O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

1.6.3. Mexnatga haq to‘lash tizimi 
Qurilishda haq to‘lashning bir necha tizimi qo‘llaniladi. 
Mexnatga 
vaqtbay haq to‘lash
belgilangan stavka yoki tarif koeffitsientiga
muvofiq haqiqiy ishlagan vaqt uchun haq to‘lashda foydalaniladi. Haq to‘lashning 
bu shakli aniq me’yorlash yoki hisobga olish mumkin bo‘lmaydigan ishlar uchun 
(transport ishchilari, qorovullar, navbatchi elektriklar) qulaydir. Mexanizmlarda 
(buldozerlarda) yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda (kompressor) band 
bo‘lgan ishchilar uchun vaqtbay-mukofotli haq to‘lash bo‘lishi mumkin. 


28 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbay haq to‘lash
berilgan razryadlar va mexnatdagi 
ishtirokiga muvofiq haqiqiy bajarilgan ish hajmi uchun haq to‘lashni nazarda 
tutadi. Mexnatga haq to‘lashning bu shakli ancha ilg‘or, u mexnat unumdorligini 
oshirishga va ishchilarning yanada yuqori malaka egallashga intilishiga yordam 
beradi. Uning qo‘llanilishi ishchilarning ish hajmini muntazam hisobga olishni va 
naryadlar rasmiylashtirilishini talab etadi. 
Naryad 
– bu ish boshlanguncha ayrim ishchi, zveno yoki ishchilar 
brigadasiga ishlarni bajarish uchun berilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish 
topshirig‘idir. Naryad bajarilgan ishlar hajmini hisobga olish va ishchilar bilan 
hisob-kitob qilishdagi asosiy hujjat hisoblanadi. 
Akkord to‘lov
- (ishbay haq to‘lashning boshqa turi) ma’lum ishlar 
majmuiga (xonadon, qavat, sektsiya) yoki ishlar hajmi birligiga (m
3
g‘isht terish, 
m
2
suvoq qilinadigan yuza uchun) oldindan tayyorlab qo‘yilgan kalkulyatsiya 
asosida amalga oshiriladi. Barcha mayda va yo‘l-yo‘lakay qilinadigan jarayonlar 
va operatsiyalarni hisobga oluvchi, to‘g‘ri ravishda tuzilgan kalkulyatsiyalarda, 
aniq belgilangan hajmlarda va berilgan qurilish – montaj ishlarining aniq 
belgilangan muddatlarida akkord to‘lovning qo‘llanilishi mexnat unumdorligini 
oshirishga va ishlarning bajarilishini tezlashtirishga imkon beradi. 
Fuqarolik qurilishida foydalanishga topshirilgan ob’ekt uchun kompleks 
brigada bilan hisob-kitob qilish qo‘llanilmoqda. Qurilish – montaj ishlarining 
butun hajmiga naryadbuyurtma tayyorlanadi, oraliq hisob-kitoblar – avanslar 
bajarilgan ish hajmidan kelib chiqqan holda, har oyda rasmiylashtiriladi. Yakuniy 
hisob-kitobda qo‘shimcha ravishda quyidagilar hisobga olinadi: ob’ektni 
foydalanishga muddatidan oldin topshirish; bajarilgan ishlar sifati; ishlar tannarxini 
pasaytirgani uchun va qurilish materiallarini tejagani uchun mukofotlash. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish