O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 270,29 Kb.
bet34/40
Sana19.02.2022
Hajmi270,29 Kb.
#458048
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya va massaj)

Odam tanasidagi istalgan nuqta organizmning istalgan faoliyatiga, nerv tizimi orqali “kuchli ta’sir” etish mumkunligi haqida AA. Bogomolets 1928-yilda yozgan edi. Hozirgi vaqtda proprioretseptorlaming (mushak-bo‘- g‘im apparati retseptorlari) u yoki bu me’yorda, qonuniy reflektor ta’sirga bo‘ysunmaydigan birorta ham vegetativ ichki a’zolar faoliyatlari bo‘lmasligi ko‘p sonli tajribalar yordamida aniqlangan
XXIII-XIX asrlarda massajnmg har xil kasalliklami davolash xususiyatiga, barcha a’zolarga ta'sirini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan ishlar paydo bo‘la boshladi. Shu bilan bir qatorda, massajni tavsiya qilish ma’n etish muammolariga bag‘ishlangan masalalar yechila boshladi. XIX asrning oxiriga kelib massajni fiziologik jihatidan asoslash masalalariga qiziqish ortib bordi.
Rossiyada I.Z. Zabludovskiy birinchi bo‘lib massajning sog‘lom odamlarga ta’sirini o‘rganda va massaj usullari (tasnifi) ni yaratdi. Zamonaviy fiziologiya fanining taraqqiyoti massajning umumiy ta'siri organizm uchun juda salmoqli ekanligini tasdiqladi. Bu massaj jarayonidagi ta’sirotlar (impuls) teri, ichki va harakat organlaridan orqa va bosh miyaning har xil bo‘limlariga xususan, katta yarim sharlariga, o‘tkazuvchi nerv tolalari tizimini yuqoriga ko‘tariluvchi yoki sezuvchi aferent o‘tkazish yo‘llari orqali ta'sir ko‘rsatib, taalluqli a’zo va tizimlarida javob harakatlarini qo‘zg‘otadi va kuchaytiradi.
Massaj usullari ta’sirida hujayralarda joylashgan mexanoretseptorlar (mexanik ta'sirlami sezuvchi nervlaming uchi) qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘lgan mexanik energiya, maxsus nerv tolalarini faol holatiga оlib keluvchi signallarga aylanib, nerv tolalari orqali nerv markazlariga axborot keltiradi. Mexanoretseptorlar butim tanada joylashgan bo‘ladi. Bular terida joylashgan ekstraretseptorlar (organizmni o‘rab turgan tashqi muhtdagi ta’surotlami qabul qiluvchi), interoretseptorlar (ichki a’zolardagi-yurak, tomirlar, taloq va h.k. ta’sirotlarini qabul qiluvchi) va proprioretseptorlar mushaklar, paylar, bo‘g‘imlar, suyaklar va boshqa joylardan ta’sirotlami qabul qiluvchi nerv tolalarining uchidan iborat. Mexanoretseptorlaming tuzilishi turli-tumandir. Ular soch tolalari, spiral, tugunchalar va plastinkalar shaklida bo‘lishi mumkin. Ular orasida Pachchini tanachalari mukammalroq o‘rganilgan. Bu tanachalar yordamchi apparat bilan o‘ralgan nerv uchlaridan iborat bo‘lib, markaziy nerv tizimi bilan bog‘lovchi nerv tolalaridan tashkil topgan. Pachchini tanachalarining yordamchi apparati-kapsula, ko‘p sonli juda yupqa plastinkalardan iborat bo‘lib, plastinkalar orasida suyuqlik bo‘ladi. Mexanik ta’sirotlar kapsulalar holatini o‘zgartirib nerv tolalari uchini qo‘zg‘atadi. Kapsulaning pardasi cho‘ziladi, asosan Na+ ionlariga nisbatan o‘tkazuvchanligi oshadi, retseptor potenseallarini vujudga keltirib, o‘z navbatida, ion toklarini hosil qiladi. Ion toklari nerv tolalarini qo‘zg‘atadi demak, massaj ta’sirida paydo bo‘lgan mexanik energiya nervni qo‘zg‘atish energiyasiga aylanadi.
Organizmga nisbatan massajning ta’siri nerv reflektor reaksiyasining boshlanish qismi hisoblanadi. Terida, mushaklarda, payda, bo‘g‘imlarda, qon tomirlarda va boshqa to‘qimilarda joylashgan nerv tolalari uchidan aflerent (markazga intiluvchi) signallar orqa miyaga boradi. Barcha afferent impulslar sezuvchi nerv tolalarining ildizlari orqah orqa miyaning sigment sohasida bir biriga o‘zaro ta’sir etadi. So‘ngra markazga intiluvchi nerv orqali orqa va bosh miyaning har xil bo‘limlarga, xususan, katta yarim sharlar po‘stloq osti sohasiga etib borib butun a’zolariga ta’sirotni tarqatadi. Yuqorida bayon etilgan massaj neyrofiziologik mexanizmlari qatorida massajning gumoral (suyuqlik) faktorlarini ham ko‘rsatish lozim. Massajning mexanik ta’siroti natijasida, teri to'qimalarida issiqlik hosil bo‘lishi oqibatida issiqlik retseptor tizimi qo‘zg‘aladi. Bu qo‘zg‘alish uzunchoq miyada joylashgan markazlariga o'tkazilib, qon tomirini toraytiruvchi - simpatik, qon tomirlarini kengaytiruvchi — parasimpatik nervlarga o‘tib, so‘ng qon tomirlari kavagini ieflektor o'zgartiradi. Massajning to'qimalariga bevosita mexanik ta'siroi natijasida terida kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Bunday moddalarga misol tariqasida gistamin va atsetilxolinni ko‘rsatish mumkin. Gistamin to‘qima garmonidir, xo‘jayralarida sustlashgan, oqsil bilan birikkan holda uchraydi, massaj ta’siri natijasida parchalanib, erkin faol holatga o‘tadi. Gistamin va gistaminsimon moddalar, oqsillaming parchalanish mahsulotlari -*• aminokislotalar va polipentidlar bilan birga qon, limfa oqimi orqali tarqaladi va ichki a’zolar to‘qimalami, qon tomir nervlarining xemoretseptorlarini ta’sirlaydi. Shunday qilib, gistamin buyrak usti beziga ta’sir etib, adrenalin miqdorini qonda ko‘paytiradi, bu organizmni himoya va moslashish kuchlarini oshiradi. Odatda, bog‘langan kalloid holda hujayralarda boTadigan atsetilxolin massaj ta’siri natijasida faol holatga o‘tib, mediatorlik vazifasini o‘taydi. Massaj davomida mushaklarda to‘plangan faol atsetilxolin, mushaklar faoliyatini kuchaytiradi va qo‘zg‘alish tezligini oshirishga olib keladi.
Massajning mexanik ta’siri natijasida mushak kapillyarlarining faohyati o‘zgaradi. Qil qon tomirlari kapillyarlari devorida joylashgan Ruje hujayrasi hisobiga mastaqil torayish xususiyatiga egadir. Bu hujayralarining qisqarishi va bo‘rtishi tufayli kapillyarlarining kovagi o‘zgarib turishi mumkin. Ruje hujayrasiga energiya beradigan moddalaming kimyoviy parchalanishi ta'siri natijasida kapillyarlar kengayadi. Kapillyarlar kengaishi va 6 puchaygan kapillyarlar hisobiga kapillyarlar sonini ko‘payishi natijasida hnjayra va to‘qimalami qon bilan ta'minlash yaxshilanadi, to‘qimalar ko‘proq oziqlanadi, natijada modda almashinishi kuschayadi, to‘qimalaming ish faoliyati oshadi. Massajning chuqur uqalash usullarini mexanik ta’siri natijasida mushaklar qo‘zg‘alishi mushaklardagi energiya beradigan moddalarni parchalashga olib keladi. Qon tomir devorlarining holatiga, odam qonida bo‘ladigan boshqa kimyoviy moddalar: huyrak usti bezining garmonlari-noadrenalin va adrenalin, sut kislotasi, ATF (adrenozinetri fosfat) kislotasi ta’sir etadi. Qon tomirlari va kapillyarlarda qon aylanishiga ta’sir etadigan murakkab jarayonlar majmuasini markaziy nerv tizimi tartibga solib turadi. Bundan qon tomirlarining kengayib torayishi kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanligi, qon va to'qima o‘rtasidagi almashinish jarayonlarini ham boshqaradi. Massajning gumorall omillari qatoridan yuqori ko‘rsatilganlaridan tashqari, tanamizning o‘zida ishlab chiqariladigan ichki opiatlariga bir oz to‘xtalib o‘tamiz. Malumki, barcha kasalliklar, shikastlanishlar, jarohatlar, manfiy mhiy kechinmalar og‘riq hilan kechadi. Neyrofiziologlarning ilmiy kashfiyotlari og‘riq hissiga aloqada ikki xil peptid gumhlar Rmoddasi va endorfinlar borligini isbotladilar. R-moddasi amerika olimlari U.Eylar va Dj.Gaddum tomonidan 1931-yilda topilgan. Rmoddasining nomi ingliz so‘zidan (poroshok) olingan. Endorfinlar esa o‘zining ta'sir etish hususiyatiga asosan nomlangan. Endogen morfinlar — organizm ichida hosil bo‘ladigan ichki morfinlar degan ma’noni bildiradi. Agarda R-moddasi organizmda og‘riqning hosil bo‘lishida, kuchayishida va tarqalishida ishtirok etsa, endorfinlar — organizmdagi narkotiklar sifatida og‘riqni pasaytiradi. Endorfinlar Amerikalik, Nyu-York dorilfununi olimi, E.J. Simon va Shotlandiyalik olim J.Kosterlits tomonidan kashf etilgan. Birinchi olim — bosh miya nerv hujayralari maxsus retseptorlarga ega bo‘lib, ular morfi bilan qo‘shiladi, deb aytgan boTsa, ikkinchi olim E.J.Simon kashfiyotidan habardor bo‘fib, bu bejiz emasdir retseptorlar o‘zimizda hosil bo‘ladigan morfi sezishga moTjallangan va uni izlash lozimdir, deydi. Kosterfits guruhning izlanishlari muvofaqqiyat bilan yakunlandi: endorfinlar ihtiro etildi. Keyinchalik kichik malekulyar og‘irfikka ega bo‘lgan endorfinga o‘xshash moddalar topilgan. Bular enkefafinlar deb nomlangan.

Download 270,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish