O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Mustaqil ish
«ATJ » FANIDAN
Bajardi:
|
(imzosi)
|
______ guruh talabasi
_________________
|
Rahbar:
|
(imzosi)
|
_________________
|
Himoyaga qo’yildi “______” __________2022 y.
1.___________________________ _________
(Himoyada ishtirok etgan o’qituvchining F/I/SH) (imzosi)
Himoyada __________ball qo’yildi.
Farg’ona-2022
QURITISH JARAYONINING KINETIKASI
Materiallarni quritish jarayonida namligini yo’qotish murakkab masalalardan hisoblanadi. Avval namlik materialning ichki qismlaridan uning yuzasiga tarqaladi, so’ngra material yuzasidan tashqariga chiqib ketadi. Material tarkibidan namlikning bug’latib chiqarish intensivligi t material yuzasi birligi F dan, vaqt birligi ichida bug’langan namlikning miqdori bilan o’lchanadi:
(1)
bu yerda W - quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik massasi; g - quritish jarayonning umumiy vaqti.
Namlikning bug’lanish intensivligi, nam material va atrof-muxit o’rtasidagi issiqlik va massa almashinish mexanizmiga bog’liq. Bu mexanizm juda murakkab bo’lib, ikki bosqichdan iborat
a) namlikning material ichida siljishi;
b) material yuzasidan namlikning bug’lanishi.
Namlikning material yuzasidan bug’lanishi
Bu jarayon asosan bug’ning qattiq material yuzasidan havoning chegara qatlami orqali tashqi diffuziya yo’li bilan o’tishidan iborat. Tashqi diffuziya yordamida namlikniing taxminan 90% yo’qtiladi. Material yuzasidan atrof muxitga namlik bug’ holatida o’tadi. Tashqi diffuziyaning harakatlantiruvchi kuchi material yuzasi va atrof-muxitdagi konsentrasiya yoki parsial bosimlar ayirmasi Rm – Rx bilan ifodalanadi.
Diffuziya oqimidan tashqari, namlik termodiffuziya yo’li bilan ham tarqaladi. Termodiffuziya xodisasi, chegara qatlamida temperaturalar farqining ta’siri natijasidi yuz beradi. Konvektiv quritish jarayoni nisbatan past temperaturalarda olib borilsa, termodiffuziya orqali tarqalgan namlikning miqdori juda kichik bo’ladi.
Quritish tezligi o’zgarmas bo’lgan davrda materialning namligi gigroskopik namlikdan katta bo’ladi, material yuzasidagi 6yg’ esa, to’yingan bo’ladi ( Rm = Rt). Bu davrda namlik materialning yuzasiga uning ichki qismlarsdan katta tezlik bilan siljiydi. Material yuzasidan namlikning berilishi quyidagi tenglama orqali topiladi:
(2)
bu yerda β - namlik berish koeffshtenti; Rm - material yuzasidagi to’yingan bug’ning parsial bosimi; Rx – bug’ning havodagi parsial bosimi; B - barometrik bosim.
Do'stlaringiz bilan baham: |