O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

SO‘Z BOSHI 
 
Ushbu kitobni tayyorlashda mualliflar oldida bir nechta maqsad qo‘yilgan. 
Birinchidan darslik tarkibini tasdiqlangan “Qurilish jarayonlari texnologiyasi” 
o‘quv dasturiga mosligini ta’minlash, ikkinchidan keyingi yillar yangiliklarini
yangi qurilish texnologiyalari va usullarini, hamda qurilish sohasidagi 
o‘zgarishlarni e’tiborga olgan qurilish ishlab chiqarishidagi tashkiliy shakllarni 
kiritish, uchinchidan “Qurilish jarayonlari texnologiyasi” talaba uchun asosiy 
texnologik fan bo‘lganligi sababli materialni mumkin qadar kengrok berish. 
Mualliflar yuqori kurs talabalari nafaqat darslikdan olingan bilimlar bilan, 
shuningdek ishlab chiqarish amaliyotidagi shaxsiy amaliy tajribalaridan 
foydalanishayapti deb hisoblashadi. 
Material ko‘pligini e’tiborga olgan holda ushbu darslik ikki qismdan iborat 
qilib nashr etish qaroriga kelingan. 
Materialni tuzilishi va bayon etish ketma-ketligi oliy o‘quv yurtlari “Bino va 
inshootlar qurilishi” “Kasbiy ta’lim (bino va inshootlar)”, Arxitektura, Qishloq 
hududlarini arxitektura loyihaviy tashkil etish, Kasb ta’limi (5610100- Xizmatlar 
soxasi (uy – joy, kommunal va maishiy xizmatlar)), Xizmatlar soxasi (uy – joy, 
kommunal va maishiy xizmatlar), Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish 
yunalishlari o‘quv dasturlariga mos keladi. 
Ushbu darslikda qurilish jarayonlari texnologiyasidagi asosiy tushunchalar 
va qoidalar, texnologiyalarni loyihalash, qurilish maydonini injener tayyorgarligi, 
qurilish yuklarini tashish, gruntni ishlash va poydevorlarni qurish texnologiyasi, 
g‘isht-tosh terish texnologiyasi ko‘rib chiqilgan. Qurilishning yetakchi jarayoni 
montaj ikki alohida bobga bo‘lingan – montaj texnologiyasining asosiy printsiplari 
va sanoat va fuqaro binolari konstruktsiyalarining montaji.
Darslik Toshkent arxitektura qurilish instituti, Samarqand Davlat arxitektura 
qurilish instituti va Namangan muhandislik pedagogika institutlari jamoasining 
quyidagi tarkibdagi mualliflar tomonidan yozilgan: texn. fanlari nomzodi, dotsent 
X.I. Yusupov, texn. fanlari nomzodi, dotsent A.M. Ilmuradov, texn. fanlari 



nomzodi, dotsent A. Raximov, texn. fanlari nomzodi, dotsent R.A. Norov, iqtisod. 
fanlari nomzodi, dotsent V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, I.N. Salimova, O.T. 
Xushnazarov, A.T. Ilyasov, K.U. Tashxodjaeva, F. Safarov. 
Mualliflar Toshkent temir yo‘llar muhandislari instituti texnika fanlari 
nomzodi, dotsent E. Maxamatalievga, Toshkent arxitektura qurilish instituti “Bino 
va inshootlar” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi dotsent S.Sayfiddinovga 
qo‘lyozmani taqriz etishdagi ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik 
bildiradilar. 



KIRISH 
Qurilish inson bunyodkorlik faoliyatining asosiy shakllaridan biridir. 
Qurilish – bu moddiy ishlab chiqarishning sohasi bo‘lib, unda ishlab chiqarish 
(sanoat korxonalari, energetik majmualar, yo‘llar, magistral quvurlar va boshq.) va 
noishlab chiqarish (turar joy uylari, jamoat binolari, mehmonxona majmualari, va 
boshq.) vazifalarini bajaruvchi asosiy fondlar yaratiladi. 
Qurilish, shuningdek bu binolar va inshootlarni bunyod etish jarayonini ham 
anglatadi, unga ularni keyingi ta’mirlash, qayta qurish, boshqa ixtisoslikka 
o‘tkazish, kafolatli foydalanish ham kiradi. 
Kapital -to‘liq qurilish – umumlashtiruvchi atama bo‘lib, unga bino va 
inshootlarni yangi qurilishi, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish bilan 
kengaytirish, to‘liq va joriy ta’mirlash kiradi. 
Umuman qurilish inson hayot faoliyatining qulay muhiti yaratilishini 
ta’minlovchi, ko‘p miqdorda ish o‘rinlarini yaratuvchi, o‘zining ortidan moddiy 
ishlab chiqarishning bir qator qo‘shni tarmoqlarini yetaklovchi barqaror 
rivojlantiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Qurilish ishlab chiqarishi – qurilishning tayyorgarlik va asosiy davrlarida 
qurilish maydonchasida bajariladigan ishlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, unga 
yana binoning yer osti va yer usti qismlarini barpo etish ishlari, barcha pardozlash 
ishlari va muhandislik sanitariya va elektrotexnik konstruktsiyalar, liftlar va 
boshqalari kiradi.
Qurilish ishlab chiqarishi ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishi sifatida qurilish 
ishlab chiqarishi texnologiyasi va uni tashkil etishni birlashtiradi, bunda har bir fan
ravshan namoyon bo‘lgan mohiyatga hamda ilmiy asoslarga ega. 
Texnologiya umumiy tushunishda – zarur maxsulotni olish jarayonida 
amalga oshiriladigan materiallarni yoki chala maxsulotlarni tayyorlash yoki ularga 
ishlov berish metod(usul)larining yig‘indisidir. Texnologiyaning vazifasi – 
zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi negizida yangi, samarali va 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va 
joriy qilishdan iborat.



Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi amaliy fan sifatida ko‘rib 
chiqilayotgan hodisalar, jarayonlar ishlarning juda keng qamroviga ega bo‘lib, ikki 
ketma-ket tizimostilari: qurilish jarayonlari texnologiyasi va bino va inshootlarni 
barpo etish texnologiyasining birlashmasi hisoblanadi.
Qurilish jarayonlari texnologiyasi talab etilgan sifatdagi maxsulotni olish
maqsadida qurilish materiallari, yarim maxsulotlar va konstruktsiyalarning holati, 
fizik-mexanik hossalari, geometrik o‘lchamlarini sifat jihatdan ularga ishlov 
berishni ta’minlovchi qurilish jarayonlarini bajarishning nazariy asoslarini, 
uslublarini va metod(usul)larini ko‘rib chiqadi. Bu ta’rifga kiritilgan “metod” 
tushunchasi mexnat qilish texnik vositalari (qurilish mashinalari, kichik 
mexanizatsiya vositalari, montaj qilish moslamalari, jihozlar, apparatlar, dastaki va 
mexanizatsiyalashtirilgan asbob, turli xil konstruktsiyalar) dan foydalanib mexnat 
predmeti moddiy elementlar (qurilish materiallari, chala tayyor maxsulotlar, 
konstruktsiyalar va boshq.)ga ta’sir ko‘rsatishning turli xil usullariga (jismoniy, 
kimyoviy va h. k.) asoslangan qurilish jarayonlarini bajarish printsiplarini belgilab 
beradi. 
Binolar va inshootlarni barpo qilish texnologiyasi qurilishi tugallangan bino 
va inshootlar ko‘rinishidagi maxsulot olish maqsadida boshqa ishlar bilan makonda 
va vaqt bo‘yicha mustaqil yoki o‘zaro bog‘lanishda ko‘rib chiqiladigan qurilish, 
montaj va maxsus ishlarning ayrim turlarini amaliy jihatdan amalga oshirishning 
nazariy asoslarni va printsiplarini belgilab beradi. 
Mamlakatimizda qurilish ishlab chiqarishi zavod, korxonalarda ishlab 
chiqarilgan konstruktsiyalar, detallar va qurilish materiallarini keng qo‘llanilishiga 
asoslangan industrial asosda rivojlanmoqda.
Ilmiy-texnik taraqqiyot qo‘l mexnati xarajatlarini ancha kamaytirishga
quruvchilarning yangi yuqori unumdor mashina va mexanizmlarni, samarali 
mexanizatsiyalashgan asboblarni olishlariga va qullashlariga yordam beradi. 
Hozirgi vaqtda mavjud nazariy tadqiqotlar, yangi materiallar, ilg‘or qolip 
(opalubka) lar va qolip tizimlari negizida monolit va yig‘ma-monolit uy qurilishi 
jadal rivojlanmoqda. 



Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishning asosiy printsiplari mexnat 
unumdorligini jiddiy oshirishga, ishchilarning mexnati muxofazasini yaxshilashga, 
atrof-muhit ekologiyasi va muhofazasiga ko‘proq e’tibor berishga mo‘ljallangan. 
“Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursini bayon qilish fundamental 
umumta’lim va maxsus muhandislik-texnik fanlarni o‘rganishning o‘zaro aloqasi 
va izchilligiga asoslanadi. Kursning tuzilishi geodeziya, qurilish materiallari, 
sanoat va fuqarolik binolari arxitekturasi, qurilish mashinalari va qurilish 
konstruktsiyalari – temirbeton va tosh metall va yog‘och hamda plastmassa 
konstruktsiyalari kurslarini dastlabki yoki bir vaqtda o‘rganishni nazarda tutadi. 




Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish