Amaliy mashg’ilot № 7 Mavzu: O’z – o’zidan markazlanadigan uch kulachokli patrondan kulachoklarni ajratib olish va o’rnatish. Ishdan maqsad: Dastgoh shpindeliga o’z – o’zidan markazlanadigan uch kulochokli patronni o’rnatishni uch kulochokli patrondagi kulochoklarni olish va o’rnatish; disk va valiklar tipidagi zagatovkalarni o’z – o’zidan markazlanadiga uch kulochokli patronga o’rnatishni; diametric va toresi bo’yicha tekshirishni hamda markazlashni; zagatovka va patronni bo’shatib va ajratib olishni o’rganish.
Ish o’rni jihozlari: o’z – o’zidan markazlanadiga uch kulochokli patron; patron (tores) kaliti; shpindelning yo’naltiruvchi opravkasi; bronza yoki alyuminiy muhrali bolg’a; yo’naltiruvchi opravkani chiqaradiga latun chiviq; patron rezbasini tozalash uchun mahsus ilgak; diametric 60 – 70 mm va uzunligi 40 – 50 mm – 1 dona; diametric 40 – 50 mm va uzunligi 110 – 120 m – 1 dona zagatovka; bo’r bo’ladi, yog’och shit yoki mahsus taglik; artish materiali.
Tashkiliy ko’rsatmalar. Elektrodvigatelni elektr tarmog’idan uzish; shpindelni aylanishidanto’xtatish; shpindel minemal aylanishlar chastotasida ishlaydigan qilib sozlash; staninaga yog’och shitchani o’rnatish.
Kulachoklarni patronlardan ajratib olish, patron kalitini soat strelkasi harakati yo’nalishiga teskari aylantirib, kulochoklarni patron o’yiqlaridan chiqarib olish va uni yog’och shitcha ustiga joylashtirish.
Kulochoklarni patron o’yiqlariga o’rnatish.
Kulochoklarga 1, 2, va 3(nuqtalar: bir, ikki, uchta) tartibida belgilab qo’yib shitcha ustiga joylashtiriladi. Uchta kichkina konus tishli g’ildiraklardan birining berk kvadrat teshigiga tiqilgan petron kaliti yordamida teskari tomonga spiralsimon to’go’ri to’rtburchakrezbasi bor katta konus g’ildirakni aylantiriladi. Bu rezbaning o’rami boshlanishi patronning birinchi o’yig’ida ko’rinishi bilanoq g’ildirakni biroz burish kerak. Keyin birinchi kulochokni birinchi o’yiqqa tiqib, gildirakni aylantirishda davom etiladi, bunda kulochok chiviqlari rezbaning spiral ariqlariga kirib, rezba o’rami navbatdagi o’uiqqa yotadi, so’ngra ikkinchi kulochok ham, uchinchi kulochok ham birinchi kulochok kabi o’rnatiladi.
Diametri 60 – 70 mm li va uzunligi 40 – 50 mm li zagatovkani o’z – o’zidan markazlanadiga uch kulochokli patronga o’rnatish, unit ores tepishini tekshirish va mahkamlash, zagatovkani ajratib olish.
Elektrodvigatelni elektr tarmog’iga ulash va dastgohni shpindel minemal dastgohlarda aylanadigan qilib sozlash.
Support staninaning chetki o’ng vaziyatiga suriladi.
Ikkala qo’l bilan patron kalitini soat strelkasi harakati yo’nalishiga teskari bir tekis aylantirib, patron kulochoklari keriladi. Uning kerimi mahkamlanadiga zagatovka diametridan biroz kengroq bo’lishi kerak. O’ng qo’l bilan zagatovkani patron kulochogiga tiqiladi, chap qo’l bilan patron kalitini soat strelkasi harakati yo’nalishida kulochoklar zagatovkani to’liq qamrab olguncha aylantirib, zagatovkani patron kulochoklariga qisman mahkamlanadi. Zagatovka patron kulochoklariga kamida 20 – 30 mm kirib turishi kerak. Agar zagatovkani mahkamlashda to’g’ri kulochoklar patron korpusi o’yiqlaridan o’z uzunligining o’z qismicha chiqib qolsa, teskari kulochoklardan foydalaniladi.
Zagatovkaning patronga qanday o’rnatilganligini tekshirish va maxkamlash.
Dastgoh asosiy harakat yuritmasi ulanadi. O’ng qo’limizga bo’r bo’lagini olamiz; shu qo’limizni chap qo’limiz ustiga, chap qo’lni esa stamina ustiga tiraymiz. Bo’rni zagatovkaning aylanib turgan toresi chetiga taqaymiz, shunda chiziq hosil bo’ladi. Shpindelni aylanishdan to’xtatamiz. Agar bo’r chizig’I zagatovka toresining butun sirtiga tushmagan bo’lsa, bo’r chizig’iga bolg’a bilan asta-sekin urib , zagatovkani suramiz. Bu ish zagatovka toresida uzluksiz bo’r chizig’I hosil bo’lguncha takrorlanadi. Patron kalitini olib, patron qarshisida oyoqlarimizni biro z kerib bardam turamiz, patron kalitni galma-gal patronning kichik konussimon tishli g’ildiraklaridagi barch akvadrat teshiklarga tiqib va qo’lda soat strelkasi harakati yo’nalishida aylantirib, zagatovkani puxta mahkamlab qo’yamiz. Mahkamlashda faqat qo’llar emas, gavdamiz ham ishtirok etishi kerak.
Patronga patron kalitini tiqamiz va ikkala qo’limiz bilankalitni soat strelkasi harakati yo’nalishiga teskari yo’nalishda yarim aylanaga keskin buramiz. O’ng qo’limiz bilanzagatovkani tutib, chap qo’limiz bilan kalitni soat strelkasi harakati yo’nalishiga teskari tomonga to zagatovka patron kulachoklari qamrovidanbo’shaguncha aylantiramiz. Shundan keyin zagatovkani chiqarib olamiz.
Zagatovkani bo’shatish va chiqarib olish.
Diametri 40 – 50 mm va uzunligi 100 – 120 mm li zagatovkani o’z – o’zidan mahkamlanadiga uch kulochokli patronga o’rnatish, radial tepishini tekshirish va mahkamlash. Zagatovkani chiqarib olish.
Zagatovkani o’rnatish va qisman mahkamlash.
Qisman mahkamlaangan zagatovka patron kulochoklariga kamida 30 – 40 mm kirib va kulochoklardan ko’pi bilan 80 – 90 mm chiqib turishi kerak. Zagatovkaning diametri 18 – 22 mm.
Zagatovkani patronga qanday o’rnatilganligini tekshirish va mahkamlash.
Shpindelni stelka yo’nalishidaaylantirib yuboramiz. Bo’rni aylanib turgan zagatovkaning silindrik qismiga tirab chiziq hosil qilamiz, qo’llarning vaziyati 6 – 3mashqlarga oid ko’rsatmalarga qaraymiz. Shpindelni aylanishdan to’xtatamiz. Agar bir chiziq zagatovkaning burun silindrik sirtiga chizilmagan bo’lsa, ishni to silindrik sirtga uzluksiz bir chiziq hosil bo’lgunch adavom ettiramiz.
Ikkala qo’limiz bilan kalitni soat strelkasi yo’nalishida aylantirib, zagatovkani mahkamlaymiz.
Val tipidagi zagatovkalarni markazlarga o’rnatish
Mashqlardan maqsad: markazlarni oldingi babka shpindeliga va ketingi babka pinoliga o’rnatish va ajratib olishni; povodok patronini dastgoh oldingi babkasi shpindeliga o’rnatishni; markazlarning to’g’ri o’rnatilganligini tekshirishni; babkani surish, mahkamlash va bo’shatishni, zagatovkani markazlarga o’rnatish va ajratib olishi o’rganish.
Ish o’rni jihozlari: povodokli patron; qattiq markazlar (ikki dona); to’g’ri va qayrilgan quyruqli xomutchalar; xomutch va ketingi babka uchun gayka kalitlari; povodokli patron rezbasini tozalash uchun maxsus ilgak; markazni turtibchiqarish uchunlatun chiviq; markazlangan zagatovka; tavot yoki bo’r aralashtirilgan mashina moyisolingan moy idishi, artish materiallari.
Tashkiliy ko’rsatmalar: dastgoh supportini oldingi babka tomonga suramiz, stamina yo’naltiruvchilarini latta bilan artamiz va yupqa qilibmoy surkab qo’yamiz. Markazlarning cho’qqilari orasidagi masofa taxminan zagatovka uzunligiga tengbo’ladigan qilib, ketingi babkanio’rnatamiz va mahkamlab qo;yamiz, pinol ketingi babka korpusidan minimal ( l = 50 mm) chiqib tursin va keskichni zagatovkaning o’ng toresiga yaqinlashtirish imkonini bersin.
Dastgohni shpindel minimal aylanishlar chastotasida aylanadigan qilib rostlaymiz. Patronni to’sish ko’juxini (1K20) chetki yuqori vaziyatga suramiz.
Povodokli parton markazlarini shpindekga o’rnatish.
Povodokli patron o’tkaziladigan joylarini va shpindelning old uchini artish.
Povodokli patron o’tkaziladiganjoylarini va shpindelning old uchini artish amallari va xavfsizlik taxnikasi qoidalari uch kulochokli patronni o’rnatishdan farq qilmaydi.
Oldingi va ketingi markazlarning o’tkaziladigan qismlarini ( konussimon quyruqlarini) artish.
Markazlarni o’rnatishdan oldin shpindelning konussimon teshiklarini va ketingi babka pinollarini oldin o’rnatilgan amallarda yaxshilab artish kerak.
Chap qo’l bilan markazning silindrik qismidan ushlaymiz , o’ng qo’l bilan konussimon quyruqni latta bilan artamiz. Uchi o’tmaslashgan markazlardan foydalanish mumkin emas.
Oldingi markazni o’rnatish va uning radial tepishini tekshirish.
Oldingi markazni o’ng qo’l bilan ushlab, konussimon quyrug’ini oldingi babka shpindeli teshigiga biroz kiritamiz va keskin harakat bilan teshikka tiqamiz. Shpindelni aylantirib yuboramiz va markazning radial tepishini tekshiramiz. Agar markaz tepayotgan bo’lsa, uni latun chiviq bilan turtib chiqarib, o’z o’qi atrofida 30 – 40 0 ga buramiz. Markazni yana o’rnatamiz, tepishini tekshiramiz va zarur bo’lsa, yana aytilgan usulga to’g’rilaymiz. Markazning radial tepishi indicator bilan tekshiriladi.
Ketingi markazni ketingi babka pinoliga o’rnatish.
Toblangan qattiq markazni o’rnatishdan oldin o’ng qo’l bilan maxavikchani soat strelkasi harakati yo’nalishida aylantirib, ketingi babka pinolini 40 – 50 mm chiqaramiz. Chap qo’l bilanmarkazning silindrik qismidan ushlab, konussimon quyrug’ini ketingi babka pinoli teshigiga keskin tiqamiz.
Oldingi va ketingi babkalar markazlarining mosligini (o’qdoshligini) tekshirish.
Ketingi babkani support karetkasigacha suramiz. Pinolni chiqarganda markazning uchlari orasidagi masofa 0,3 – 0,5 mm qoladigan bo’lsin, pinolni mahkamlab qo’yamiz. Ko’z bilan chamalab, markazlarning uchlari gorizontal teshikkda bir – biriga to’g’ri kelishini tekshiramiz. Agar ular bir – biriga to’g’ri kelmasa, ketingi babka korpusini asosda ko’ndalang yo’nalishda suramiz. Kalit bilan o’rnatish vintini aylantirib (oldin qarama – qarshidagi vintni bo’shatib) vintni oxirigacha mahkamlab qo’yamiz.