O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi universiteti


Tangali baliqlarga ishlov berish (bo’laklash)



Download 2,2 Mb.
bet6/19
Sana02.04.2022
Hajmi2,2 Mb.
#524208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BALIQLI TAOMLAR

Tangali baliqlarga ishlov berish (bo’laklash). Suyak skeletli tangali baliqlar yirik-maydaligiga, ishlatilishiga qarab har xil usulda ishlovdan o’tkaziladi.
Baliqni butun holda ishlatish uchun ishlovdan o’tkazish. Ishlovdan o’tkazish jarayoni; tangalarini tozalash, suzg’ich qanotlarini olib tashlash, oyquloq, ichak-chavoqlarini ajratish va yuvishdan iborat, Mayda baliqlardan: salaka, koryushka, yangi seld; o’rtacha kattalikdagi baliqlardan: sudak, losos oilasiga mansub baliqlar butun holda ishlovdan o’tadi.
Baliq qo’lda o’rtacha kattalikdagi pichoq bilan yoki qirg’ich yordamida tozalanadi. Undan tashqari mexanik qirg’ichli RO-1 uskunasidan. ham foydalanish mumkin (RO-1 ning ish quvvati 50 kg/soat).
Yirik umumiy ovqatlanish korxonalarida ko’p miqdordagi baliqqa ishlov berishda maxsus baliq tangasini tozalovchi mashinalardan foydalaniladi. Max-sus baraban yordamida yirik tangali baliqlar toza-lanadi. Ular bir yo’la 160 kg baliqni 2-5 daqiqa davomida tozalaydi. Uning ish unumdorligi soatiga 1,5 t. gacha boradi. Tangacha tozalaydigan mashinada treska, qalqonbaliq, dengiz okuni kabi mayda tangachali baliqlardan 1 minutda 20-30 donasini tozalash mumkin. Bunda baliq tangalari birinchi bor barabanlar yordamida tozalansa, qolganlari tez aylanuvchi roliklarga o’rnatilgan do’ngalaklar yordamida tozalanish jarayonidan o’tadilar
Tangachalari tozalangan baliqlarning suzg’ich qanotlari olib tashlanadi. Buning uchun suzg’ich qanot atrofi, terisi ikki yoqlama bir oz kesilib dum tomonidan teri bilan birlashgan qismidan bosh tomonga qarab kesib olinadi. Baliqning suzg’ich qanotini bu usulda kesish, qo’lni suzg’ich qanot tikanlari ta’sirida jarohatlashdan saqlaydi. Bu usuldagi tozalash okun oilasidagi baliqlarda juda qo’l keladi. Baliqning qorin, yon suzg’ich qanotlari ham shu usul bi-lan olib tashlanadi. Ularni ehtiyotkorlik bilan chopib olish ham mumkin.
Suzg’ich qanotlar va tangachalar tozalanayotganda baliqlarning tani va terisiga jarohat yetkazmaslik kerak.
Baliq boshidagi oyquloq qopqoqlari ikki chetidan bir oz kesiladi, qopqog’i ko’tarilib, ichidagi oyquloq maxsus ingichka pichoq yordamida kesib olinadi. Baliqning ko’zi ham olib tashlanadi.
Ichak-chavoqlaridan tozalash uchun baliqni bosh tomonini o’zingizga qaratib taxtakachga yon tomoni bilan yotqizib qorin suzg’ich qanotlari o’rtasidan kesib, bo’yi bo’ylab qorni yoriladi so’ng ichidagi ichak chavoqlari, o’t pufagiga alohida e’tibor berilgan holda ajratiladi. Chunki o’t pufagi yorilsa baliq go’shtiga tegib mazasini taxir holga keltirib, sifatini buzadi. Baliq qorni ichidagi ba’zi qora yoki boshqa rangdagi terisi tozalanib, so’ng sovuq suvda yuvib, suvi silqitilib patnisga terilib issiq ishlov berish davrigacha sovutkichda saqlanadi.
Katta korxonalarda va maxsus sexlarda baliqlarni suzg’ich qanotlari maxsus qanot kesuvchi mashinalarda, dum suzg’ich qanotlari esa disk ko’rinishidagi baliq keskichlarda kesiladi. Bunda 1 minutda 30 donagacha baliq ishlovdan o’tkaziladi.
Baliqlarni boshi bo’lgan holda ishlovdan o’tkazilganda umumiy vazni 20%, gacha kamayadi. Agar baliqning boshi olib tashlansa, umumiy chiqitqi miqdori 35% gacha yetadi.
Baliqlarni ko’ndalangiga dumaloq bo’laklash (kruglyashi). Bu usulda bo’laklash oqibatida baliq terisi, umurtqa, qovurg’a suyaklari saqlanib qolishi, shakli dumaloq holda bo’lishi kerak. Bu usulda ishlatishga 1,5 kg gacha vazndagi baliq olinadi.
Baliq tangachalari, suzg’ich qanotlarini ajratish yuqoridagi usulda olib boriladi; O’rtacha kattalikdagi pazandalik pichog’i yordamida baliq oyqulog’i qopqog’i atrofida terisi, go’shti bilan kesilib, umurtqa suyagi chopilib boshi va hosil bo’lgan teshikdan ichak chavog’i olib tashlanib, qorin ichi po’sti tozalanadi va yuviladi. Bunda qorin terisi, go’shti zararlanmasligi kerak. Yuvilgan baliq suvi silqitilib ko’zda tutilgan (qovurish, pishirish, qiyma tiqish) taomga mo’ljallab dumaloq holda ko’ndalangiga kesilib nimtalarga bo’linadi. Baliqqa bunday ishlov berilganda umumiy chiqitqi miqdori 35—40% ni tashkil qiladi.
Tayyorlov fabrikalarida katta miqdordagi baliqlarga ishlov berishda baliq kallasi maxsus mashinalarda olinadi. Bu mashinalar 1 daqiqa davomida 35- 40 baliqning boshini kesishga moslashtirilgan.
Baliqlarni filelarga ajratish. Vazni 1,5 kilogrammdan ortiq bo’lgan baliqlar ishlovdan o’tkazilib, uzunasiga umurtqa suyagi bo’ylab kesib ikkiga ajratiladi va porsiyalarga bo’linadi.
Baliq terisi oson ajratilishi uchun ba’zan ishlov berishda uning tangalari olinmay bir yo’la butun holda terisini shilib olinishi mumkin. Sof fileni kot-let, qiyma uzmasi hamda sof qiyma tayyorlashda ishlatiladi. Sof fileni ajratishda baliqning umumiy chiqitqisi 50% dan 68% gacha bo’lishi mumkin.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish