znamenatelnыe
(otlar, sifatlar, ravishlar, fe’llar) so’zlar
tashkil etadi. Bular eng to’la hukukli so’zlar bo’lib, ular nomlar sifatida xizmat kiladi.
Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo’lib xizmat kiladi (ya’ni, ega, kesim, aniklovchi,
to’ldiruvchi, hol vazifasida chikadi). Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng avvalo
znamenatelnыe
so’zlar sohasida olib borilishi lozim.
Sanok so’zlarni o’zlashtirish bolalarga ancha kiyin kechadi.
Bolalar nutqini sanok so’zlar bilan boyitish asosan, ularda matematik tasavvurlarni
shakllantirishga doir Mashg’ulotlarda ro’y beradi, ushbu so’zlarni faollashtirish va
mustahkamlash ona tili Mashg’ulotlarida lug’at ishining maxsus mavzusi bo’lmoђi lozim.
Maktabgacha yoshda bola shunday lug’atga ega bo’lishi lozimki, toki u bolaga
tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda muvaffakiyatli ta’lim olish, adabiyotni,
televizion va radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin. SHuning uchun maktabgacha
ta’lim pedagogikasi lug’at rivojlantirishga nutqni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri
sifatida karaydi.
Lug’at rivojlantirishni xalq tomonidan tarixiy davrlar mobaynida to’plangan lug’at
zahirasini o’zlashtirishning uzok davomi etadigan jarayoni sifatida tushunish darkor.
Ushbu jarayonning mikdoriy va sifat jihatlarini ajratish mumkin. eng avvalo bola
lug’atidagi mikdoriy o’zgarishlarni kayd etish lozim. CHunonchi, 1 yoshda kichkintoy 10-12 ta
so’zni faol biladi, 6 yoshga kelib esa uning faol lug’ati 3-3,5 mingtagacha ortadi.
Lug’atng sifat xususiyatlari haqida so’z yuritganda bolalarning so’zning bilish natijasini
aks ettiruvchi ijtimoiy biriktirilgan mazmunini asta-sekin egallab olishlarini nazarda tutish lozim.
Ushbu bilish natijasi so’zda mustahkamlanadi, shu tufayli odamlar tomonidan anglanadi va
muloqot jarayonida boshka odamlarga uzatiladi.
98
Har bir so’zning mazmuni tushunchadir. Fikr, so’z umumiylikni ko’rsatadi.
Psixologiyada ham so’z mazmuni umumlashtirma yoki tushuncha sifatida belgilanadi. «So’z
mazmuni psixologik jihatdan aynan umumlashtirilgan tushunchaning o’zidir. Biz so’z
mazmunini fikrlash fenomeni sifatida ko’rib chikishga haklimiz» (L.S.Vыgotskiy
9
). SHuning
uchun lug’at egallash jarayoni tushunchalar bilan uzviy bog’liq va shu tufayli u quyidagi o’ziga
xos xususiyatlarga ega:
I-xususiyati – bolalar lug’atining mazmuni. Fikrlashining ko’rgazmali-ta’sirchan va
ko’rgazmali-obrazli tusga egaligi bois bola eng avvalo ko’rgazmali takdim etilgan yoki uning
faoliyati uchun mumkin bo’lgan, bolalar lug’atida ancha keng aks ettirilgan narsalar, hodisalar,
sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarni o’zlashtirib oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning lug’atida nisbatan mavhum tushunchalarni belgilaydigan
bunday so’zlarning yo’kligi yoki ularning ma’nosi buzilishi ham shu bilan izohlanadi.
II-xususiyati – so’zning ma’nosi, mazmun-mohiyatini asta-sekin egallash. Maktabgacha
yoshdagi bolada tushunchalar asosida fikrlash hali shakllanmaganligi sababli u egallab olgan
so’zlarning ma’nosi ham muayyan yosh bosqichida tushunarli bo’lmaydi. Dastlab bola so’zni
muayyan narsa yoki hodisa bilan boђlaydi. Bunday so’z umumlashtiruvchi xususiyatga ega
emas, u fakat bolaga muayyan narsa, hodisa haqida signal beradi va ularning obrazini chakiradi
(masalan, bola uchun soat so’zi fakat uning xonasida osilib turgan soatni anglatadi, xolos.).
Maktabgacha yoshdagi bolaning atrofdagi borlikni – narsalar, hodisalar (xususiyatlar,
xossalari, sifatlar)ni o’zlashtirishining borishiga karab u ularni u yoki bu belgisiga karab
umumlashtirishni boshlaydi. Ko’pincha umumlashtirishlar ahamiyatsiz, birok bola uchun
emotsional jihatdan muhim bo’lgan belgilariga karab kilinadi.
SHunday qilib, maktabgacha bosqichdagi bolalikda so’z mazmuni bolaning bilish
imkoniyatlari rivojlanishiga karab o’zgarib boradi.
III-xususiyati – bola lug’ati hajmining kattalar lug’ati hajmidan ancha kamligi. CHunki
bolaning bilish tajribasi va pirovardida atrof-olam haqida to’plagan ma’lumotlari katta yoshli
odamning bilimlari hajmidan ancha kam bo’ladi.
Lug’at rivojlantirishdagi mazkur xususiyatlar bolalar bog’chasidagi maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan lug’at ishlarining vazifalarini aniklash imkonini beradi:
Mazmunli muloqot uchun zarur bo’lgan mikdordagi so’zlar to’planishini ta’minlash
a) so’zlar mazmunini atrof-olamdagi ob’ektlarga takkoslash, ularning xususiyatlari va
munosabatlari asosida egallab olish;
b) narsalar va hodisalarning ahamiyatli belgilarini ajratish asosida so’zning
umumlashtiruvchi ma’nosini o’zlashtirish;
c) nutqning obrazli katoriga kirish va undan foydalana olish.
Ijtimoiy jihatdan mustahkamlab ko’yilgan so’zning o’zlashtirilishini ta’minlash.
Ushbu vazifani hal etish quyidagilarni ko’zda tutadi:
Lug’at faollashtirish, ya’ni nafakat so’zlarni bilish, balki ularni muloqot amaliyotiga
kiritish.
Bolalar lug’atining xususiyati va lug’at ishlarining vazifasini bolalar bog’chasidagi lug’at
ishlari dasturi va metodikasining asosini tashkil etadigan tamoyillar belgilab beradi:
Bolalar lug’atini shakllantirishda ularning atrof-olamni faol va ta’sirchan bilishlariga
tayanish.
Lug’at ishlari mazmunining bolaning asta-sekin rivojlanayotgan atrof-olamni bilish
imkoniyatlari bilan bog’liqligi.
Lug’at ishlari dasturi mazmunini murakkablashtirish uchta yo’nalishda amalga
oshirilmokda:
9
Выготский Л.С. Избранные психологические исследования. М., 1956, 322-бнт.
99
Bolani asta-sekin ortib borayotgan narsa va hodisalar doirasi bilan tanishtirish asosida
uning lug’atini kengaytirish.
Atrof-olamdagi narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni chukurlashtirish asosida sifat,
xususiyat va munosabatni belgilovchi so’zlarni kiritish.
Lug’at ishining ushbu yo’nalishlari barcha yosh guruhlarida ro’y beradi va turli mazmunda
kuzatiladi: ob’ektlar va tabiat hodisalari, moddiy madaniyat buyumlari, ijtimoiy hayot
ko’rinishlari bilan tanishtirishda va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |