9.1-chizma. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini shakllanishi
Shunday qilib, ish haqi jamg’armasi xodimlarning mehnatiga to’lanadigan
korxona xarajatlarining yig’indisini ko’rsatadi. Bozordagi narh navoning holati,
inflyastiya darajasi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini
ta’minlab, xizmat va tovarlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda korxonaning
o’zi ish haqi jamg’armasi miqdorini belgilaydi.
Mеhnatga haq to
‘
lash jamg
‘
armasi
Mеhnatga haq to’lash jamg’armasining
shakllanishi tarkibi
Shaxsiy istе'mol
mablag’lari
Jamoaviy istе'mol
mablag’lar
Istе'molga
yo’naltirilgan
mablag’lar
Alohida mеhnat
sharoitlariga aloqador
va qo’shimcha
xarajatlarni qoplash
bo’yicha korxona
xarajatlari
Ijtimoiy
himoyaga
mo’ljallangan
istе'mol
mablag’lari
Sof foyda
hisobidan
Tannarx
hisobidan
160
Shaxsiy tarkibning ish haqini to’lash chiqimlari xizmatlar va mahsulot ishlab
chiqarish umumiy xarajatlarning bir qismini tashkil etadi, ular mahsulotlarni
ayiriboshlash hisobiga qoplanadi. Har bir xodimning ish haqi, ish beruvchi korxonada
mehnat faoliyatidan hosil bo’lgan daromad yoki Mehnat Kodeksiga muvofiq, ish haqi
korxona foydasidagi ulushi deb belgilangan. Haqiqatda ish haqi, xodimning ish
beruvchi korxonadagi faoliyati evaziga oladigan pul birligi yoki mehnat haqidir.
Mehnat haqini belgilaganda tadbirkor ishlab chiqariladigan mahsulot xajmini
kamaytirmasdan, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan ish haqi
miqdori va boshqa xarajatlarni kamaytirishdan manfaatdordir.
Ish haqi ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishdagi
yagona xarajatlar emas. Ish beruvchi va xodim o’rtasidagi shartnomada ko’pgina
qo’shimcha imtiyozlar va ijtimoiy to’lovlar nazarda tutilishi mumkin.
7
Ish haqi,
mumkin bo’lgan ijtimoiy to’lovlar hamma xizmatchilarning manfaatlariga daxldordir,
shuning uchun, ulardagi har qanday o’zgarishlar har tomonlama tahlilni talab qiladi.
Bundan tashqari, ish beruvchi ish haqi, ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar bilan
bog’liq bo’lmagan, lekin korxonada mashg’ul bo’lgan tarkib uchun tegishli
qo’shimcha xarajatlarni oldindan aniqlab olishi kerak. Bunday xarajatlar qonunchilik,
korxonaning amaliy faoliyati bilan bog’liq talablardan kelib chiqadi va ixtiyoriy yoki
majburan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu xarajatlar, pensiya
jamg’armasi, ijtimoiy sug’urta jamg’armasi, tibbiy sug’urta jamg’armasi, davlat ish
bilan bandlik jamg’armasi, bog’dorchilik shirkatlariga yordam ko’rinishidagi
o’tkazmalar va boshqalardan tashkil topadi.
Shunday ekan, ish beruvchining xodimlarga sarflanadigan xarajatlari bir xilda
bo’lmay, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan har xil bog’langan. Bu o’z
navbatida ish haqi va ijtimoiy xarakterdagi to’lovlarni maqsadga yo’naltirilganligini
tahlil qilish kerakligini ko’rsatadi.
Bunday tahlilni o’tkazishdan maqsad, ish haqini to’lash, ijtimoiy to’lovlar va
imtiyozlar uchun yo’naltirilgan mablag’lardan foydalanishdagi kamchiliklarni
7
Масалан, пенсияга кетаётган меҳнат ветеранларига корхона ҳисобидан тўланадиган бир марталик
нафақалар; ходимларни дам олиш, даволаниш, экскурсия ёки саёҳатларга бориши учун йўлланмаларни қисман
ёки тўлик тўлаш ва х.з.
161
aniqlash hamda korxona personalini rivojlantirish bilan bog’liq vazifalarni hal
etishdan iborat. O’z navbatida, tahlil natijalari shaxsiy extiyojlarini qondirish va
xodimlarni rivojlanishi uchun yo’naltirilgan ish beruvchi mablag’larini oqilona
sarflanishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda korxonani boshqarishda extiyojlarni qondirish uchun
sarflanadigan mablag’larni sobiq sovet ittifoqi tuzumida foydalanilgan metodlar
yordamida tahlil qilish to’g’ri kelmay qoldi, ish haqini vaqtida to’lamaslik,
dividentlar, xodimlarga to’lanadigan sug’urta to’lovlarining xilma xilligi kabi bunday
ko’rinishlar, o’tish davri xususiyatlaridan kelib chiqqan bo’lib, ish haqi va ijtimoiy
to’lovlarning tashkil bo’lishi va foydalanishini tahlil qilish metodlarini ishlab
chiqishni qiyinlashtiradi.
Tahlilni o’tkazish ma’lum turdagi axborot bazasidan foydalanishni nazarda
tutadi. Bu statistik va buxgalteriya hujjatlari, tasdiqlangan mablag’larni sarflash
me’yorlari, boshqa turdagi rejali hisobot hujjatlari. Statistik va buxgalterlik
hujjatlaridan tashqari hech qaysinisi unifikastiyalashtirilmagan. Tahlil qilish
jarayonida qo’yidagi hujjatlardan foydalanish kerak: shtatlar ro’yxati, ish haqini
to’lash to’g’risidagi Nizom va korxonaning jamoa shartnomasi; rag’batlantirish va
ijtimoiy to’lovlar Nizomi; bir martalik to’lovlar, moddiy yordam ko’rsatish,
rag’batlantirish hisob vedomostlari hujjatlari va boshqalar. Taxliliy ishlarni
o’tkazishda, tahlilning davriyligi va to’laligi belgilanadi. Xarajatlarning tahlilini bitta
jihati bo’yicha chorakda bir marta va ish haqini o’zlashtirish va ijtimoiy to’lovlar
bo’yicha ko’p tarmoqli tahlilni yiliga bir marta o’tkazish maqsadga muvofiq.
Tahliliy ishning qo’yidagi yo’nalishlarini ajratamiz:
-ish haqi to’lashning umumiy xarajatlari, ijtimoiy xarakterdagi imtiyozlar va
to’lovlar;
-asosiy yo’nalishlar bo’yicha mablag’larning sarflanishini tahlili;
-xodimlarning toifalari bo’yicha ish haqini to’lash jamg’armasi va ijtimoiy
xarakterdagi to’lovlarni ishlatilishining tahlili.
Taxlilning asosiy vazifasi ish haqi to’lanishi va ijtimoiy xarakterdagi
mablag’larning sarflanish dinamikasini o’rganish, hamda ishlab chiqarish
162
samaradorligini oshirishda erishilgan natijalar bilan taqqoslash orqali ish haqi
miqdorlarini baholash. Buning uchun tahlil qilinayotgan davr uchun to’plangan
haqiqatdagi ma’lumotlar:
-bazis davridagi haqiqatdagi ma’lumotlar bilan;
-rejadagi ko’rsatkichlar bilan;
-me’yoriy ko’rcatkichlar bilan;
-o’tgan davrlarning yaxshi va yomon ma’lumotlari bilan;
-tahlil uchun jalb qilinadigan boshqa ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.
Ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, va imtiyozlar uchun mablag’larning sarflanishini
tahlil qilishning asosiy tamoyili axborot bilan ta’minlanganlikdir. Haqiqatda, ish haqi
va ijtimoiy to’lovlardagi o’zgarishlar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati
natijalarida ko’pgina omillar bilan birgalikda aks etib, omillarning ta’siri alohida
olingan holda aniqlanmaydi. Masalan, xodimlar uchun umumiy xarajatlardagi ish
xaqi umumiy miqdori ulushining kamayishi bilan ijtimoiy xarakterdagi to’lovlarning
oshishi, xodimning umumiy mikdordagi daromadining o’zgarmaganligini belgilaydi.
Biroq umumiy xarajatlar ichida ish xaqi miqdorini ko’paytirish nazarda tutilgan
bo’lsa axborot boshqacha tus oladi. Undan tashqari, ish haqi to’lash, moddiy
rag’batlantirish, xodimlarni rivojlanishi, mehnat unumdorligini o’sishi bilan o’rtacha
ish haqining orasidagi nisbatni saqlab qolish xarajatlarini sifat ko’rsatkichlari (kadrlar
qo’nimsizligi koeffistenti; toifa darajalarini oshishi, o’rta maxsus va oliy ma’lumotli
bo’lishi sababli ish joyining o’zgarishi; sog’liq uchun zararli sharoitlarda, og’ir va
qo’l mehnati koeffitsientining kamayishi; mehnat jamoasining yosharishi va h.k.z.)
asosida baholash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xozirgi zamonda ish haqi va ijtimoiy to’lovlar uchun shakllanadigan
mablag’larning xususiyati shundaki, bunday mablag’larni xech kim ajratmaydi. Ular
xodimlar soni, qonunchilikka mos ravishda haq to’lash shartlari, jamoa tomonidan
tuzilgan shartnoma, miqdoriy kelishuvlar, mehnat shartnomalari, kontraktlar va
yollangan ishchilarning ish natijalari asosida aniqlanadi. Mehnat uchun to’lanadigan
mablag’larning tahlili tashkilotning ish faoliyatini mezonlar asosida baholash orqali
mablag’larning oqilona taqsimlanayotganini tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
163
Mezon ko’rsatkichlari sifatida mehnatga haq to’lash mablag’laridan oqilona
foydalanish munosabati bilan daromad miqdorining o’zgarishi dinamikasi, mahsulot
va xizmat tannarxining pasayishini ish haqi va ijtimoiy to’lovlarning kamayishi bilan
bog’liqligi.
Ananaviy ko’rinishda mehnat haqi va ijtimoiy to’lovlar jamg’armasini tahlil
qilish metodikasi ularning absolyut va nisbiy o’zgarishini aniqlashdan iborat.
Absolyut o’zgarishlarda haqiqiy va rejalashtirilgan (bazisli) ish haqi jamg’armasi
ko’rsatkichi orasidagi tafovut aniqlanadi, "+","-" ishoralari to’lovlarning absolyut
miqdorda oshganligi yoki kamayganligini tasdiqlaydi.
Nisbiy tahlil ish haqi jamg’armasining mahsulot ishlab chiqarish dinamikasiga
ta’sirini ko’rsatadi. Bunday tahlilni o’tkazganda mahsulotlar ishlab chiqarish yoki
xizmatlar xajmi bajarilishining foizlari hisobga olinadi, asos sifatida ish haqi
jag’armasi mablag’lari va mahsulot xajmlari o’rtasidagi to’g’ri proporstional
bog’liqlik olinadi. Rejalashtirilgan yoki bazisli ish haqi jag’armasi ishlab chiqarish
xajmining foiziga o’zgartiriladi.
Zamonaviy sharoitlarda ishlatilmagan mablag’lar qoldig’ining nisbiy va
absolyut tejalishi (ko’p sarflanishi) tushunchalari o’zining mazmunini yo’qotadi va
mablag’lardan oqilona foydalanish, korxona ishini baholash mezonlari bo’lmish
daromad va mahsulot tannarxi tushunchalari bilan almashtirilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |