Qurilma tuzilishi.
Markazlash kobasi va soat turidagi siljuvchi indikatorlarni qo’llab, mashina vallarini yarim muftalar bo’yicha markazlash jarayonini o’rganuvchi qurilmani o’rganish 3-rasmda ko’rsatilgan.
Qurilma markazlash mashinasi va jihozlar komplektidan tashkil topgan. Markazlovchi mashina ishchi qism 1 va elektrodvigateldan 2 tashkil topgan bo’lib, u boltlar 8,9 yordamida umumiy ramaga 3 qotirilgan. Valning ishchi qismi elektrodvigatel vali bilan mufta 4 yordamida ulangan. Jihozlar komplektiga ikkita yarim muftada o’rnatilgan markazlovchi skoba 5, shuningdek, soat ko’rinishidagi chiziqli siljiydigan ikkita indikator 6, 7 kiradi.
Vertikal o’rnatilgan indikator yarim muftalar orasidagi radial siljishni, gorizontal o’rnatilgan indikator esa o’qli siljishni o’lchash uchun xizmat qiladi. Markaziy skobaga indikatorlarni kranshteyn 10 va vintlar 11 yordamida qotirish amalga oshiriladi. Vertikal indikator o’qi mashinaning bazaviy qismiga val o’qiga perpendikulyar, gorizontal indikator o’qi shu o’qqa parallel joylashgan bo’lishi kerak. Indikatorlar qo’zg’almas qilib mashinaning bazaviy qismidagi yarim muftaga qotiriladi. Indikatorlarning uchlari 12,3 tayanchga 14 tayanadi, bunda elektrodvigatelning mashinaning rostlovchi qismdagi yarim muftaga o’rnatilgan markazlovchi skobalari qotirilgan. Tayanchning ishchi qismi jilvirlangan va indikatorlar o’qiga perpendikulyar tekislikda bo’lishi kerak.
Markazlash jarayonini bajarish tartibi:
Indikatorlar dastlabki holatda muftaning eng yuqori nuqtasida joylashadi. Indkatorlarning shkalalarini burab, indikatorlar strelkasini nol holatiga keltiramiz. Shunday qilib, 5, a-rasmda belgilangan bu holat, ya’ni yarim muftalar oralig’idagi radial (a1) va o’qli (v1) siljishni shartli ravishta nolga teng deb qabul qilamiz. Muftani ketma-ket 900, 1800, 2700, va 3600 ga burib, muftaning turli holatlarida indikator ko’rsatgichlari yozib olinadi va aylana diagrammada uning belgilarini (+, -) hisobga olgan holda o’q va radial siljishlarni yozib olinadi (5, b-rasm). Valni 3600 ga buraganda mufta ikkinchi marta I bir holatni egallaydi. Bunda indikatorlar strelkasi dastlabki holatga qaytishi kerak, ya’ni, nol holatni ko’rsatishi lozim.
Mazkur talab markazlash jarayoni to’g’ri bajarilayotganligini, shuningdek, yarim muftalarga indikatorlar va tayanchlarning bikr qotirilganligini ko’rsatadi v2 vallar tayanchlarda katta siljishlarga (lyuft) ega emas. Agar valni 3600 ga buraganda yarim muftalar orasidagi siljish o’zgarsa, unda ular uchun I, II, III, va IV holat uchun indikatorlar ko’rsatgichini uch martadan ko’p o’tkazish kerak. Demak, siljishni o’lchash uch yoki ko’p marta muftani aylantirilganda amalga oshiriladi. Bu holatda aylana diagrammada yozib olingan o’qli va radial siljishlarning uch yoki undan ko’p o’lchamlar miqdorining o’rtachasi kabi aniqlanadi.
Mashinalar vallarining chegaraviy ruxsat etilgan burchakli va chiziqli og’ishlari mufta turi va vallarning aylanishlar tezligiga bog’liq. Val o’qlarining ruhsat etilgan og’ishlari zavod-tayyorlovchi tomonidan ko’rsatilmasa SN va PSH-G 10.2-62 bo’yicha qabul qilinadi.
1-jadval.
D=500 mmli diametrli mufta bilan birlashgan val o’qining chegaraviy ruxsat etilgan og’ishlari.
Valning aylanishlar chastotasi (s -1)
|
Valning chiziqli (mm) va burchak og’ishida ruxsat etilgan chegaraviy sonli miqdori.
|
Bikr turdagi mufta uchun
|
Yarim bir turdagi mufta uchun
|
Qayishqoq turdagi mufta uchun
|
8,33 gacha
|
0,10
|
0,15
|
0,20
|
8,33÷12,5
|
0,08
|
0,1
|
0,15
|
12,5÷25
|
0,06
|
0,08
|
0,12
|
25÷50
|
0,04
|
0,06
|
0,10
|
50 dan ko’p
|
0,02
|
0,04
|
0,08
|
1-jadvalda mufta diametri D =500 mm bo’lganda val o’qlarining burchakli va chiziqli og’ishlarining ruxsat etilgan sonli miqdorlari keltirilgan. Mufta bilan biriktirilgan boshqa o’lchamdagi vallar uchun ruxsat etilgan og’ishlarini quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Mazkur formulada quyidagilar belgilangan: a*500, e*500-muftaning diametri D=500 mm bo’lganda, valning ruhsat etilgan chegaraviy og’ishi: α*d, e*d –muftaning D diametrdagi valning ruhsat etilgan chegaraviy og’ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |