O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi geografiya yo’nalishi 211-guruh talabasi Kurambayev Shokirning



Download 6,51 Mb.
bet3/14
Sana16.04.2023
Hajmi6,51 Mb.
#929102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
NAMUNA KURS ISHI

Maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Xorazm viloyati tabiiy sharoitini va tabiiy resurslar bilan qanday ta’minlanganlik, iqlimiy va suv resurslari bilan taminlanganini o’rganishga qaratilgan. Shu bilan birga Xorazm tabiatini va uning yanada chuqurroq o’rganish, tahlil qilish va statistik ma’lumotlar yordamida avvalgi yillar bilan taqqoslash ularni o’rganishdan iborat.
Xorazm viloyati ma’muriy-hududiy tuzilishi bo’yicha 10 ta tuman va Urganch shahriga ajratiladi. Bular o’z navbatida 101 qishloq fuqoralar yig’ini, 612 aholi punktlari, 3 ta shahar va 7 ta shahar tipidagi shaharchalarga bo’linadi.
Kurs ishining ob`yekti va predmeti. Kurs ishining obyekti sifatida O’zbekiston hududi tanlangan bo’lsa, tadqiqot predmeti Xorazm viloyatining tabiiy sharoiti va uning tabiiy resurslariga ko’proq urg’u beriladi.
Viloyatda 27 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, shundan 13 tasi yengil sanoat korxonasiga qarashlidir. Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko’ra sanoatni qayta jihozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlashini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasini hamda sayyohlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Hozirgi vaqtda viloyatda 39 ta zamonaviy mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda. 
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob va 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BOB. XORAZM VILOYATI TABIIY SHAROITINING SHAKLLANISHIDA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR





    1. Xorazm viloyatining geografik o’rni va yer yuzasi tuzilishi



Xorazm viloyatining geografik o’rni. Xorazm viloyati O’zbekiston Respublikasining shimoli-g’arbiy qismida 74° 30' va 42° shimoliy kengliklar, 60–62° sharqiy uzunliklar oralig’ida joylashgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumanidagi Olchin qishlog’i yaqinidagi Nuranbobo to’qayiga to’g’ri keladi. Janubiy chekka nuqtasi esa Tuproqqal'adan birmuncha janubda joylashgan.
Viloyat shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa 280 km.ga cho’zilgan. Viloyatning Urganch shahri joylashgan kenglikdagi g’arbdan-sharqqa uzunligi 80 km atrofida.Viloyat geografik o’rniga ko’ra dunyoning ko’pgina mamlakatlari bilan bir xil kenglikda joylashgan. Ammo Xorazm tabiiy sharoiti ushbu davlatlardan farq qiladi. Viloyatning 80 foizdan ortiq hududi Amudaryoning chap sohilida, qolgan qismi esa o’ng sohilida joylashgan. O’ng sohildagi hududlar Buxoro, Navoiy viloyatlarining o’zlashtirilmasdan yotgan qismlarini Xorazm viloyatiga berishi munosabati bilan vujudga keldi.
Viloyatning Amudaryodan chap sohilidagi yerlari maydoni 4,5 ming kv. km. O’ng sohilidagi yerlari bilan hisoblaganda esa uning maydonni taxminan 6,05 ming kv. km.ni tashkil qiladi. Viloyat maydonining kattaligi bo’yicha mamlakatimiz viloyatlari ichida keyingi o’rinlardan birini egallaydi. Ammo uni xorijiy davlatlar bilan qiyoslasak, Trinidad va Tobago, Barbados, Gvadelupa, Maldiv Respublikasi kabi davlatlaridan maydon jihatdan birmuncha kattadir.
Viloyat shimoldan Turkmaniston va Qoraqalpog’iston bilan, g’arbiy va janubiy chegaralari Qoraqum orqali yana Turkmanistonga to’g’ri keladi. Yuqoridagi chegaralarning barchasi tekisliklardan o’tadi. Sharqiy chegara Amudaryo orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, janubiy sharqiy chegara esa, Amudaryoning o’ng qirg’og’ida Buxoro viloyatlari orqali o’tadi.
Viloyatning eng uzun chegarasi janub va g’arb tomonidan Qizilqum cho’liga to’g’ri keladi. Bu qum Kopetdog’ va Kaspiy dengizigacha boradi. Qum, asosan, uchlamchi davr va qisman bo’r davri jinslaridan tashkil topgan. Usti esa sariq qum tepaliklaridan iborat.
Qoraqum degan nom, qumning rangiga emas, balki ularning xilvat va hayotsiz ko’rinishiga qarab qo’yilgan nomdir. Bu nom aslida "Yovuz qumlar" demakdir. Qoraqum vohaning janubiy chekkasi bo’ylab "katta yoy" hosil qiladi. Ba'zi yerlarda qumlar vohaning ichki qismlariga suqilib kirgan. Buni Xiva, Sho’rko’l atroflarida ko’rish mumkin. Qoraqum allyuvial tekislikdan 20–30 m baland ko’tarilmagan. Vohaga yondashib kirgan qumli joylarda ular o’simliklar bilan mustahkamlangan. Bu yerda qum tepalari va shamol ta'sirida osonlik bilan ko’chib yuradigan sochma barxanli qumlar ham uchraydi. Viloyatning Amudaryodan o’ng qig’og’idagi hududida janubiy va g’arbiy Qizilqum bilan chegaralanadi. Qizilqum relyefi uni tashkil etgan bo’r davri jinslari bilan mustahkam aloqada.
Qoraqum va Qizilqum cho’llari kelib chiqishi va geologik shakllanishi bo’yicha deyarli bir-biridan farq qilmaydi.Ular avvalo ona jinslar yemirilishi va allyuvisl yo’l bilan hosil bo’lgan. Qumlarning allyuvial yo’l bilan paydo bo’lgan kulrang xillari ham uchraydi. Do’ngli qumlar nisbatan turg’un bo’lib, ularning ustida o’simliklar o’sadi.
Xorazm janubidagi Toshsoqa platosi, Zaunguz qumlarni, asosan, ohaktoshlardan va qumlardan tashkil topgan. Amudaryoning hozirgi vodiysi asosan uning chap qirg’og’ini egallagan. Vodiyning kengligi bir necha yuz metrdan 7-8 km gacha boradi. Viloyat hududini qoplab olgan allyuvial yotqiziqlar bor necha smdan 20-30 metrgacha boradi [1. 4–5-bet].

Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish