O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

1.2.
 
 Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi 
va xususiyatlari 
Binoni yoki inshootni barpo etishning ishlab chiqarish jarayoni qurilish 
texnologiyalarining integratsiyasini ifodalaydi. Qurilish texnologiyalari qurilish 
ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi, ularning texnik-iqtisodiy darajasi 
qurilishning samaradorligi va zamonaviyligini ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Qurilish texnologiyasi
atamasi deganda ijrochilar (mexnat resurslari) 
vositasida boshlang‘ich tabiiy va sun’iy material (material elementlar) larga ishlov 
berish, ularning tavsiflarini, holatini va fazodagi vaziyatini (konstruktsiya) 
o‘zgartirib loyihaviy qurilish maxsulotini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan 
harakatlar (qurilish jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini 
tushunish lozim. 
Qurilish maxsuloti
– bu: a) qurilishi tugallangan va foydalanishga 
belgilangan muddatda topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura-
rejaviy, konstruktiv, tashkiliy-texnologik yechimlar bilan aniqlanuvchi bino va 
inshootlarning ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, sektsiyalari); v) ma’lum vaqt 
oralig‘ida bajarilgan ishlarning hajmlari (m
2
, m
3
, dona). 
Qurilish maxsulotini ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi. 
Sanoat ishlab chiqarishida uni tashkil etuvchi elementlar, odatda, qat’iy texnologik, 
masalan, konveyer liniya, umumiy ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek 
yagona (umumiy) boshqarish tizimi bilan bog‘langan. Bu manipulyatorlar, 
avtomatlar, robotlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlaridan keng 
foydalanishga imkon beruvchi asos hisoblanadi. 


10 
Qurilish ishlab chiqarishida yaratilayotgan qurilish maxsuloti qo‘zg‘almas 
va barqaror (ishchilar, mexnat qurollari va buyumlari ko‘chadi), katta o‘lchamga 
va massaga ega bo‘lib, undagi ishlab chiqarish, odatda uzoq vaqtni egallaydi. 
Xatto o‘rtacha va kichik quvvatli bino yoki inshootni barpo etishda ham bir 
necha qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlari, ishchilarning o‘nlab brigadalari 
ishtirok etadi, qurilish mashinalari va transport vositalarining katta miqdori, juda 
ko‘p miqdordagi konstruktsiyalar buyumlar, detallar, materiallar, mexanizmlardan 
foydalaniladi – bularning hammasi bir qancha konstruktiv va texnologik tavsifga 
ega. Qurilish ishlarini bajarish davomida turli parametrlar va ko‘rsatkichlar bilan 
ifodalanuvchi yuzlab texnologik jarayonlar va opretsiyalar bajariladi. 
Ob’ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ko‘p miqdordagi omillar 
ta’sirida bo‘ladi. Bu yerda iqlimiy, ob-havo va mintaqa sharoitlari, ishchilar va 
muhandis-boshqaruv xodimlarining malakasi, ijrochilarda zarur moddiy-texnik 
resurslar, texnik vositalar va boshqalarning mavjudligi alohida ahamiyatga ega 
bo‘ladi. 
Bu omillardan ko‘pchiligi ehtimollik xususiyatiga ega, odatda, qisqa vaqt 
oraliqlarida keskin va tez o‘zgarishlarga uchraydi. Bu omillar va sharoitlar qiyin 
bashorat qilinadi, ularning ko‘pchiligini ta’sirini bartaraf etish esa vaqt, mexnat va 
mablag‘larning qo‘shimcha sarf etilishini talab qiladi. 
Qurilishga quyilgan talablarning ortishi munosabati bilan ko‘rsatilgan 
xususiyatlar qulaylik, ekologik va muhandislik havfsizligi, energiya va 
resurstejamkorlik, sifatni ta’minlash nuqtai nazaridan, va nihoyat quruvchining 
muhandis hamda ishchi mexnatini ijodiy qo‘llab quvvatlash nuqtai nazaridan o‘z 
ta’sirlarini oshiradi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish