O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi universiteti



Download 2,2 Mb.
bet7/19
Sana02.04.2022
Hajmi2,2 Mb.
#524208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
BALIQLI TAOMLAR

Tangasiz baliqqa ishlov berish. Tangasiz baliq usti shilimshiq modda bilan qoplangan bo’lib, terisi qalin, ko’pincha qora rangda va bemaza bo’ladi. Shu sababli ishlovda ularning teri-si shilib tashlanadi, Ba’zi mayda tangachalik baliqlar ishlovdan xuddi tangasiz baliqlarga o’xshash o’tgani sababli, ular shu turdagi baliqlar turiga kiritiladi.
Laqqa baliq. Baliq tashqi shilimshiq moddasidan pichoq yordamida tozalanib, qorni yoriladi, ichak chavoqlari ajratilib, boshi, suzg’ich qanotlari ajratiladi, yuvilib, kesib porsiyalarga taqsimlanadi. Yirik laqqaning ichi tozalanib, terisi shilinib olinadi Laqqa baliq pishirish, dimlash, yog’da qovurish, baliq kotleti tayyorlashda ishlatiladi.

Yirik va o’rtacha kattalikdagi baliqlardan terisiz, suyaksiz sof file ajratish chizmasi.
Yelimbaliq, ilonbaliq. Bu baliqlar terisi «payioq yechish» usulida shilib olinadi. Buning uchun baliq oy-quloq qopqog’idan boshi bo’ylab dumaloq kesilib, terisi ko’chiriladi, qayrilib dumiga qadar tortilib shilinadi, so’ng kesib olinadi. Terisi qo’l bilan ushlaganda sirg’anmasligi uchun barmoqlar tuzga botirib olinadi. Suzg’ich qanotlari, ichak-chavoqlari, boshi ajratiladi va tozalab yuviladi.
Zubatka. Baliq umurtqa suyagi bo’ylab tepa qismidan terisi yuzaki kesiladi va suzg’ich qanoti ajrati-ladi, boshi ajratilib, qorni yorilib ichak-chavoqlari ajratiladi, yuvib, suvi silqitiladi. Bo’laklashda, umurtqa suyagi bo’ylab uzunasiga ikkiga bo’linadi, umurtqa, qovurg’a suyaklari, terisi shilinib, porsiya-larga taqsimlab ko’ndalangiga kesiladi.
Ilonbaliq. Bu baliqning ichi tozalanmaydi. Uning ustidagi shilimshiq modda kishi ta nasini zaharlashi mumkin, shu sababli baliq tuz bilan ishqalanib, yaxshilab yuvib tashlanishi lozim.
Beldyuga. Mayda tangachali, dag’al terililigi sababli yelimbalig’iga o’xshash «paypoq yechish» usulida terisi shilinadi.
Ba’zi turdagi baliqlarga o’ziga xos ishlov berish.
Sudak. Sudakka (va boshqa okun oilasidagi baliqlarga) ishlov berish qattiq yelka suzg’ich qanotlarini ajratishdan boshlanadi, chunki ular kishi qo’liga kirib uzoq vaqt og’riq berib, yiringlanuvchi jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Suzg’ich qanotlari yelkasining ikki tomonidan go’shtigacha botirib kesib olinadi. Qolgan suzg’ich qanotlari ham shu usulda ajratiladi.
Lin. Usti qattiq yopishgan mayda tangachali, tozalanishi qiyin bo’lgan shilimshiq modda bilan qoplangan. Shuning uchun uni qaynoq suvga bir oz botirilib (20-30 soniya), so’ng darhol sovuq suvga solinadi. Suvdan olinib taxtachaga qo’yilib ustidagi shilimshiq modda, tangachalari pichoq yordamida qiriladi. Suzg’ich qanotlari, ichak - chavoqlari ajratiladi, yuvilib, suvi silqitiladi.
Qalqonbaliq. Baliqning ochiq rangli tomonidan ustidagi tikanaklari tozalanadi. Boshi oyquloq qopqog’i izi bo’ylab burchak ostida kesib ajratiladi va hosil bo’lgan teshikdan ichak - chavoqlari olib tashlanadi. Suzg’ich qanotlari ajratilib yuviladi, suvi silqitiladi. Baliqning qora terisi shilib tashlanadi, ko’ndalangiga kesilib porsiyalarga taqsimlanadi. Baliq tozalanishini osonlashtirish uchun uni ishlov berishdan avval 1—2 daqiqa qaynoq suvga solib olish mumjin.
Navaga. Navagani muzlatilgan holda ishlovdan o’tkazish mumkin. Bu baliqning o’t pufagi qorin terisiga yaqin joylashganligi sababli ishlovda ehtiyotlik talab qilinadi, qorin terisi kesilib o’t pufagi zararlansa go’shtining mazasi taxir bo’lib qoladi. Shuning uchun mayda navaga tangachalaridan tozalanib ostki jag’idan kesilib, hosil bo’lgan teshikdan ichaklari olib tashlanadi. Bunda faqat baliqning uvildirig’i va ich yog’i qoldiriladi. Keyin esa suzg’ich qanotlari ajratiladi, yuvib, suvi silqitiladi.
Yirik baliqlarning boshi kesilib, hosil bo’lgan teshikdan ichak-chavoqlari bilan birga uvildirig’i va ich yog’lari olib tozalanadi. Suzg’ich qanotlari ajralib terisi shilib olinadi, yuvib, suvi silqitiladi va porsiyalarga taqsimlanadi.
Treska. Boshsiz, ichak-chavoqsiz kelgan treska yoki piksha tangachalaridan tozalanib, suzg’ich qanotlari ajratiladi, qorin ichki terisidagi qora yupqa teri shilinib, yuviladi, suvi silqitilib, porsiyalarga taqsimlanadi.
Salaka, kilka, xamsa. Bu baliqlar saralanib katta-kichiklarga ajratiladi, yuvib, boshi, ichak-chavog’i ajratilib, dumi va ba’zida umurtqa suyaklari ajratib, yana yuviladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish