Ish bo’yicha vazifa.
Qoplash qurilmasi ishi bilan tanishish.
Valni qoplashni tajribaviy o’tkazish.
Hosil bo’lgan yoriqlarni tekshiring.
Qoplamaning hosil bo’lgan qalinligini tekshiring.
Qoplangan yuza qattiqligini tekshiring.
Hisobot mundarijasi.
Qoplash qurilmasi vazifasi va uning sxemasi.
8-jadvalni to’ldiring.
Hulosa.
8-jadval
11-AMALIY ISH.
TEXNOLOGIK MASHINALARNING VALLARINING O’QLARINI YARIM MUFTA BILAN MARKAZLASH.
Ishdan maqsad: Vallarning birikmalari nuqsonlarining hosil bo’lishi va vallarning o’qlarini yarim mufta bilan markazlash jarayonini bajarish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Umumiy ma’lumotlar:
Amaliy ishlarni bajarish uchun quyidagilarni bilish kerak:
-vallarning tutashmalarida hosil bo’lgan nuqsonlarning turlari va nisbiy siljishi yoki yarim muftalar orasidagi tirqishni o’lchash usullarini o’rganish;
-markazlash skobasi va soat turidagi indikatorni qo’llab, vallarning yarim mufta bilan markazlash usuli bilan tanishish;
-yuqorida ko’rsatilgan usul bilan markazdan qochma mashinasining vallarini markazlashni bajarish;
-sinov ishga tushirish yo’li bilan markazdan qochma mashinaning tutashmasini to’g’riligini sinovdan o’tkazish;
-hisobot rasmiylashtirish va topshirish.
Markazlash mashina va agregatlarning tarkibiy qismlarini o’qlarning tutashmasini berilgan aniqlikda ta’minlash maqsadida bajariladigan jarayon. Ko’pincha amalyotda yuritma vallari va mashinaning ishchi qismlarining o’qdoshligini zarurati tug’iladi. Bu turdagi markazlash vallar o’qlarini markazlash yoki vallarni markazlash deb ataladi, vallarni markazlash nuqsonlarining uch turi mavjud:
-o’qli og’ish, bunda val yoylaridagi orasidagi o’qli tirqish (b) nominal miqdori (bo) mos emas (1, b rasm):
-ko’ndalang (jadal og’ish), bunda vallarning o’qlari parallel va bir biridan (e) masofada turadi (1, v rasm):
a) vallarning markazlanish nuqsonlari mavjud emas
b) Δ = δ - δ0 – V valning qo’li og’ishi
v) e – V valning ko’ndalang (radial) og’ishi
g) α – V valning burchak og’ishi
d) V valning murakkab (kombinatsiyalashgan) og’ishi
1-rasm. Vallarning tutashishida nuqsonlar turlari
-burchakli og’ish, bunda vallarning o’qlari α burchak ostida joylashgan bo’ladi (1,2- rasm).
Ba’zi mashinalarda bir vaqtning o’zida uch turdagi og’ishlar mavjud bo’lishi mumkin (1, d-rasm). Bunday turdagi og’ishlar kombinatsiyalashgan yoki murakkab og’ishlar deb ataladi:
Val o’qlarining chiziqli va burchakli og’ishlarini o’lchashning bir necha usullari mavjud. Hozirgi vaqtda yarim muftalar oralig’ida o’qli va radial tirqishlar miqdori bo’yicha vallarning tutashmalari aniqligini baholash usullari ko’rib chiqiladi.
2-rasmda A va V vallarni birlashtiruvchi yarim muftalarning o’zaro joylashishi ko’rsatilgan, bunda o’qlarning murakkab siljishi mavjud. Shu rasmda to’rtta nazorat nuqtasida yarim mufta oralig’ida o’qli (b) va radial (a) tirqishlarni o’lchashni bajarish sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |