19-mavzu Bo‘laklarini payvandlash eritib yopishtirish orqali ta’mirlash turlari. Reja. Payvandlash usullari



Download 15,57 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi15,57 Kb.
#418261

19-mavzu Bo‘laklarini payvandlash eritib yopishtirish orqali ta’mirlash turlari.
Reja.

  1. Payvandlash usullari.

  2. Payvandlash turlari.

Ishlash qobiliyatini yo‘qotgan, yeyilgan va sirtlarida nuqsonga ega bo‘lgan detallar ta’mirlanadi. Detallarda uchraydigan nuqsonlar, asosan, tabiiy yeyilish, mexanikaviy shikastlanish va detal sirtidagi korrozion yemirilishga qarshi qoplamaning shikastlanishi oqibatida paydo bo‘ladigan nuqsonlar guruhiga bo‘linadi.


Ta’mirlash uchun keltirilgan mashina detallarining asosiy qismini birinchi guruhga mansub nuqsonlari bo‘lgan detallar tashkil etadi. Tabiiy yeyilish oqibatida detallarning ishchi sirtlarining o‘lchamlari va geometrik shakllari o‘zgaradi, birikmalarda esa bir-biriga o‘tqazishlar buziladi.
Detallardagi mexanikaviy shikastlanishlarga qoldiq deformatsiyalar, darz ketishlar, uvalanishlar, yulinishlar, tirnalishlar va o‘yiqlar kiradi.
Korrozion yemirilishga qarshi qoplamalari shikastlangan detallar, nuqsonli detallarning nisbatan kichikroq qismini tashkil etadi. Korrozion yemirilishga qarshi qoplamalar detal sirtiga, odatda, galvanik yoki kimyoviy usullarda beriladi, bunda detal sirti turli xil moy bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Detallarni ta’mirlash texnologiyasining asosiy vazifasi o‘zaro tutashgan detallarning ish jarayonida buzilgan o‘lchamlarini, har bir detalning mexanik mustahkamligini, yeyilishga chidamliligini va korroziyaga bardoshliligini tiklashdan iborat.
Asosan iqtisodiy jihatdan qayta tiklanishi samara beradigan yoki yangisi bilan almashtirishning imkoni bo‘lmagan detallar ta’mirlanadi. Detal qancha murakkab va qimmat bo‘lsa qayta tiklash shuncha samara beradi. Ta’mirlashning iqtisodiy omili kompleks jihatdan ko‘rib chiqiladi: yangi detal sotib olish arzonga tushadimi yoki eski detalni qayta tiklashmi, mashina ta’mirlashda qancha vaqt to‘xtab qoladi?
Ta’mirlash texnologiyasida payvandlash usuli detallarni qayta tiklash usullari ichida asosiy o‘rinni egallaydi. Payvandlashning barcha turlari ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: suyuqlashtirib payvandlash va bosim ostida (plastik)
payvandlash. Suyuqlashtirib payvandlashga elektr yoyi bilan va gazli payvandlash, bosim ostida payvandlashga esa elektr qarshilik usuli (masalan, uchma-uch, chokli, nuqtali), gaz va temirchilik usuli bilan preslash kiradi. Elektr yoyli va gazli payvandlash ta’mirlash texnologiyasida singan va darz ketgan detallarni ulash, po‘lat, cho‘yan, bronza va boshqa metall materiallardan tayyorlangan detallarning yeyilgan sirtiga metallni suyuqlashtirib qoplash;
elektr chokli – po‘lat va boshqa plastik materiallardan tayyorlangan singan detallarni uchma-uch ulash; elektr chokli va nuqtali – listli materiallarni bir-biriga ulash uchun xizmat qiladi.
Aksariyat payvandlash va qoplash ishlari ta’mirlash texnikasida suyuqlashtirish tamoyili bo‘yicha bajariladi.
Elektr yoyi – yordamida payvandlash suyuqlashtirib payvandlashga kiradi. Bunda elektrod bilan detal o‘rtasida hosil bo‘lgan elektr yoyi ta’sirida detalning metalli suyuqlashtirilib, payvandlash amalga oshiriladi. Oddiy sharoitlarda elektrod bilan detal oralig‘idagi havoli (gazli) muhit elektr tokini o‘tkazmaydi. Gazli muhit tok o‘tkazuvchan bo‘lishi uchun uni ionlashtirish kerak, ya’ni mazkur gazli muhitda yetarli darajada ozod elektronlar va ionlar hosil qilish kerak. Elektr yoyi vositasida payvandlashda gaz oralig‘ining ionlashishi va elektr yoyining hosil bo‘lishi quyidagicha sodir bo‘ladi. Elektr payvandchi elektrodni detalga tegizishi bilan elektr yoyi yonganda elektrod uchi bilan detal sirti orasida qisqa kontakt hosil bo‘ladi, natijada elektrod uchining detal sirtiga tegib turgan nuqtasi yuqori haroratgacha qizib ketadi. Payvandchi elektrodning detaldan ajratgan paytda detal
bilan elektrod orasidagi havoli muhit tok o‘tkazuvchi bo‘lib qoladi, chunki bu oraliq metall bug‘i va gazlarning ionlashgan zarrachalari bilan to‘yingan bo‘ladi. Shu sababli, elektrod bilan detal orasidan elektr toki uzluksiz o‘taveradi va elektr
yoyining yonishi uzluksiz davom etadi. Elektr yoyi zaryadi haddan tashqari yorug‘ nurlanishi va yuqori haroratga (6000- 7000°C) ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Download 15,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish