variantlar
|
Tikuv mashinasining detallari
|
|
1
|
igna mexanizmi
|
|
2
|
lapka
|
|
3
|
moki
|
|
4
|
ip tortkich mexanizmlar
|
|
5
|
tepki
|
|
6
|
materiallarni surish mexanizmi
|
|
Nazorat savollari:
1. Igna mexanizmini inersiya kuchini kamaytirish yo’llari?
2. Kinematika juftlarida yeyilish prosessi ko’proq qaysi rejimga bog’liq?
3. Ignani mustaxkamligini qaysi tenglama bo’yicha xisoblanadi,
xisob formulasini ko’rsating va tushuntiring?
4. Moki orqali cho’zilgan eng katta salqini uzinligini sxema bo’yicha
ko’rsating?
5. Qanday yo’llar bilan moki mexanizmini loyixalashda mashinani
unumdorligini oshirish mumkin?
10-AMALIY ISH.
QO’LDA, YOYLI PAYVANDLASH TARTIBLARINI HISOBLASH.
Ishdan maqsad: To’qimachilik, engil va paxta sanoati mashinalarini ta’mirlash va tiklashda payvandlash tartiblari to’g’risida amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.
NAZARIY QISM.
Payvandlash tartibi deganda berilgan o’lchamda payvand choklarini, shakliga va sifatiga ega bo’lishini ta’minlovchi payvandlash jarayonining asosiy xarakteristikasining yig’indisi tushiniladi.
Qo’lda yoyli payvandlash tartiblarining asosiy parametrlari quyidagilar:
Elektrod diametri, d el., mm;
Payvandlash tosh kuchi, I sv, A;
Yoydagi kuchlanish, Vd, V;
Payvandlash tezligi, Vsv, m/soat;
Quyidagi qo’shimcha parametrlash:
Tok turi;
Tok qutbi (doimiy tokda).
Ulangan tutashma choki ajralgan va ajralmagan uchlar GOST 5264-80 bo’yicha bajariladi.
Ulangan tutashma choklarini payvandlashda elektrod diametri payvandlanayotgan detal qalinligiga bog’liq holda tanlanadi.
Ulangan tutashma choklarini payvandlashda elektrod diametrini tanlash quyidagi -1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval.
Payvandlanayotgan detal qalinligi,mm
|
Elektrodning tavsiya etilayotgan diametri, mm.
|
1,5
2,0
3,0
4-5
6-8
9-12
13-15
|
1,6
2,0
3,0
3-4
4,0
4-5
5,0
|
Ulangan tutashma choklarini payvandlashda elektrodlarning tavsiya etiladigan diametri jadvalda ko’rsatib o’tilgan.
Metalni ko’p qatlamli choklarini payvandlashda qalinligi 10-120mm va undan ko’p bo’lsa birinchi qatlam 1-jadvalda ko’rsatilgandan 1 mm ga kam, lekin 5 mm dan ko’p emas (ko’pincha 4 mm), shunday qilib katta diametrli elektrodlarni qo’llanilganda chok ichki qismini (ildizini) eritish uchun chuqur kiritish imkoni yo’q.
O’tishlar sonini aniqlashda shuni hisobga olish kerakki, bunda birinchi o’tishning kesimi 30-35 mm2 dan oshmasligi kerak va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
F1 = (6 – 8) · del, mm2, (1)
Keyingi o’tishlarda esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Fs = (8 – 12) · del, mm2 , (2)
bu erda F1 –birinchi o’tishdagi ko’ndalang kesim maydoni, mm 2;
Fs- keyingi o’tishlardagi ko’ndalang kesim maydoni, mm2;
Del- elektrod diametri, mm.
O’tishlar soni va eriyotgan metal sarfini aniqlash uchun choklar kesimining maydonini bilish kerak.
Choklar kesimi maydoni elektrod geometrik figuralar, ularning tashkil etuvchilari maydonlari yig’indisini tashkil etadi. Unda bir tomonlama tirqishsiz bajarilgan ulangan chok kesimi maydoni quyidagi formula bilan aniqlanadi.
F1 = 0,75 e · g , mm2 , (3)
Tutashmada tirqish mavjud bo’lsa,
(F1 + F2) = 0,75 e · g + S · v, mm2, (4)
Bu erda E- chok eni, mm; g-chokni kuchaytirish qalinligi, mm; s-payvandlanayotgan metal qalinligi, mm; B-tutashmadagi tirqish miqdori, mm.
V-simon ajralishdagi chokni va ildizni chokini payvandlashda kesim maydoni (1-rasmga qarang) geometrik figura yig’indisi kabi aniqlanadi:
F = F1 + F2 + F3 + 2F4, (5)
Erish chuqurligi quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:
h = (S - c), mm. (6)
Geometrik figuraning (F1+F2) maydoni (4) formula bilan, F3-(3) formula bilan, to’g’ri burchakli uchburchakning maydoni F4 esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
F4 = h · x/2, mm2 , (7)
Bu erda x = h · tg α/2;
Unda F4 = (h2 ·tg α/2) /2, mm2, (8)
Ko’rib chiqilayotgan V-simon chok maydoni ikkita to’g’ri burchakli uchburchakdan tashkil topgan, shuning uchun:
2F4 = h2 · tg α/2, mm2 . (9)
(5) formuladagi elementar maydon miqdorini qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz.
Fn = 0,75 · e · g +v · S + 0,75 e1 · g1 + h2 · tg α/2, mm2 . (10)
X-simon ajralgan payvandlanayotgan metall maydoni har bir tomonning ajralgan tomoni uzun bo’lakcha hisoblanadi.
1-rasm. Ulangan chokning ko’ndalang kesimining geometrik elementlari:
bu erda S-metal qalinligi, mm; N-erish chuqurligi, mm; S-o’tmaslashish miqdori, mm; E- chok eni, mm; E1-chok ildizi (osti) payvand osti eni,mm; V-tirqish miqdori, mm; q-chok kuchaytirish balandligi,mm; q1-chok ildizi (osti) payvand osti balandligi, mm; α - qirralarni ajratish burchagi, gradus.
Erigan metalning (FH) ko’ndalang kesim yuzasi, birinchi (F1) ko’ndalang kesim yuza va keyingi har bir o’tishdagi chokning umumiy maydonini topgan holda umumiy o’tishlar sonini “n” quyidagi tekislik bilan topiladi.
n = (Fn-F1/Fs) + 1. (11)
Olingan sonni yaqin butun songa yaxlitlanadi. Qo’lda yoyli payvandlashda payvandlash tokini hisoblash elektrod diametri va tokning ruhsat etilgan zichligi bo’yicha quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Isv = Fel · j = (π · del2 / 4) · j , A, (12)
bu erda: π-3,14
Ј-tokning ruxsat etilgan zichligi, A/mm2;
Fel – elektrodning ko’ndalang kesim yuzasi, mm2.
Del – elekrod diametri, mm.
Payvanddash toki birinchi o’tish va keyingi o’tishlarni payvandlash faqat ko’p o’tishli choklarni payvandlash uchun aniqlanadi.
Tokning ruxsat etilgan zichligi elektrod diametri va qoplash turiga bog’liq: elektrod diametri qancha katta bo’lsa, tokning ruxsat etilgan zichligi shuncha kichik bo’ladi, shunday ekan sovush sharoiti yomonlashadi (2-jadval).
Qo’lda yoyli payvandlashda yoydagi kuchlanish 20-36 v oraliqda o’zgaradi va qo’lda yoyli payvandlashda texnologik jarayonlarni loyihalashda me’yorlashtiriladi.
Shuning uchun yoydagi kuchlanishni qandaydir aniq miqdorini qabul qilish tavsiya etiladi.
2-jadval.
Qo’lda yoyli payvanlashda elektrodda tok zichligining ruxsat etilgan miqdori.
Qoplama turi
|
Elektrod sterjeni diametri, mm
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6 va undan katta
|
Asosiy
|
15,0-20,0
|
13,0-18,5
|
10,0-14,5
|
9,0-12,5
|
8,5-12,0
|
Nordon
|
14,0-20,0
|
13,5-19,0
|
11,5-15,0
|
10,0-13,5
|
9,5-12,5
|
Yoyning siljish tezligi (payvandlash tezligi) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Vsv = Ln · Isv / γ · Fn · 100, m/ch, (13)
Bu erda LH-erish koeffitsenti G/A*soat; (3-jadvalga qarang) ;
γ-mazkur o’tish uchun erigan metall zichligi, g/sm3 (7,8 g/sm3 po’lat uchun).
Isv- payvandlash tok kuchi, A;
Fn- erigan metalning ko’ndalang kesim yuzasi, mm2
Yoyning siljish tezligi (payvandlash tezligi) faqat ko’p o’tishli choklarda birinchi va keyingi o’tishlar uchun aniqlanadi.
Ulangan chokning payvandlash tartibi hisoblash natijalarini 3-jadvalga kiriting.
3-jadval
Ulangan chokning payvandlash tartibi va uning o’lchamlari (ruscha variantdan)
Payvanlash
|
Payvanlash tartiblari
|
del, mm
|
Isv, A
|
Ud, V
|
Vsv, m/ch
|
Birinchi o’tish
|
|
|
|
|
Keyingi o’tishlar
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |