57-§ Iqlimi,suvlari,tuproqlari,o’simlik va hayvonot olami Surxondaryo vodiysining iqlimi qanday?quruq subtropik



Download 29,33 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi29,33 Kb.
#587663
Bog'liq
7sinf57-60


57-§ Iqlimi,suvlari,tuproqlari,o’simlik va hayvonot olami
1. Surxondaryo vodiysining iqlimi qanday?quruq subtropik
2. Iyulning o‘rtacha harorati Denovda va Sherobodda qancha? +28,2°C, Sherobodda +32,1°C
3. Yozda havo harorati Termizda 1914- yil 21- iyulda necha gradusga ko‘tarilganligi kuzatilgan? +50°C
4. Yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va Termizda qancha?+2,8°C
5. Atrofidagi tog‘larning 2500—3000 m balandliklarida yanvarning o‘rtacha harorati qancha?–6°C
6. Ba’zan qishda sovuq havo massalari tog‘lardan o‘tib, tekislik qismi haroratini pasaytirib yuboradi.
Shunday kezlarda havo harorati qanchagacha pasayadi? –20 –25°C
7. Okrugning janubidagi tekisliklarga eng kam yog‘in qancha tushadi?yiliga 133—230 mm
8. tog‘ yonbag‘irlarida yog‘in miqdori qancha? 500—600 mm
9. Hisor tog‘larining janubiy yonbag‘irlariga qancha yogin yogadi?800—900 mm
10. yillik yog‘in fasllar boyicha qanday taqsimlangan?ko‘p qismi qishda(46—48 foiz) va bahorda (43—44
foiz) yog‘adi. Kuz oylariga 8—10 foizi, yozga esa atigi 1—2 foizi
11. Surxondaryo tabiiy geografik okrugida uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan nechta daryo mavjud? 35 ta
12. Surxondaryo tabiiy geografik okrugidagi eng yirik daryolar qaysilar?Surxondaryo va Sheroboddaryo
13. Surxondaryo qaysi daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi? To‘polondaryo bilan Qoratog
14. Surxondaryoning eng katta va eng sersuv irmog‘I qaysi?Topolondaryo
15. Topolondaryo qayerdan boshlanadi? Hisor tog‘ining eng baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanadi
16. Daryo qaysi irmog‘ini qo‘shib olgach, To‘polondaryo nomini oladi? G‘ova
17. Topolondaryoning uzunligi qancha? 124 km
18. Topolondaryo qanday manbadan toyinadi? Qor muzlarning erishidan
19. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga qancha?Yillik 54,6 m³ eng ko‘pi sekundiga 470 m³, eng kami
5,7m³
20. Qoratogdaryo qayerdan boshlanadi? Hisor tog‘ining 4200 m balandlikdagi janubiy yonbag‘ridan shu nom bilan boshlanadi
21. Qoratogdaryoning uzunligi qancha? 100 km
22. Qoratog‘ daryosi qanday manbadan toyinadi?qor-muzlarning erishidan to‘yinadi
23. ko‘p suvi qaysi oylarga togri keladi?may — iyun
24. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga qancha? 23 m³ maksimal suv sarfi sekundiga 239 m³ minimal
2,5 m³
25. Surxondaryo qaysi daryolarning qo’shilishidan hosil bolgan?To‘polon bilan Qoratog‘
26. Surxondaryo To‘polon bilan Qoratog‘ daryolarining qo’shilgan joyidan Amudaryogacha qancha
masofaga cho’zilgan?196 km
27. o‘ng tomondan qaysi irmoqlarni qo’shib oladi?Sangardak va Xo‘jaiрok
28. Surxondaryo qanday manbadan toyinadi?qor-muzlarning erishidan
29. o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog‘i yonida qancha?sekundiga 70,2 m³
30. eng katta suv sarfi qancha? sekundiga600 m³ eng kami sekundiga 0,1 m³
31. Sheroboddaryo qayerdan boshlanadi?Boysun tog‘i va uning davomi hisoblangan Ko‘hitang tog‘ining
sharqiy yonbag‘ridan boshlanuvchi Irg‘oyli va Qizilsoy daryolari qo‘shilishidan vujudga keladi
32. Sheroboddaryo Sherobod shahridan quyida qanday deb yuritiladi? Qorasuvdaryo
33. Sheroboddaryo uzunligi qancha?186 km
34. o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi qancha?sekundiga 7,5 m³
35. Sheroboddaryo qanday manbadan toyinadi?qor-yomg‘ir suvlaridan
36. eng ko‘p suvi qaysi oylarida oqadi? aprel—may
37. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi necha metr chuqurlikdan chuchuk suv chiqadi? 140—150 m
38. Bo‘r davri yotqiziqlari orasidagi necha metr chuqurlikdan chiquvchi mineral shifobaxsh suv harorati +60 +70°C ga yetadi? 1000 —2000 m
39. Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida qanday suv omborlar
qurilgan? Janubiy Surxon (suv sig‘imi 800 mln m³), Uchqizil (suv sig‘imi 16 mln m³) suv omborlari
40. Surxondaryo tabiiy geografik okrugining okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarida qanday tuproq tarqalgan? och bo‘z
41. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda qanday tuproq uchraydi? sho‘rlashgan bo‘z
42. Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida qanday tuproqlar uchraydi? alluvial-o‘tloq va botqoq
43. Okrugning 500 m dan 1200 m balandlikkacha bo‘lgan qismida qanday tuproqlar tarqalgan? oddiy va to‘q tusli bo‘z
44. Surxondaryoning 1500—2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘yonbag‘irlarida qanday tuproqlar tarqalgan? tog‘-jigarrang
45. tog‘-jigarrang tuproqlar tarkibida necha foiz chirindi miqdori mavjud? 4—6%
46. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib, qanday tuproqlar uchraydi? tog‘-o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-botqoq
47. cho‘l mintaqasiga oid o‘simliklardan qaysilar o’sadi? rang, iloq, qo‘ng‘irbosh, no‘xatak, shuvoq
48. Surxondaryo vodiysining janubiy qismidagi qumloqlarda qanday o’simlik o’sadi?juzg‘un, qum ilog‘i,
quyonsuyak
49. Adirda ko‘proq qanday o’simlik o’sadi?shuvoq, kavrak, qo‘ziquloq, bir yillik astragal, javdar, bug‘doyiq kabilar mavjud. Shuningdek, adirlarda butasimon o‘simliklardan itburun, bodom, zirk
50. Surxondaryo tog‘larida (1500—2500 m) qanday o’simlik o’sadi?bug‘doyiq, javdar, tiрchoq, yovvoyi
arpa, shirach
51. Surxondaryo okrugining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining qaysi o’simligi bilan mashhurdir?
Xandonpistalar
52. Surxondaryo okrugining 2500 m dan baland qismida qaysi mintaqa mavjud? Yaylov
53. Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli qanday issiqsevar mevali daraxtlar va mevalar
yetishtiriladi? anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus
54. Qaysi tumanda issiq mamlakatlarda o‘suvchi daraxt va mevalar yetishtirilmoqda?Denov
55. Surxondaryo tabiiy geografik okrugida qaysi hayvonlar yashaydi?bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, kiyik, tog‘ takasi,
tog‘ qo‘yi, Hindiston maynasi, qaldirg‘och, kemiruvchilardan kalamush, qo‘shoyoq, yumronqoziq
56. To‘qaylarida qanday hayvonlar yashaydi?to‘qay mushugi, qirg‘ovul, yovvoyi cho‘chqa, chiyabo‘ri, tulki, g‘oz, o‘rdak
57. Sudralib yuruvchilardan qanday hayvonlar yashaydi?o‘qilon, Turkiston kapcha iloni, gekkon kaltakesagi
58. Amudaryo to‘qayzorlarini va Ko‘hitang tog‘ landshaftini himoya ostiga olish uchun qaysi qo’riqxona
tashkil etilgan? Surxondaryo qo‘riqxonasi
59. Bu qo‘riqxona necha qismdan iborat? 2 qism
60. Birinchi qismi qaysi hududni o‘z ichiga oladi? Payg‘ambarorol qo‘riqxonasini
61. Payg‘ambarorol qo‘riqxonasini qanday o’simlikar muhofazaga olingan?baland bo‘yli qamishzorlar,
ilonpechak, yovvoyi jiyda, tol va teraklar
62. Payg‘ambarorol qo‘riqxonasida qaysi hayvonlar muhofazaga olingan?xongul, to‘ng‘iz, tulki, to‘qay
mushugi, chiyabo‘ri, quyon, tojdor tustovuq, ilon
63. Qo‘riqxonaning ikkinchi qismi qaysi hududlarni o’z ichiga oladi? sobiq Ko‘hitang buyurtmaxonasi
64. Ko‘hitang buyurtmaxonasida qaysi hayvonlar himoyaga olingan?morxo‘r, Buxoro tog‘ qo‘yi, burgut
65. Ko‘hitang buyurtmaxonasida qaysi arxeologik yodgorlik mavjud? Zarautkamar arxeologik yodgorligi

58-§ Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi


1. Quyi Zarafshon okrugi qaysi hududlarni egallaydi?shu nom bilan ataluvchi daryoning quyi qismida
joylashib, o‘z ichiga Buxoro va Qorako‘l vohalarini oladi
2. Okrug sharqda kengligi 8 — 10 km bo‘lgan Xazar yo‘lagi orqali qaysi okrugidan ajralib turadi? O‘rta
Zarafshon
3. Okrug qaysi hududlar bilan chegaradosh?shimol va g‘arbdan Qizilqum okrugi, janubi g‘arbdan Sandiqli qumligi orqali Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Qashqadaryo okrugi bilan chegaralanadi. Bu yerda chegara Azkamar, Quyimozor, Jarqoq balandliklari orqali o‘tadi.
4. Quyi Zarafshon okrugi negizi qaysi era jinslaridan iborat?paleozoy erasi ohaktosh va slaneslaridan iborat
5. Quyi Zarafshon okrugi yer yuzini qaysi eralarning cho‘kindi jinslari qoplagan? mezozoy va kaynazoy
eralarining
6. Mezozoy erasining yura va bo‘r davr jinslari (ohaktosh, dolomit va boshqa) ko‘proq okrugning qaysi
qismida joylashgan? sharqida joylashgan balandliklarda
7. Quyi Zarafshon okrugida nisbatan ko‘p tarqalgan jinslar qaysilar? kaynozoy erasining neogen va
paleogen yotqiziqlari
8. kaynozoy erasining neogen va paleogen yotqiziqlari qayerlarda asosiy maydonlarni egallaydi?Gazli
atrofida, Jarqoq, Saritosh, Qiziltepa balandliklarida, Buxoro vohasining janubida, Qorako‘l vohasida,
Dengizko‘l atrofida Quyi Zarafshonda eng ko‘p tarqalgan jinslar qaysilar?to‘rtlamchi davrga xos bo‘lib, shag‘al, qum, qumoq, lyoss gillaridan
9. Qaysi davr boshlarida Qashqadaryo va Sangzor daryolari Zarafshonga quyilgach, sersuv bo‘lib,
Qoraqum tomon oqqan? To‘rtlamchi davrda
10. Qaysi davr o‘rtalarida Amudaryo shimoli g‘arb (Orol tomon)ga oqishi tufayli Zarafshon daryosi
Amudaryoga quyila boshlagan? To‘rtlamchi
11. Qaysi davr oxirida ham Zarafshon vaqt-vaqti bilan Amudaryoga quyilib turgan? To‘rtlamchi
12. Qorako‘l deltasi qanday vujudga kelgan? Qashqadaryo va Sangzor daryolarining Zarafshonga quyilmay qo‘yishi natijasida
13. Buxoroda nechanchi yillarda zilzila bo’ldi?1821—1822- yillarda 8 balli
14. Gazlida nechanchi yillarda zilzila bo’ldi?1976- va 1987- yillari 9—10 balli
15. Quyi Zarafshon okrugi va uning atrofida neft-gaz zaxirasiga boy hududlar qaysilar?Gazli, Jarqoq,
Qorovulbozor, Shodi, Dengizko‘l
16. Buxoro vohasi qaysi hududlar bilan chegaradosh? shimoli g‘arbdan Qizilqum o‘rab olsa, sharqda
Qiziltepa (362 m), Quyimozor (216 m), Qumsulton kabi balandliklar, janubi g‘arbdan Qorako‘l balandligi
o‘rab olgan
17. Buxoro vohasining o’lchamlari qanday?uzunligi 102 km atrofida, kengligi 50—70 km, mutlaq balandligi 200—250 m
18. Buxoro vohasida Zarafshon daryosining nechta qayiri (terrasasi) joylashgan.4 ta
19. Birinchi qayir qayerlarni egallaydi?daryoning har ikki qismida joylashib, nisbiy balandligi 1—1,5 m,
kengligi 1,5—2,0 km
20. Ikkinchi qayir qayerlarni egallaydi? nisbiy balandligi (daryo o‘zanidan) 2—5 m
21. Uchinchi qayiri qayerlarni egallaydi? uncha keng bo‘lmay, bilinar-bilinmas holda ikkinchi qayirdan
ko‘tarilib turadi
22. To‘rtinchi qayir qayerlarni egallaydi? eng qadimiy qayiri vohani o‘rab olgan platolarining quyi qismida joylashgan.
23. Buxoro vohasi janubi g‘arbda qaysi platoga tutashib ketadi? Qorako‘l platosiga
24. Qorako‘l vohasi janubi sharqda va janubd qaysi qumliklar bilan o’ralgan? janubi sharqda Sandiqli
qumligi, janubda Eshakchi qumligi bilan o‘ralgan
25. Qorako‘l vohasining uzunligi qancha?100 km atrofida, kengligi 50 km
26. Qorako‘l vohasining mutlaq balandligi qancha?shimoli sharqida 200 m, janubi g‘arbida 180 m,
Amudaryo vodiysiga tutashgan qismida 178 m ga teng.
27. Qorako‘l vohasi Buxoro vohasidan qanday farqlanadi?sho‘rxoklar, sho‘rxokli botiqlar, sho‘r ko‘llarning ko‘pligi va qumliklar o‘rab olganligi bilan farqlanadi

59-§ Iqlimi,suvlari,tuproqlari,o’simlik va hayvonot dunyosi


1. Qishda okrug hududiga shimoldan sovuq, quruq shamollarning esishi tufayli hamma qismida yanvarning o‘rtacha harorati necha gradusdan past bo‘ladi? 0°C
2. Quyi Zarafshon okrugiga yozda qaysi tomondan nam havo massalari esadi? shimoli g‘arbdan
3. Yillik o‘rtacha harorati necha gradusga teng? +14,2 +15°C iyulning o‘rtacha harorati +28 +29,6°C
4. yanvarning o‘rtacha harorati Qorako‘lda,va Shofirkonda qancha? +0.4C Shofirkonda +1,5°C
5. Okrugda ba’zan qishda Sibir antisiklonining kirib qolishi va Arktika havo massasining u bilan bir davrga
to‘g‘ri kelishi tufayli harorat qanchagacha gacha pasayadi? –20 –25°C
6. Yozda eng yuqori harorat necha gradusgacha kotariladi?44 +45°C
7. Quyi Zarafshon okrugida sovuq bo‘lmaydigan davr necha kun?204—214 kun
8. vegetatsiya davridagi haroratlar yig‘indisi necha gradusga yetadi? 5000°C
9. Buxoro va Qorako‘l vohalariga bir yilda qancha yog‘in tushadi? 100—200 mm
10. Yillik yog‘in fasllar boyicha qanday taqsimlangan? 44—48 foizi bahorga, 36—44 foizi qishga, 2—3 foizi yozga
11. Eng ko‘p yog‘in qaysi oylarga togri keladi?mart —aprel
12. eng kam yog‘in qaysi oylarga togri keladi? iyul—avgust
13. Quyi Zarafshon okrugida qor har yili necha kungacha saqlanadi? 5-10 kungacha qalinligi 5 sm atrofida
14. Quyi Zarafshon okrugining suv manbayi qaysi daryolar hisoblanadi? Amudaryo va Zarafshon
15. Okrug hududida Zarafshon daryosining suvlari qaysi kanallar orqali sugorishga sarflanadi?Shofirkon,
Vobkent, Romitan, Shohrud
16. Quyi Zarafshon okrugi hududiga kelguncha Zarafshon daryosining suvi qaysi okrugida ishlatiladi? O‘rta Zarafshon
17. suv bilan ta’minlash maqsadida uzunligi 268 km bo‘lgan qaysi kanal qurilgan?Amu-Buxoro
18. Amu-Buxoro kanalidan keladigan suvdan sug‘orishda foydalanishdan tashqari qaysi suv omborlari ham to‘ldirilib turibdi? To‘dako‘l va Quyimozor
19. Buxoro va Qorako‘l vohasida vujudga kelgan zovur suvlarini sug‘oriladigan hududdan chetga chiqarib tashlash oqibatida qaysi ko’llar vujudga keldi? Sho‘rko‘l, Qorako‘l, Parsanko‘l, Moxonko‘l, Qoraqir kabi ko‘llar vujudga keldi
20. Okrugning janubi g‘arbida, Buxoro va Qorako‘l vohalarida grunt suvi qancha chuqurlikda joylashgan? 2—3 m
21. Quyi Zarafshon okrugining qancha chuqurliklarida issiq mineral suvlar mavjud? 1000 — 1500 m
22. Okrugda qaysi tuproqlar eng ko‘p tarqalgan?sur-qo‘ng‘ir, qumoq, taqir, sho‘rxok, o‘tloq kabi tuproqlar
23. Quyi Zarafshon okrugining chetlaridagi qumliklarga (Qizilqum, Sandiqli qumligi) tutashgan qismlarida
qanday tuproqlar tarqalgan? qumoq va qumli
24. Buxoro va Qorako‘l vohasining chetlarida qanday tuproqlar joylashgan? Taqir
25. Quyi Zarafshon okrugining ichki qismida qanday tuproqlar joylashgan?sug‘oriladigan o‘tloq, o‘tloq-
alluvial tuproqlari
26. Okrugni o‘rab olgan qumli cho‘llarda qanday o’simliklar o’sadi? asosan, juzg‘un, quyonsuyak, cherkaz, iloq
27. Buxoro vohasining sharqida, Qorako‘l vohasining janubi sharqidagi kichik marza qumliklarida qanday
o’simliklar o’sadi? juzg‘un, quyonsuyak, selen, oq saksovul, shuvoq, iloq
28. Qorako‘l vohasi janubida joylashgan harakatdagi qumliklarda qanday o’simliklar o’sadi? quyonsuyak, oq saksovul, cherkez, juzg‘un, erkaksimon iloq
29. Okrugning giрsli cho‘llarida qanday o’simliklar o’sadi? partek, shuvoq, tatr (yer tezak),
30. Quyi Zarafshon okrugida eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turi qaysi?shuvoq
31. Shuvoq, asosan, qanday tuproq tarqalgan yerlarda uchraydi? sur-qo‘ng‘ir
32. Buxoro va Qorako‘l vohalarining qadimiy sug‘oriladigan taqirli tuproqlar tarqalgan qismida qanday
o’simliklar o’sadi? shuvoq, tatr, boyalish
33. Zarafshon daryosining qadimiy qayirlarida qanday o’simliklar o’sadi? turang‘il, jiyda, tol, lox, qamish,
chingil, yantoq, yulg‘un
34. Okrugda qanday hayvonlar uchraydi? kalamush, yumronqoziq, qo‘shoyoq, kaltakesak, echkemar va
ilonlar
35. Okrugning cho‘l qismida qanday hayvonlar uchraydi? tulki, bo‘ri, jayron, tiрratikan, jayra, bo‘rsiq,
36. Okrugning to‘qaylarda qanday hayvonlar uchraydi? chiyabo‘ri, to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, qirg‘ovul
37. To‘dako‘l, Quyimozor kabi suv havzalari hamda ko‘llarda qanday hayvonlar uchraydi? o‘rdak, g‘oz va
baliqlar
38. Okrugning cho‘l qismida hasharotlardan qaysilar uchraydi?qoraqurt va falanga
39. Quyi Zarafshonda kamayib ketayotgan ayrim hayvonlarni muhofaza qilib, ko‘paytirish uchun qanday
parvarishxonasi tashkil etilgan? „Jayron ekomarkazi“
40. „Jayron ekomarkazi“da qanday faoliyat olib boriladi?xalqaro „Qizil kitob“ga kirgan jayronlar muhofaza etiladi.

60-§ Qizilqum tabiiy geografik okrugi


1. Qizilqum okrugi, asosan, qaysi daryolar orasida joylashgan? Amudaryo bilan Sirdaryo
2. Qizilqum tabiiy geografik okrugiga qayerlar kiradi?Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston hududida
joylashgan qismi kiradi.
3. Qizilqum tabiiy geografik okrugi qayerlar bilan chegaradosh? shimoli g‘arbda Quyi Amudaryo okrugi
bilan, janubi sharqda Zarafshon okrugi bilan, sharqda Mirzacho‘l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning
janubi g‘arbi Turkmaniston, shimoli sharqi Qozog‘iston bilan bo‘lgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi
4. Qizilqum yer yuzasi o‘rtacha mutlaq balandligi qancha? 200 —300 m
5. Qizilqum yer yuzasi o‘rtacha mutlaq balandligi janubi sharqida va shimoli g‘arbida qancha? janubi
sharqida 350 —400 m, shimoli g‘arbida esa 100 m
6. Okrugning eng past yeri qayer?markaziy qismidagi Mingbuloq botig‘I –12 m
7. Okrugning eng baland qismi qayer?Тomditovning Oqtov cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 974
8. Qizilqumning ko‘p qismini mutlaq balandligi qancha?200 m
9. Tekisliklarning aksariyat qismini relyef shakllari nimalardan iborat? qum marzalari, qum do‘nglari,
barxanlar va taqirlar egallaydi
10. Qizilqumning markaziy qismlaridagi past tog‘lar qaysilar? Ularning eng muhimlari Quljuqtov (785 m),
Yetimtov (511 m), Тomditov (974 m), Ovminzatov (695 m), Bo‘kantov (764 m), Sulton Uvays tog‘i (473
m).
11. Bu tog‘lar orasida esa qanday botiqlar joylashgan?Mingbuloq, Qoraxotin, Mullali, Oyoqog‘itma kabi
botiqlar joylashgan.
12. Qizilqum qaysi plitada joylashgan? Turon
13. Plita zamini qaysi davr qattiq jinslaridan (kristalli slanes, granit, ohaktosh va boshq.) tashkil topgan?
Paleozoy
14. Qizilqum neogen davrigacha qaysi dengizi ostida bo‘lgan? Tetis dengizi
15. Qaysi davriga kelganda dengiz suvi chekinib, Qizilqum quruqlikka aylangan? Neogen
16. Qizilqum okrugida qanday qazlima konlari mavjud? oltin (Muruntov, Ko‘kpatas), uran(Uchquduq), gaz (Gazli, Тoshquduq, Xo‘jaqazg‘an), oltingugurt, simob, grafit, fosfor, asbest, korund, mis, feruza kabi
binokorlik materiali konlari
Download 29,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish