164
o’rtacha ish haqi) tekshiriladi. Bunda ish haqi jamg’armasini
shakllantirishda
tashkiliy-texnik tadbirlar, mehnatni me’yorlashtirish, mehnatni tashkil etishni
takomillashtirish rejalariga muvofiq mehnat sig’imini kamaytirish, hamda korxonani
daromadini ko’paytirishni rag’batlantirish maqsadida mehnatga haq to’lash tizimi.va
shakllari qayta ko’rib chiqilganligi albatta tekshiriladi.
Mehnatga haq to’lash mablag’lari va ijtimoiy to’lovlarning shakllanishini tahlil
etish jarayonida ularning har bir yo’nalish bo’yicha sarflanishidagi o’zgarish
aniqlanadi, xodimlarning toifasi bo’yicha o’rtacha ish haqi miqdori va bitta o’rtacha
xodimning o’rtacha
daromadi aniqlanadi, o’rtacha ish haqi va daromadining
o’zgarish sabablari aniqlanadi. Mehnatga haq to’lash jamg’armasi, ijtimoiy
xarakterdagi to’lovlar va chiqimlarga tegishli bo’lgan chiqimlarni klassifikatsiya
qilishda mablag’larning shakllanishining uchta yo’nalishi aniqlangan:
1.
Mehnatga haq to’lash jamg’armasi.
2.
Ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar.
3.
1 va 2 bandlarga tegishli bo’lmagan chiqimlar (Xalqaro
mehnat tashkiloti
(XMT) qo’yidagi klassifikatsiyani tavsiya etadi: ishlangan vaqt uchun haq to’lash;
ishlanmagan vaktga haq to’lash; bir marotabalik rag’batlantirish to’lovlari; ish haqiga
kiritiladigan ozik ovqat, turar joy, issiklik energiyasiga to’lovlar; uy-joy bilan
ta’minlash
uchun xarajatlar; ijtimoiy muhofaza uchun xarajatlar; individual o’qitish
uchun xarajatlar).
Mehnatga haq to’lash va ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar uchun mablag’larning
shakllanishida xarajatlarning tarkibi tahlil etiladi. Xozirgi zamon sharoitida mehnatga
haq to’lash jamg’armasi jamoaviy va individual shartnomalar asosida ish beruvchi va
xodimlar o’rtasida aniqlanib haq to’lash sharoiti, kafolat va kompensastiyalarni aks
ettiradi, ular ham individual ish haqini, ham ishlovchining daromadini shakllantiradi.
Shuni
aytish joyizki, mehnatga haq to’lash jamg’armasi sarf xarajatlarning qoplash
manbaidan qatiy nazar (daromad, tannarx, maqsadga yo’naltirilgan o’tkazmalar)
xodimga o’tkazilgan individual ish haqlar yig’indisidir.
O’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar jamg’armasi
ish beruvchining xarajatlarini aks ettiradi, shunday ekan,
ushbu korxonadagi
165
xodimning mehnat faoliyati bilan bog’liq daromadini tashkil etadi. Xodimning
imkoniyatlarini kengaytirish uchun davolanish, dam olish, yo’l
xarajatlar va boshqa
maqsadga qaratilgan kompensastiya va imtiyozlar daromad yoki mahsulot va
xizmatlarning tannarxi hisobiga ko’rsatiladi. Mehnatga haq to’lash jamg’armasi va
ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar haqidagi ma’lumotga asosan ish beruvchining
xodimga sarflayotgan xarajatlarini tahlil qilamiz.(9.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: