O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Naryadsiz to‘lov tizimi 
– brigada va zvenolarga ish haqi mexnatga soatbay 
haq to‘lashdan kelib chiqib va xodimning malakasiga muvofiq bajarilgan ishlar 
qiymati hisobidan to‘lanadi. 


29 
1.6.4. Ishchilarning zveno va brigadalari 
Qurilish jarayonlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun ishchilar o‘rtasida 
ularning malakasiga hamda ularning birgalikda ishlashini tashkil etishga muvofiq 
mexnat taqsimlanishi talab etiladi. Aksariyat qurilish jarayonlari hozirgi zamon 
texnika darajasida ishchilar guruhi bilan bajariladi. 
Zveno
– birgalikda aynan bir xil turdagi ishlarni bajaruvchi, bir kasbdagi 
ishchilar guruhi. Zveno a’zolarining malakasi har xil bo‘lganda razryadi ancha 
yuqori bo‘lgan ishchilar ancha murakkab ishlarni bajarishadi. Zvenodagi ishchilar 
soni mexnatni oqilona tashkil etishga bog‘liq; tarkibi odatda 2...5 kishi atrofida 
bo‘ladi. 
Brigada
– aynan bir xil ko‘rinishdagi ishni birgalikda amalga oshirish uchun 
birlashgan ishchilarning bir necha zvenosi. Zvenolar va brigadalarning miqdoriy va 
malakaviy tarkibi ishlarning hajmiga, bajarilayotgan jarayonlarning 
murakkabligiga, ishlarning rejalashtiriladigan muddatlariga, ishlarni amalga 
oshirishning qabul qilingan uslub (metod)lariga bog‘liq holda belgilanadi. 
Qurilishda eng ko‘p tarqalgan brigada ixtisoslashtirilgan va kompleks 
brigadalardir.
Ixtisoslashtirilgan brigada
(odatda 25...30 kishigacha), bir xil turdagi 
ishlarni (suvoqchilik, pardozlash, plita yotqizish) bajaruvchi, bir kasbdagi ishchi 
zvenolardan tashkil topadi. 
Kompleks brigada
(40....50 kishigacha) – pirovard mahsulotning birligi 
bilan bog‘liq (pardozchilar brigadasi – pardozchilar, suvoqchilar va plita 
yotqizuvchilar, betonchilar brigadasi – qolip (opalubka)chilar, duradgorlar, 
armaturachilar, betonchilar) bo‘lgan, bir vaqtda kechuvchi qurilish jarayonlarini 
bajarish bilan band turli kasb ishchilaridan tashkil etiladi. Mexnatni bunday tashkil 
etish brigada a’zolari orasida ishni to‘g‘ri taqsimlashga imkon berib turli kasb 
egalarini birgalikda ishlashini amalga oshirib va unga bog‘liq holda ishlarda 
bo‘ladigan turli xil bekor turishlarni oldi olinadi. Kompleks brigada boshlig‘i eng 
malakali va yetakchi ixtisoslikdagi obro‘li ishchilar yoki muhandis-texnik xodim 
(MTX)lar orasidan tayinlanadi. 


30 
“Pirovard (yakunlovchi, yakuniy) mahsulot” kompleks brigadasi (60....70 
kishigacha) ayrim tugallangan kompleks ishlar (yig‘ma elementlardan bino 
karkasini montaj qilish, monolit temir betondan binoning konstruktiv elementlarini 
barpo etish) yoki bino va inshootni to‘liq qurilishini bajarish uchun yaratiladi 
(to‘ziladi). Bunday brigada turli xil kasbdagi ishchilardan iborat zvenolardan 
tashkil topadi va binoning yer usti qismini barpo etish bo‘yicha umumqurilish 
ishlarining butun bir majmuini bajaradi, bunga barcha pardozlash ishlari ham 
kiradi. Qurilishni tashkil etish va ish frontining mavjudligiga bog‘liq holda 
brigadani mustaqil ob’ektlarda yagona ritmda ishlovchi uchta kompleks brigadaga 
ajratish mumkin – biri nol tsikldagi ishlarni bajaradi, ikkinchisi qo‘shni korpusni 
barpo etadi, uchinchisida pardozlash ishlarini olib boradi. 
Ijrochilarning ancha yuqori malaka darajasi tufayli, mexanizatsiya 
vositalaridan oqilona foydalanish va ishchilarning mas’uliyati yuqori ekani tufayli 
bunday brigadalarda ishlab chiqarish hajmi odatdagi ishlab chiqarish brigadalariga 
qaraganda 20...25% yuqori bo‘ladi. Natijada ob’ektlarning qurilish muddatlari 
qisqaradi, moddiy harajatlar kamayadi va ishlar sifati oshadi. 
Brigada va zvenolarni shakllantirish 
ulardagi ishchilar sonini hisobga olish 
va brigadaning kasbiy va malakaviy tarkibini tanlash asosida ishlab chiqarish 
topshiriqlarini muddatida bajarish uchun, mexnat unumdorligini oshirish, 
maxsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash va ishchilar mexnatiga to‘g‘ri haq 
to‘lash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. To‘g‘ri shakllantirishni amalga 
oshirishda har bir ishchining kasbi va malakasidan samarali foydalanish, barcha 
ishchilarning bir xil hajmdagi ish bilan ta’minlanishi, kasblarning oqilona bir-
biriga ko‘rinishi va qurilish mashinalaridan vaqt bo‘yicha maksimal foydalanish 
ta’minlanadi. 
Ish o‘rinlarini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish
ishlovchilarning 
xavfsizligiga kafolat beruvchi zarur shartnomalarni va tadbirlarni nazarda tutadi. 
Ish o‘rinlari shunday tashkil etilishi kerakki, bunda asosiy ishlarda band bo‘lgan 
ishchilar ularning kasbi va malakasiga mos kelmaydigan yordamchi ishlar va 
jarayonlarga jalb qilinmasligi kerak. Ishlab chiqarishdagi ishlar qabul qilingan 


31 
ishlar texnologiyasi va ijrochilar tarkibiga muvofiq butlangan dastaki va 
mexanizatsiyalashgan (elektrlashtirilgan) asboblar, jihozlar montaj qilish va 
moslamalarining oqilona to‘plami bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Mexnat sharoitlari
ishchilarning sog‘lig‘ini saqlagan holda bir vaqtning 
o‘zida ularning yuqori ish qobiliyatlariga yordam berishi kerak. Bu talablar mexnat 
va dam olishning oqilona rejimlariga amal qilish bilan, ishlovchilarning 
organizmga zararli ta’sirlarning (shovqin, titrashlar, chang, gazlanganlik) salbiy 
oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, ishchilarni zarur maxsus 
kiyim va poyabzal, individual himoya vositalari, qurilish maydonida zarur 
sanitariya-maishiy xizmatini tashkil etish bilan ta’minlanadi. 
Ishchilarning malakasini oshirish
qurilish-montaj ishlari texnologiyasini 
yanada takomillashtirish va mexnat unumdorligini oshirish uchun muhim shart 
hisoblanadi. Shu munosabat bilan ishchilarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga, 
malakasini oshirishga birinchi darajali e’tibor beriladi. Ishchilarni o‘qitish ishlab 
chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishdan 
ajralmagan holda o‘z malakasini o‘qiyotgan ishchi-quruvchilarning taxminan 75%
oshiradi.
Ayrim mexnat operatsiyalarini tashkil etish va bajarish uchun asosiy 
normativ va yo‘riqnoma tarzidagi hujjat bo‘lib, mexnat jarayonlari xaritasi (MJX) 
xizmat qiladi. MJX da mexnatning yuqori unumdor usullari va metodlari, ishchilar 
zvenolarini shakllantirish, ish o‘rinlarini oqilona tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar 
bo‘ladi. Mexnat jarayonlari xaritalari to‘rtta bo‘limdan iborat: 

xaritani qo‘llanish sohasi va samaradorligi; 

jarayonni tayyorlash va bajarish shartlari; 

ijrochilar, buyumlar va mexnat qurollari; 

jarayon texnologiyasi va mexnatni tashkil etish. 
Xaritalarda ishchilar zvenosi a’zolari o‘rtasida vazifalar aniq ajratib beriladi, 
unda ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish bo‘yicha grafiklari oqilona 
ishchi xarakatlari va usullarini tavsiya qilgan holda berilgan. 


32 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish