II-BOB.
QURILISH TEXNOLOGIYALARINI LOYIHALASH
2.1. Qurilish texnologiyalari struktura (tuzilish)sini
modellashtirish
Ob’ektni qurishga tayyorgarlik ko‘rish va uni barpo etishda amalga
oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tarkibini tahlil qilib, ularning ikki asosiy
guruhini: moddiy va axborot guruhini o‘rnatish mumkin.
Moddiy jarayonlarni
qurilish jarayonlari deb atash qabul qilingan bo‘lib,
ular qurilish ishlab chiqarishining moddiy elementlariga yo‘naltirilgan barcha
amallarni qamrab oladi. Ular qurilish texnologiyalari tarkibiga kiradi.
Axborot jarayonlari
axborot texnologiyalarining
– hisob-kitob metodlari,
axborot-hisoblash texnikasi metodlari, dasturlari va vositalari yordamida amalga
oshiriladi hamda qurilish texnologiyalarini yanada samarali amalga oshirish
bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish maqsadida ideal buyumlar
(axborot, son, dastlabki ma’lumotlar, hujjatlar)ni qayta ishlashga yo‘naltirilgan.
Axborot texnologiyalari real qurilish jarayonlariga emas, balki modellarga
nisbatan qo‘llaniladi. Model deganda real jarayonni, uning parametrlari orasidagi
aloqalarni tavsiflovchi strukturaviy (tuzilmaviy) sxemalar, matematik ifodalar, so‘z
bilan berilgan ta’riflar yordamida rasmiy aks ettirish tushuniladi. Umumiy
ko‘rinishda bu real jarayonni soddalashtirish bo‘lib, olingan natijalarning
haqqoniyligini keyin baholash bilan maqbul yo‘l qo‘yishlarni qabul qilishdir
.
2.1-rasm. Qurilish texnologiyasi strukturasi modelining grafik tasavvuri
40
2.1-rasmda grafik ravishda taqdim etilgan qurilish texnologiyalari struktura
(tuzilishi) sining modelini ko‘rib chiqamiz. Qurilish texnologiyasining ta’rifidan
kelib chiqqan holda u o‘z ichiga quyidagi elementlarni qamrab oladi:
qurilish
jarayoni
({R} simvoli bilan belgilaymiz),
texnik vositalar
{M},
mehnat resurslari
{Q},
moddiy elementlar
{L},
konstruktsiya
{K}.
Loyihaviy konstruktsiyani yaratish uchun uning parametrlari, murakkabligi,
konfiguratsiyasi, fazodagi vaziyatiga bog‘liq holda tegishli qurilish jarayoni
shakllantirilishi kerak bo‘lib, u unga kiruvchi oddiy jarayonlar va operatsiyalarning
ma’lum ketma-ketligiga ega bo‘ladi. Qurilish jarayonini ifodalovchi parametrlar
yig‘indisiniquyidagi tarzda belgilaymiz
{R}= {R
1
,R
2
,..,R
m
}.
Qurilish jarayoni texnik vositalar yordamida bajarilishi mumkin bo‘lib, ular
bir turli yoki xar xil turli mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar yordamida bir
yoki bir nechta oddiy jarayonlarni yoki operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Texnik vositalarni ifodalovchi parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{ M}= {M
1
, M
2
,..,M
k
}.
Maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar ketma-ketligi, texnik vositalarni
boshqarish, konstruktsiyani va moslamalarni o‘rnatishni zveno va brigadalarga
birlashtirilgan ishchilar amalga oshirishadi. Mehnat resurslarini ifodalovchi
parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{Q}={Q
1
, Q
2
,..,Q
l
}.
Qurilish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri moddiy buyumlar
bo‘lib, ulardan loyihaviy konstruktsiya shakllanadi. Moddiy parametrlarning fizik-
41
mexanik, texnologik, geometrik va boshqa tavsiflari hamda parametrlarining
yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{L}={L
1
,L
2
,…,L
l
}.
Loyihaviy konstruktsiya o‘z ichiga konstruktsiyaning qismlarini olib, ular
strukturaviy (tuzilish) belgisiga ko‘ra ham (oraliqlar, bloklar, sektsiyalar va h.k.),
tashkiliy belgisiga ko‘ra ham (yaruslar, qamrovlar, uchastkalar, zonalar va h.k.)
qismlarga ajratilishi mumkin.
Qurilish jarayonining bir maromda amalga oshirilishi barpo etilayotgan
ob’ektning hajmiy makonini gorizontal tekislikda qamrovlarga va uchastkalarga,
vertikal bo‘yicha esa yaruslarga ajratish bilan bog‘liq fazoviy parametrlarini
tegishlicha tanlash bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |