RAXITNI DORI-DARMONLAR BILAN DAVOLASH
Davolashning asosi — bu vitamin D qabul qilishdir. Qo’llaniladigan dori dozasini faqat pediatr shifokor ko’rsatadi, chunki oz miqdori ham (yordam bermaydi), ko’p miqdori ham (gipervitaminozga olib keladi) xavfli hisoblanadi.
Vitamin D dan tashqari bolaga kaltsiy va fosfor qo’shimchalari belgilanishi mumkin (vitamin D siz ularni qabul qilish samarasizdir) . Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarga ko’pincha vitamin D dan tashqari boshqa vitaminlar, shuningdek, barcha zarur minerallar mavjud murakkab dorilar tavsiya qilinadi.
BOLALARDAGI RAXITNI OLDINI OLISH
Raxit ko’plab profilaktik chora-tadbirlar yordamida oldini olish juda oson bo’lgan kasalliklar sinfiga kiradi. Bunday choralar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
May-sentyabr oylaridan tashqari yil davomida har kuni vitamin D qabul qilish. Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar uchun shifokor ko’p miqdorda vitamin D buyurishi mumkin.
Ratsional ovqatlanish. Bola hayotining biinchi oylarida faqatgina ona suti, faqat 4 oydan keyin ba’zi qo’shimchalar kiritish.
Har kuni toza havoda sayr qilish. Issiq, quyoshli oylarda bolani ko’p ham o’rantirib tashlash kerak emas, quyosh bilvosita (to’g’ridan-to’g’ri emas) ta’sir qilishi mukin bo’lgan ochiq teri sohalari qolsin.
Bundan tashqari, ona homiladorlik davrida ham farzandiga sog’lom kelajak uchun sharoit yaratib berishi mumkin. Buning uchun ayol muvozanatli ovqat iste’mol qilishi, toza havoda ko’proq yurishi va shifokor tavsiya qilgan bo’lsa vitamin va mineral komplekslarni qabul qilish kerak.
Massaj — odam a’zolari va to‘qimalarini maxsus usullar yordamida, ma’lum miqdorda mexanik va reflektor ta'sirlantirish majmuasidir.
Massaj usullari maxsus tayyorgarlikdan o'tgan odamlar - massajchilar tomonidan maxsus apparatlar, asboblar yordamida bajariladi. Bunday ta’sirotlar bevosita havo muhiti orqali (gidro massaj) beriladi. So‘nggi yillarda massajga bo‘lgan qiziqish o‘ta ortib bormoqda. Uning yoqimli ta'siriga kundan — kunga alohida ahamiyat berilmoqda.
Massajning
sog‘ lomlashtirishga,
chiniqtirishga,
organizimini funksional imkoniyatlarini oshirish borasida,
jismoniy mashqlarni umumiy ta’sirini yanada boyitish maqsadida ishlatilishi ma’lum.
XIV-XV asrlarda massajning fiziologik asoslariga doir maqolalar paydo bo'la boshladi. Ambruaz Parerina o‘z ishlarida massajni anatomo-fiziologik nuqtayi nazardan asoslashga urinib ko‘rdi. U zamonoviy ma’lumotlarga asoslanib “massajning ta’sir qilish mexanizimi va nerv tizimining har hil bo‘limlaridagi o‘zaro ta’siri bilan chambarchas bog‘langan holda teridagi normal va o‘zgargan neyron jarayonlari orqali ichki a'zolami boshqarish fimksiyasini ta'minlaydi” — degan fikrga keldi Buyuk fiziologik olimlar I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, N.E. Vvedenski, A.A Uxtomskiy, A D . Speranski, K.M. Bikov, Р.К. Anoxin ilmiy ishlar asosida nervizim nazariyasi yaratildi. Nervni boshqarishidagi ko'pgina masalalar markaziy nerv tizimi va ichki a’zolaming o'zaro faoliyati va aloqasi, somatik hamda vegetativ nerv tizimlari o‘rtasidagi sun’iy to‘siq bartaraf etildi, markaziy va olis nuqta o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |