O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Massajning organizmga fiziologik ta’sir etish mexanizmi va uning mohiyati



Download 270,29 Kb.
bet37/40
Sana19.02.2022
Hajmi270,29 Kb.
#458048
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya va massaj)

Massajning organizmga fiziologik ta’sir etish mexanizmi va uning mohiyati.
Massajning organizmga ta’sir etish mexanizmining asosida 3 ta faktor (lotincha - ishlab chiquvchi,
harakatga soluvchi kuch, sabab va h.k)dan iborat bo'lgan quyidagi murakkab jarayonlar yotadi: u
1) nerv-reflektor;
2) gumoral (qon va limfa);
3) mexanik ta'sirlar.
• Nerv-reflektor mexanizmining mohiyati shundan iboratki, birinchi navbatda - joylashgan ko‘p sonli va har xil nerv oxirlari massajning ta 'siriga uchraydilar.
• teridagi (ekstsroretseptorlar);
• pay, boylam, mushak (proprioreieptorlar);
• tomir (angioretseptorlar),
• ichki a’zolarda (interoretseptorlar) Yuqoridagi retseptorlammg qo‘zg‘alishi natijasida impulslar oqimi hosil bo'lib, bosh miya qobig‘iga yetib boradi va barcha markazga intiluvchi (afferent) signallar sintezlanib, organizmda umumiy murakkab javobi reaksiyalarini vujudga keltiradi. Bular a’zo va sistemalardagi har xil fimksional o'zgarishlar: markaziy asab sistemasining tormozlanishi natijasida asab tolalarining tiklanishi, stresslaming bartaraf etilishi, og'riqlaming kamayishi yoki butunlay yo'qolishi, qon bosimining pasayishi, yurak urishining sekinlashishi yoki tezlashishi, shishlaming so'rilishi va boshqa belgilar ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Gumoral (yunoncha—suyuqlik) faktorlar ham massajning organizmga ta'sir qilish mexanizmida muhim ahamiyatga ega boiib, ular yordamida to ‘qimalarda gistamin, atsetilxolin adrenalin va boshqa moddalaming hosil bo‘lish jarayoni kuchayadi. Bu moddalar terida nofaol, birikkan holda bo‘lib, massaj ta'sirida kuchayadi. Bu moddalar terida nofaol, birikkan holda bo‘lib, massaj ta 'sirida erkin holatga o ‘tadi va qonga so ‘riladi. Masalan, gistamin kapillyar qon tomirlarini kengaytiradi, ulaming o‘tkazuvchanligini oshiradi, natijada to‘qimalaming qon bilan ta’minlanishi va modda almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi; atsetilxolin — asab sistemasining sinaps, gangliya (asab tugun)laridagi qo'zgalishlami harakatlantiruvchi asab tolalaridan skelet mushaklariga uzatilish tezligini oshiradi. Massaj ta’sirida, bulardan tashqari, to'qimalarda ko'pgina moddalar hosil bo'ladi, ammo ularning ahamiyati hali oxirigacha aniqlangan emas, lekin ular asab sistemasining qo‘zg‘atuvchisi sifatida yangi reflekslami keltirib chiqarishi mumkin. Biroq gumoral mexanizm mustaqil emas, u markaziy asab sistemasi tomonidan tartibga solinadi. Lt
Mexanik ta’sir etish mexaniz/nida ta 'sirotlar to ‘qimalarga bevosita berilib, xususan organizmdagi suyuq muhit (qon, limfa, to ‘qimalararo suyuqliklar)ning harakatlanishida, pay, boylam, mushaklarning ch o‘zilishi, siljishi va b o ‘g ‘imlarda sinovial suyuqlikning ajralishida katta ahamiyatga etadir. Mexanik faktorlar modda almashinuvi jarayonlarining yaxshilanishiga, teri bilan nafas ohshning tezlashishi, dimlanishlarni bartaraf etish va gavdaning massaj qilinayotgan sohasida haroratniig ko‘tarilishiga imkon beradi. Organizmning massajga bo‘lgan javob reaksiyalarining strnkturasi va xususiyati har safar turli xil bo‘lib, markaziy asab sistemasi oliy bo‘limlarining funksional holatiga:
• bosh miya po‘stglog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro nisbati,
• massaj ta’siriga uchraydigan retseptor maydonining fiziologik holati,
• kasalliklarning klinik ko‘rinishi,
• massajning harakteri va qo‘llaniladigan usullarita bog‘lik bo‘ladi. Davolovchi massajning hususiyati asosan 3 ta komponent (tashkil qiluvchi): massajning kuchi, tempi (tezlik darajasi, sur'ati) va davom etish vaqti bilan belgilanadi. Massajning kuchi massaj oluvchining gavdasiga massajchi qo‘llarining bosim kuchi bilan ta’sir etishidir. Bosim kuchi katta (chuqur massaj), o‘rta va kichik (yuzaki massaj) bo‘lishi mumkin. Massajning tempi tez, o‘rta va sekin bo‘ladi. Tez sur'atda bajarilgan usullar asab sistemasining ta’sirlanishini oshiradi, o‘ rta va sekini esa uni kamaytiradi. Massajiing davom etish vaqti qancha uzoq bo‘lsa, markaziy asab sistemasi qo‘zg‘aluvchanligining pasayishiga shuncha ko‘p ta'sir etadi. Massajning davomiyligi massaj oluvchining individual xususiyatlariga: • yoshi, og‘irhgi, bo‘yining uzunligi, mushaklar sistemasi, teri osti yog‘ qatlamining rivojlanish darajasi, kasallikning klinik shakU, mijozning holati, massaj qilinayotgan sohaning anatomik tuzilishi, massajning turlariga va boshqalarga bog‘Uq boTadi. Shunday qiUb, massaj usuUari ta'sirida bosh miya qobig‘ining funksional holatini, ya’ni uning qo‘zg‘aluvchanligini oshirish yoki pasaytirish mumkin. Agar massajning yuqorida ko‘rsatilgan faqatgina 3 komponentining gradatsiyasi (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bosqich yoki 12 holatga o‘tishdagi izchilligi)dan foydalanilsa (haqiqatdan ham ular amalda cheksiz ko‘pdir), bitta massaj oluvchining javob reaksiyalari variantlari sonining ko‘paytmasi 3x3x3=27 ga teng bo‘ladi. Shulami massajchi doimo esida tutishi kerak L. Koshetel bu borada haq so‘zlami aytgan: «Massaj san'atini haykaltarosh san’ati bilan tenglashtirish mumkin, ammo yndan farqli ravishda, massajchi tirik to‘qima bilan ishlaydi» yoki «Massaj san’ati — bu qobiliyat» (Chet el sporti, 1981, 9-son, 15-bet). Ushbu qobiliyatni rivojlantirish faqat massajchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib, massaj usullarini to‘g‘ri bajarish bo‘yicha chuqur anatomik-fiziologik bilimga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mijozning javob reaksiyasi massajchi tomonidan qo‘llanilgan usullaming turiga ham bog‘liq. bo‘ladi. Masalan, silash va ishqalash usullari asab sistemasini tinchlantiradi, uzuq-uzuq vibratsiyaning qoqish usullari, aksincha, asab tolalarining qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi. Massaj amaliyotida gohida bitta usul ishlatiladi: «Massaj usullari, musiqaning alohida tonlari kabi hech qachon uzoq vaqt yakka holda jaranglamaydi, ular ketma-ket akkord bo‘lib qo‘shilib ketadi!» (A.F. Verbov, 1966). Massajchi uchun har xil usullami birgalikda qo‘llash massaj muolajasini individuallashtirish va massaj oluvchining har bir konkret (lotincha aniq) holatidagi javob reaksiyalarining samarasini oshirishga imkon beradi.



Download 270,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish