O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Qurilish – montaj ishlari sifatini nazorat qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

1.9. Qurilish – montaj ishlari sifatini nazorat qilish 
Qurilish mahsuloti sifati
– qurilishi tugallangan ob’ektning tejamkorligi va 
rentabelligiga ta’sir qiluvchi, uning ishonchliligi hamda chidamliligini 
ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Umumlashtirilgan ko‘rinishda ob’ektning 
sifati loyihaning, qurilish meteriallari va buyumlarining sifati, shuningdek qurilish 
– montaj ishlarini amalga oshirish sifati bilan belgilanadi.
Qurilish-montaj ishlari sifatining nazoratini amalga oshirish tarkibi va 
tartibini, yashirin ishlarni rasmiylashtirish, tayyor ob’ektni yakuniy qabul qilish 
qoidalarini va h. k. larni belgilab beruvchi QMQ (3-qism) bilan tartibga solinadi.
Yashirin ishlar
– boshqa keyingi ishlarni bajargandan so‘ng ko‘rib baholash 
uchun mumkin bo‘lmaydigan ishlardir (poydevor uchun asoslarni tayyorlash, 
devorlarni gidroizolyatsiya qilish, monolit konstruktsiyalar armaturasi, oldindan 
quyiladigan payvandlash detallari va h.k.). Yashirin ishlar ishlarni boshqaruvchisi-
prorab va texnik nazorat vakili imzosi bilan 
dalolatnomalar
ko‘rinishida 
rassmiylashtiriladi. Murakkab va mas’uliyatli ishlarga dalolatnomalarni 
rasmiylashtirish uchun maxsus komissiyalar tashkil etiladi. 
Qo‘yimlar 
(ruxsat etiladigan) – detallar, konstruktsiyalar, xonalar va h. k. 
larning o‘lchamlarida uchrashi mumkin bo‘lgan chetlanishlar. Ular QMQlarda va 
texnik shartlarda keltirilgan. QMQ va texnik shartlardan chetga chiqish – 
yaroqsizlikka olib keladi. Ish boshqaruvchi (prorab)ning va texnik nazorat 
qiluvchining vazifasi qurilish – montaj ishlarining sifatini kuzatishdir. Texnik 
nazorat vakili sifatsiz bajarilgan ishlarni qayta bajarishga majbur qilish huquqiga 
ega. 
Ishlarni bajarishda 
nuqsonlar
turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. 
Devor panellarining bir-biri bilan tutashgan joylarini yopish ishlari sifatsiz 
bajarilishi tufayli fasadning ko‘rinishi buziladi va xonalarda temperatura-namlik 


36 
rejimlari buziladi. Quyma-tutashtiruvchi detallarning jadal korroziyasi binoni 
avariya holatiga keltiradi, bu esa murakkab va mehnat talab ta’mirlash ishlarining 
bajarilishiga olib keladi. 
Qurilish ishlarining past sifatda bajarilishining asosiy sabablari past navli va 
qo‘llanilish muddati o‘tib ketgan materiallardan foydalanish, loyiha 
texnologiyasidan chetga chiqish (suvash ishlarining barcha qatlamlarini 
bajarmaslik, loyihaga ko‘ra zarur gidroizolyatsiyaning bo‘lmasligi va h.k.), 
eskirgan mashinalardan va mukammal bo‘lmagan asboblardan foydalanish, MTX 
(muhandis-texnik xodimlar) tomonidan keraklicha nazoratning yo‘qligi va 
boshqalar. 
Ba’zida nuqsonlar bino va inshootlarni o‘qlar hamda balandlik bo‘yicha 
rejalashtirishning noto‘g‘ri bajarilishi, to‘kilma va qazilmalarda gruntni qoniqarsiz 
zichlashtirish, temirbeton ishlarini bajarishda armaturani noto‘g‘ri o‘rnatish (shu 
jumladan kesimi kichik bo‘lgan), payvandlash ishlarining noto‘g‘ri va sifatsiz olib 
borilishi oqibatida yuzaga keladi va h.k. 
Ishlar sifatini nazorat qilish ko‘z bilan ko‘rikdan o‘tkazish, chiziqli 
o‘lchamlarni haqiqiy o‘lchash, konstruktsiyalarni buzuvchi va buzmaydigan 
nazorat qilish usullari bilan sinab bajariladi. 
Nazorat qilishning 
mexanik yoki buzuvchi usuli
konstruktsiyalarning texnik 
holatini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Fizik 
(jismoniy) yoki 
buzmaydigan 
usuldan konstruktsiyalar materiallarining 
fizik-mexanik xossalarining asosiy tavsiflarini aniqlash uchun foydalaniladi. 
Metod impulsli va radiatsion usullarga asoslanadi. 
Impulsli akustik usul
tadqiq etilayotgan materialda elastik to‘lqinlarning 
tarqalish tezligini o‘lchashdan va bu to‘lqinlar energiyasining sochilishidan iborat. 
Impulsli vibratsion usul
tadqiq etilayotgan elementning konstruktiv 
shakllarini hisobga olgan holda xususiy tebranishlarning so‘nishini o‘lchashga 
asoslanadi

Radiatsion usul
materialni nurlantirishda γ-nurlar oqimlari jadalligi 
(tezligi)ning o‘zgarishini aniqlashga asoslangan. Tadqiq qilinayotgan ob’ektdan 


37 
chiqayotgan, unga yutilayotgan va undan o‘tayotgan γ-nurlar izotoplarini 
aniqlovchi hisoblagichlarning ko‘rsatishiga ko‘ra materiallarning sifati va xossalari 
aniqlanadi. 
Qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash har bir ishlab 
chiqarish jarayoni bajarilishini muntazam nazorat qilish bilan erishiladi. Nazoratni 
tashkil etish nuqtai nazaridan u ichki va tashqi nazoratlarga ajratiladi. 
Ichki nazorat
– qurilish tashkiloti ma’muriy-texnik xodimlarining vazifasi. 
Tezkor kundalik nazorat qurilish – montaj ishlarining amalga oshirilish jarayonida 
olib boriladi. 
Qurilishning amalga oshirilishi ustidan 
tashqi nazoratni
davlat idoralari va 
buyurtmachi tashkilot bajaradi. Davlat idoralari – arxitektura -qurilish nazorati 
inspektsiyasi (AQNI) va ma’muriy-texnik inspektsiyalar (MTI) nafaqat qurilish 
jarayoni ustidan, balki qurilayotgan ob’ektning atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘lanishi 
ustidan ham har tomonlama nazoratni amalga oshiradi (axlatni olib chiqish, kirish 
yo‘llari bilan ta’minlash va boshqalar). 
Buyurtmachi
texnik nazoratni amalga oshiradi. Nazorat qilish vazifalari 
maxsus vakil zimmasiga yuklatilib, u ishlarning sifati ta’minlanishini, yashirin 
ishlarning tegishli tarzda rasmiylashtirilishini, ish muddatlariga amal qilinishini 
kuzatadi, bajarilgan hajmlarni tekshiradi. 
Mualliflik nazoratini 
ya’ni quruvchilarning loyihaviy yechimlarga amal 
qilishlari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifatini nazorat qiluvchi loyiha 
tashkiloti tomonidan amalga oshiradi.
Davlat komissiyasi tomonidan binoni yakuniy qabul qilib olish inshootni va 
uning barcha xonalarini faqat ko‘rib baholashni emas, balki ishlarni bajarishning 
barcha zarur va rasmiylashtirilgan dalolatnomalarining mavjudligini ham nazarda 
tutadi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish