O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat



Download 270,29 Kb.
bet39/40
Sana19.02.2022
Hajmi270,29 Kb.
#458048
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya va massaj)

Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid xususiyatlari va jismoniy faoliyat.
Yosh bola organizmidagi yurak-qon tomir tizimi kattalarnikidan farq qiladi. Bola 
tug’ilishi bilan yurak-qon tomir tizimining mofo-funktsional qayta qurilishi yuz 
beradib, kichik qon aylanish doirasi faoliyat ko’rsatib boshlaydi. Yosh bolalarda 
arteriyalar venalarga nisbatan kengroq bo’lib, kuchliroq rivojlangan bo’ladi. 
Shuningdek kapilyar tizimi h’am kuchli rivojlangan bo’ladi. Yurakning qon 
xaydash kuchi kamligi sababli kattalarnikiga qaraganda bolarda arterial bosi 
pastroq bo’ladi. Bunga yana qon tomirlar elastikligi va ularnig kengroqligi sabab 
bo’ladi.
Yosh bolalar organizmida qon aylanish tizimi qator anatomik o’ziga xos 
xususiyatlar bilan farqlanib, ular yurakning patologiyasi va funktsional 
qobiliyatlarida o’z aksini topadi. 
Yangi tug’ilgan bola yuragi nisbatan yirik bo’lib, tana massasining 0,8 % -ni 
tashkil qiladi. 3 yoshga borib yurak massasi tana massasinig 0,5 % -ni tashkil 
qiladi, yani katta odam yuragi kakbi bo’ladi. İkki yoshgacha asosan bo’lmachalar, 
10 yoshgacha qorinchalar jadal rivojlanadi. Lekin bolalik davrning barcha 
davrlarida yurak h’ajmining oshib borishi tana o’sishidan orqada boradi. Yangi 
tug’ilgan bola yuragi sharsimon shaklga ega bo’ladi, chunki bunda qorinchalar xali 
yaxshi rivojlanmagan va bo’lmachalar o’lchami nisbatan kattaroq bo’ladi. 6 
yoshda yurak katta odamlarnikiga o’xshash oval shaklga ega bo’lib boradi. 
Yurakning joylashishi bola yoshiga bog’liq. Tug’ilgandan ikki yoshli 
bo’lguncha ulada diafragma yuqori joylashganligi sababli yurak gorizontal 
joylashadi. 23 yoshga borib uning joylashishi qiyalashadi. Yangi tug’ilgan bolalar 
yuraginging o’ng va chap tomoni devorlari qalinligi deyarli bir xil bo’ladi. Asta 
sekin yurak yuklamasi oshib borgan sari chap qorincha devori o’ng tomondagiga 
nisbatan qalinlashib boradi.
Bola bir necha h’afta vo oylik bo’lguncha qon tomirlar va yurakning o’ng va 
chap tomonlari orasida turli ko’rinishdagi aloqalar, bo’lmachalar orasidagi oval 
teshikcha, arterial oqim yo’li, kichik qon aylanish doirasidagi arteriolo-venulyar 
anastamozlar va boshqalar saqlanib qoladi. Bular natijasida qon yuqori bosimli 
kameradan kichik bosimli kameraga qisman oqib o’tadi. Bazi h’ollarda (o’pka 
gipertenziyasi, nafas olishdagi etishmovchiliklar) o’pka arteriyasida va yurakning 
o’ng kameralarida bosim oshib, qon oqimi buzilishi, arterial qonning venoz qon 
bilan qo’shilib ketishi (o’ngdan chapga shuntlanish) yuz berishi mumkin. 
Ёsh bola orgaizmida qon tomirlari ancha keng bo’ladi. Venalar kengligi 
arteriyalar kengligiga teng bo’ladi. Venalar jadallroq o’sib, 15-16 yoshga borib 
arteriyalardan 2 barobar keng bo’lib qoladi. 10 yoshgacha aorta o’pka arteriyasidan 
torrroq bo’ladi, asta-sekin ular diametri tenglashadi va bolog’at yoshga borib aorta 
diametri o’pka arteriyasidan katta bo’lib qoladi. 
Ёsh organizmda kapillyarlar yaxshi rivojlanga bo’ladi. Katta odamlarnikiga 
qaraganda ularning o’tkazuvanlik xususiyatlari yuqori bo’ladi. Kapillyarlar 
kengligi va ularning ko’pligi qon turib qolish h’odisasi yuz berish eh’timolini 
oshiradi. Shu sababli bu yoshdagi bolalarda pnevmoniya va osteomielit kasalliklar 
ko’proq uchraydi. 
Bolalarda qon oqimi tezligi katta bo’lib, yoshi katalashgan sari tomirlar 
ko’lami oshishi va yurak urish chastotasi kamayishi bilan u sekinlashib boradi. 
Ularda arterial puls kattalarnikiga qaraganda tezroq bo’ladi. Buning sababi 
shundaki yosh oragnizmda yurak qisqaruvchanligi yuqori, adashgan nervning 
yurakka tasiri kam va modda almashinuvi darajasi yuqori bo’ladi. Tana 
to’qimalaring qonga bo’lgan talabini qondirilishi yurakning h’ajmi emas, balki 
uning urish tezligini oshirish bilan amalga oshiriladi. 
Eng katta yurak urish tezligi chaqaloqlarda kuzatiladi (1 daqiqada 120-140 -
ta). Kattargan sari bu tezlik kichiklashadi, va 1 yoshga borib bu ko’rsatgich 110-120 –taga, 5 yoshga – 100 –taga, 10 yoshga – 90-taga, 12-13 yoshga borib 80-70 -tagacha tushadi. 
Kichik yoshda puls katta labillik bilan ajralib turadi. Bola yig’lashi, baqirishi 
yoki tana h’aroratining oshishi pulsni oshirib yuboradi. Bolalar pulsi uchun nafas 
aritmiyasi h’osdir, yani nafas olganda u tezlashib, chiqarganda sekinlashadi. 
Ularda arterial bosim kattalarnikiga nisbatan past bo’ladi. Bola yoshi qancha kichik 
bo’lsa arterial bosim h’am shuncha past bo’ladi. Arterial qon bosimning pastligi 
chap qarincha h’ajmining kichikligi, qon tomirlari ancha kengligi va arterial qon 
tomirlar devorlari elastikligidan kelib chiqadi.
Bolalarda nisbiy yurak massasi va kon tomirlar kengligining katta bo’lishi 
kattalar organizmidagiga qaraganda qon aylanish sharoitlari ancha engil bo’ladi. 
Nisbiy qon massasi kattaligi va almashinuv jarayonlarining o’ziga h’os 
xususiyatlarga ega ekanligi yosh yurakka katta talab qyyadi. Shunga ko’ra yosh 
bola yuragining ishlash qobiliyati katta odamnikiga qaraganda yuqori bo’ladi. 
Keksarish boshlanishi bilan organizmning anaerob imkoniyatlari kamayib 

keta boshlaydi. Kislorodning maksimal o’zlashtirilishi 60-70 yoshlilarda 20-30 


yoshli erkak va ayollarda bo’ladigan ko’rsatgichning 45-50 % ni tashkil qiladi, 
xolos. Qarib borgan sari O
2
etishmaydigan sharoitda ishlash shuncha og’ir bo’la 

boshlaydi. Bunday odamlar qonida O


2
ning kamayishiga chidamsiz bo’ladilar, 

shuning uchun h’am ularda nafas olishni ixtiyoriy to’xtatib turish vaqti yosh 


organizmlarga qaraganda ancha kam bo’ladi. Agar yoshlar qonda kislorodning 
kamayishi 80-84 % borguncha nafas olishni to’xtatib turish imkoniyatiga ega 
bo’lsalar, keksalar bu ko’rsatgich 88-90 tushishi bilan ixtiyoriy ravishda nafas 
olishni to’xtatib turishni tark etishadi. Keksarib borgan sari ateroskleroz, 
gipertoniya xastaliklari tez-tez uchrab turadi. Yurakda qo’zg’aluvchanlik, 
o’tkazuvchanlik qisqaruvchanlik pasayadi, yurak muskullaridagi mitoxondriyalar 
va ularning oksidlantirish xususiyatlari kuchsizlanadi. Yana yurak muskullarida 
glikogen zaxirasi va ATF va kreatinfosfot kabi energiyaga boy birikmalarning 
yangilanib turishi qiyinlashib qoladi. Yurak urish chastotasi kamayadi, yurakning 
sistolik va minutlik h’ajmi ozayadi. Keksa kishilarda o’rta yoshli odamlarga 
qaraganda yurakning sistolik h’ajmi 23 %, minutlik h’ajmi ega 24 % kamayadi.
BMT departamenti malumotlariga qaraganda, 60 va undan katta yoshdagi 
axoli soni 1950 y. 188 mln, 1970 y. 298 mln., 2000 y. 685 mln kishini tashkil 
qilgan. Kesa yoshagi axoli sonining oxirgi 50 yil ichida uch barobar oshishi 
umumiy axoli soning oshishiga nisbatan ancha yuqori darajadadir. Bu qonuniyat 
Uzbekiston Respublikasi uchun h’am h’osdir.
Ёsh o’tib borgan sayin yurakning o’z-o’zini idora qilish qobiliyati susayib 
boradi. Olib borilgan tekshirishlarga ko’ra, yurak ritmidagi o’zgarishlar yosh oshib 
borgan sayin tobora chuqurlashib boradi. Yani, yurakka vegetativ tizimning 
parasimpatik tonus tasiri kamayadi, simpatik tonuslar tasiri oshadi. Bunda 
yurakning adaptatsion xususiyatlari susayib boradi, uning sistolik h’ajmi 
kamayadi. Brandfondrener taqdim etgan malumotlarga ko’ra, uchinchi o’n 
yillikdan boshlab sistolik h’ajm kamayib boradi, 50 yoshdan boshlab bu 
ko’rsatgich yiliga 1 %-ga tushib boradi. 
Shunday qilib, qarish natijasida qon-tomir tizimida qator strukturali va 
funktsional o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar shunchaki involyutsion yoki 
buzilishga olib keladigan xodisalar bo’lib qolmasdan, balki kompensator va 
moslashtiruvchi, yani adaptatsion mexanizm asosida organizmni adekvat ravishda 
qon bilan taminlanishini belgilaydigan jarayonlardir bo’lib xizmat qiladi. Ёsh o’tib 
borishi bilan yurak-qon tomir tizimining adaptatsion chegaralari torayib boradi va 
bu mexanizmning ishonchliligi kamayib boradi, yurak ritmining vareabelligi 
kamayib boradi.

Download 270,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish