashgan Vrevskiy muzliklaridan boshlanadi, unga Pomir yoki Pomirdaryo kelib qo’shilgan joyigacha Vahondaryo deb ataladi. Pomirdaryo Amudaryoning ikkinchi irmog’i bo’lib, u Zo’rko’l degan tog’ ko’lidan oqib chiqadi.
Pomirdaryo kelib qo’shilgan joydan Vaxsh irmog’i qo’shilgan joygacha Amudaryo Panj nomi bilan mashhurdir. Panj beshta asosiy irmoqning – Vahondaryo, Pomirdaryo, Gunt, Bartongdaryo va Vaxsh daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Panjning barcha irmoqlari Vahon, Shug’non, Alicho’r, Darvoz kabi muzliklar va ko’llardan boshlanadi. Panjga katta irmoq Vaxsh qo’shilgach Amudaryo degan nomi oladi. Keyin unga Kofirnihon, Surxon, Qunduzdaryo irmoqlari ham kelib qo’shiladi.
Amudaryo deltasi uch qismga bo’linadi. Tuyamo’yindan Qipchoq darasi (Yumurtog’) gacha eng qadimgi delta. Bu yerda asosan Xorazm viloyati joylashgan. Deltaning o’rta qismiga Yumurtog’dan Taxiatoshgacha bo’lgan oraliq kiradi. Eng oxirgi quyi deltaga Taxiatoshdan Orol dengizigacha bo’lgan hududlar kiradi. Amudaryo quyi qismida Aqchadaryo, Ko’nadaryo, Daryoliq, Erkindaryo, Qozoqdaryo, Ko’ksuv, Oqdaryo, Qipchoqdaryo, Injenero’zak kabi bir necha tarmoqlarga bo’linadi.
Amudaryo suv rejimida uning havzasi katta rol o’ynaydi. Pomir-Oloy tog’ tizmalarida daryoning suv yig’adigan havasi maydoni 200 ming kv km ga yetadi. Bu tog’larning o’rtacha balandligi 5000-5500 metr. Ayrim tog’lari esa 6000–7000 metrgacha ham boradi. Amudaryo qor va muz suvlaridan to’yinuvchi daryo bo’lganligi tufayli asosan bahorda suvi ko’payadi. Eng maksimal suv sarfi may oyiga to’g’ri keladi.
Amudaryo uchun 4 ta mavsumni ajratish mumkin.
1. Mavsumiy qor zaxiralarining erish davri (iyul- sentyabr) buni gidrolik bahor deb yuritiladi.
2. Ko’p yillik muzlarning sarf bo’ladigan yozgi davri (iyul- senyabr).
3. Kuzgi davr (sentyabr- noyabr).
4. Qishgi davr (dekabr- fevral).
Birinchi va ikkinchi mavsumni suv ko’payish davri deyilsa, uchinchi va to’rtinchi davrni suv kamayish yoki Mejen davri deyiladi.
Viloyatda yuzlab mayda ko’llar ko’p, ularning aksariyati tashlama suvlardan va yerosti suvlarining sathi yuza bo’lgan pastqam joylarda paydo bo’lgan. Viloyatning janubi- g’arbida qumlar ichida ko’llar juda serob bo’lib, ularning aksariyati maydoni 1 kv km dan kichik. Tuyamo’yin suv omborining qurilishi munosabati bilan ayrim ko’llarning soni nihoyatda kamaydi [1.29–35-bet].
Do'stlaringiz bilan baham: |