Ishning maqsadi va vazifalari: ma'lumki, maktabda natijasi kafolatlangan ta'limni joriy etish uchun o'qituvchining bilim saviyasi davr talabi darajasida bo'lmog'i kerak. Ana shu saviyani davr talabiga mos ravishda shakllantirish va rivojlantirish oliy ta'lim tizimida, shu jumladan pedagogika institutlarida amalga oshiriladi.
Oliy ta'lim o'z ichiga o'quv-tarbiya jarayoni bilan birgalikda, talabalarning o'z ustida mustaqil ishlash jarayonini shakllantirish va tashkil etishni ham qamrab oladi.
Pedagogika institutlarida "Kasbiy ta'lim" mutaxassisliklari uchun Mehnat ta'limi, kasbiy ta'lim asoslarini o'qitishni o'z oldiga jamiyat taraqqiyotining talablarini qanoatlantira oladigan va xalq xo'jaligining ehtiyojlari uchun qodir bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui bilan talabalarni qurollantirish hamda ulardan ta'lim jarayonida foydalanishga doir kafolatli tayyorgarlikni ta'minlashni maqsad qilib qo'ygan.
Ushbu kurs bo'yicha olingan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlashda o'quv ishlab chiqarish amaliyoti roli beqiyosdir. Chunki talabalar mehnat ta'limi yo'nalishlari, asoslari bo'yicha olgan ma'ruza, amaliy va laborotoriya mashg'ulotlaridan olgan nazariy amaliy bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlaydi. Shu bilan birga maktab tizimida ham extiyoj bo'yicha ko'nikma va malakalarini yanada mustahkamlaydi.
Shu sababli mehnat ta'limi mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga 6-semestrda 2 xaftalik (72 soat) o'quv ishlab chiqarish amaliyotini o'tkazish mo'ljallangan.
Baliqdan taom tayyorlash texnologiyasiga doir mavzular asosan umumiy o'rta ta'lim maktablarida DTS asosida tuzilgan mehnat ta'limining yo'nalishlari bo'yicha taxminiy mavzuiy rejadagi "Pazandachilik asoslari" yo'nalishining 7-sinfida keltirilgan bo'lib, ushbu bitiruv malakaviy ishida Pazandachilik asoslari bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilarga
Baliq taom taom tayyorlash mavzusidagi mashg'ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida o’tishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik.
Oldinga qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
- Pazandachilikda baliq mahsulotlariga ishlov berish texnologiyasiga oid dars materiallarini tahlil qilinadi.
- O’quvchilarga baliq taomlari tayyorlash texnolgiyasini tayyorlashga mo’ljallangan dars materiallarining tahlil qilinadi.
- Baliqdan taomlar tayyorlashga oid amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilishning namunaviy dars rejasi ishlab chiqiladi.
- Baliq taomlari va ularning sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar o’rganib chiqiladi.