42
darajasi hamda brigada va zvenolarning qabul qilingan tarkiblari shunday bo‘lishi
kerakki, bunda boshqa uchastkalarga o‘tishga ketadigan
unumsiz harajatlardan
qutulish kerak. Qurilish jarayonlarining vaqtinchalik parametrlari uning vaqt
mobaynida bajarilishini va umumiy davomiyligini belgilab beradi, bunda ayrim
operatsiyalarni mumkin qadar maksimal ravishda birga qo‘shib bajarishga, bir xil
ritm va oqimiylikka asoslangan holda amalga oshirishga intilish taqoza etiladi.
Konstruktsiyani belgilab beruvchi parametrlar va tavsiflar yig‘indisini
quyidagi tarzda belgilaymiz
{K} = {K
1
, K
2
,…,K
n
}
Ayrim elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar
qurilish texnologiyasi
tuzilishining modelini belgilab berib (S
T
), uni quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz:
m
T
S
T
—> R • M • Q• L• K
Qurilish texnologiyasi ayrim elementlarining parametrlari qanchalik to‘g‘ri
aniqlangan bo‘lsa, bir elementning boshqa elementga mos kelishi shunchalik
yuqori bo‘ladi, shunindek qurilish jarayonining samaradorlik bo‘yicha
ko‘rsatkichlari ham shuncha yuqori bo‘ladi:
{E} = { E
1
, E
2
,... E
s
},
bu ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: davomiylik, mashina vaqti va
ishchilarning mehnat sarfi, qiymat ko‘rsatkichlari, sifat parametrlari va boshqalar.
Agar texnikaning bir-biriga yaqin sohalaridan tashkil topgan ishlab chiqarish
texnologiyalari formalizatsiyasi printsiplariga murojaat qilsak (qurilish va kimyo
industriyasi, mashinasozlik, metallurgiya), u holda ularning strukturasida qurilish
texnologiyalariga o‘xshash jihatlarni ko‘rish mumkin. Texnologiya elementlari
deyarli o‘xshash, lekin ular orasidagi o‘zaro bog‘lanish kuchi va yaqinliligi bir xil
43
emas. Bu aloqa eng ko‘p darajada
metallga ishlov berishda, mashinasozlikda
namoyon bo‘ladi, u yerda tayyorlanayotgan mahsulot (moddiy buyum) ishlov
berish jarayonida stanok (texnik vosita) bilan qattiq bog‘langan yoki yig‘uv
jarayoni konveyer liniyasida olib boriladi
.
Qurilish ishlab chiqarishining asosiy xususiyati shundan iboratki, ko‘rsatib
o‘tilgan elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ko‘pchilik holatlarda zaifroq, noaniq
bo‘ladi, ba’zida esa umuman yo‘q. Bu dastlabki ma’lumotlarning ko‘p omilliligini,
yechimlarning turli variantli bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Qurilish texnologiyalari parametrlar guruhi va
omillar bilan tavsiflangan
aniq qurilish maydonchasida bajariladi. Ulardan eng asosiysi –
ishlarni amalga
oshirish sharoitlaridir
(iqlimiy, texnik, texnologik, muhandislik – geologik,
hududiy va boshqalar). Bu sharoitlarning yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{R} = {R
1
,R
2
,...,R
p
}
Jarayonlarning
kechishi, shu jumladan qurilish – texnologik jarayonning
(QTJ) kechishi xarakat va vaqtdan ajralmasdir.
Vaqt omili
qurilish tizimi
dinamikasini, turli jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning bir-biri bilan va atrof
muhit bilan o‘zaro tasirini hisobga olish imkonini beradi. QTJ ning kechish vaqtini
ifodalovchi parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{T}= {T
0
,T
1
T
2
,...,T
t
}
Qurilish ob’ektida ishlarni amalga oshirishning aniq sharoitlarida QTJ ning
texnologik strukturasini (tuzilishini) vaqt shkalasiga bog‘lab qarab chiqish qurilish
texnologik jarayonining
tashkiliy-texnologik strukturasi
(TTS) tushunchasini
kiritishga imkon beradi. TTS ning modeli
m
OT
S
OT
—>S
T
• R• T
44
ifoda hisoblanadi yoki ifodani hisobga olgan holda qurilish texnologiyasi
tuzilmasi (strukturasi)ni
m
OT
S
0T
-> R •M•Q•L•K •R•T
ko‘rinishda ifodalash mumkin.
Taqdim etilgan model qurilish texnologiyalari elementlari orasidagi
texnologik va tashkiliy o‘zaro bog‘lanishlar yig‘indisi,
ularning bir-biridan
farqlanishi va umumiyligini tushunish uchun katta ahamiyatga egadir. Tashkiliy-
texnologik struktura (tuzilishi)ni tuzish ob’ektni loyihalash va qurilish ishlab
chiqarishini tayyorlash bosqichlarida qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL)
hamda ishlarni bajarish loyihasi (IBL) doirasidagi yechimlar asosida bo‘lishi
kerak, ularning mazmuni esa QMQlarda va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: