oid Mashg’ulotlar
Predmetlarni ko’zdan kechirish Mashg’ulotlari (birinchi marta mazkur Mashg’ulotlar
ye.I.Tixeeva tomonidan ishlab chikilgan). Ushbu Mashg’ulotlarning asosiy maksadi kismlar,
detallar va narsalarning vazifasini ajratib ko’rsatish, ularning sifat va xususiyatlari bilan
tanishtirishdan iboratdir.
Ko’zdan kechirish Mashg’ulotlari metodikasining asosini bolalarning kismlarni ajratib
ko’rsatish, ularning vazifasi va foydalanishga yo’naltirilgan faol harakatlarini yo’lga ko’yish
tashkil etadi. Jadal faoliyat narsalar haqidagi bilimlarni bolalar uchun ahamiyatli kiladi va so’zni
narsa kismi, uning detallariga anik kiyoslashni ta’minlaydi.
Bunday Mashg’ulotlar uch, to’rt va besh yoshli bolalar bilan o’tkaziladi. Ushbu
Mashg’ulotlardagi narsalar to’plami turlicha bo’lishi mumkin, birok narsa: bolaning atrof-
olamda yo’l topa olishi uchun uning faoliyati uchun ahamiyatli bo’lishi; bola harakat harakat
qilishi lozim bo’lgan kismlarga ega bo’lishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishning borishiga karab bunday turdagi
Mashg’ulotlar harakat faolligini kiskartirish va ko’rish tahlilchisiga tayanishni kuchaytirish
hisobiga kiyinlashtirib boriladi, bu esa Mashg’ulotlar ishtirokchilarining sonini butun boshli bir
guruhgacha oshirish imkonini beradi.
Bolalar lug’atini rivojlantiruvchi Mashg’ulotlarning boshka bir turi narsalar sifati bilan
tanishtirish Mashg’ulotlaridir.
Mazkur Mashg’ulotlarni o’tkazishda pedagog quyidagi koidalarni hisobga olishi lozim:
Lug’at ishlari narsalarning sifat va xususiyatlarini ajratishga tayanadi, shuning uchun
tarbiyachi ularni sinchiklab sensor tekshiruvidan o’tkazishni tashkil qilishni bilishi
lozim. Bolalarda tekshiruv usullari ushbu Mashg’ulotlarda o’kitish jarayonida
shakllanadi.
Tekshiruv usullarini shakllantirish tarbiyachining tekshiruv harakatlaridan foydalanishga
nisbatan ajratib olinayotgan sifatga mos bo’lgan anik ko’rsatmalarini talab kiladi
(masalan –bosib ko’r – kattiklikni ajratish uchun, silab ko’r – yumshoklikni ajratib olish
uchun va h.k.).
Har bir sifat va xususiyatni ajratib olish, uni yo’ldosh xususiyatlaridan xalos qilishga uni
karama-karshi xususiyat bilan takkoslash orkali nisbatan samarali erishiladi. Masalan:
kattik-yumshok, oђir-engil, shaffof-noshaffof. Bu kattiklikni sifat sifatida yo’ldosh
temperatura sezgilaridan nisbatan anik ajratib olish, kabul kilinayotgan narsa yuzasining
sillikligini yoki ђadir-budurligini his qilish imkonini beradi.
103
Narsaning sifat va xususiyatlari bolalar tomonidan anglanishi hamda o’zlashtirilishi
uchun ularni ahamiyatli qilish lozim, ya’ni ularni mahsuldor-mazmunli faoliyatga
ko’shish zarur, buning muvaffakiyati mazkur sifatlarni hisobga olishga bog’liq bo’ladi.
Bu natijaga erishish boladan izlanayotgan sifat yoki xususiyatni ajratib olish va uni
hisobga olishni talab kiladi.
Mashg’ulotlarda lug’at ishlari vazifasini muvaffakiyatli hal etish ko’rgazmali materialni
tanlashga bog’liq bo’ladi. SHunday narsalarni tanlash zarurki, toki unda ajratib
olinayotgan sifatlari yorkin tasvirlansin, chalђituvchi sifatlari esa (yorkin ranglarga
bo’yash, harakatlanuvchi kismlarining mavjudligi, o’yin borasida kizikarliligi va
boshk.) iloji boricha kamrok bo’lsin.
Bunday turdagi Mashg’ulotlar maktabgacha yoshdagi bolaning bilish mantiђi talab
kiladigan muayyan tuzilmaga ega bo’ladi:
I-kism – U yoki bu faoliyatga oid vaziyatda narsa sifatini ajratib olish.
II-kism – Bolalarga tekshirish harakatlarini o’rgatish, har bir bola tomonidan zarur sifatlarni
ajratib olish. Uning asosida mazkur sifatni belgilovchi yangi so’z kiritiladi.
III-kism – Bolalarga turli-tuman narsalar sifatini ajratish va yangi so’zlardan foydalanishni
mashk kildirish.
Bolalar olgan bilim va ko’nikmalar keyingi Mashg’ulotlar hamda kundalik hayotda
mustahkamlanadi.
Ushbu turdagi Mashg’ulotlarni murakkablashtirish ajratilayotgan sifat va xususiyatlar
to’plamini oshirish yo’lida olib boriladi. eng turlicha to’plam bolalarga turli xil materiallarni
tanishtirishda ro’y beradi. Bunday mazmundagi Mashg’ulotlarga nisbatan metodik talablar
shundayligicha koladi, birok ularning murakkabligi shundaki, bunda sifatga u yoki bu
xususiyatlar belgilari sifatida karaladi.
Narsalarni takkoslashga oid Mashg’ulotlar bolalar lug’atini narsalar, ularning sifatlari va
xususiyatlari haqidagi bilimlarni chukurlashtirish asosida shakllantirish Mashg’ulotlari tizimida
yakunlovchi hisoblanadi.
Bunday Mashg’ulotlar narsalarning kismlari, detallarini ko’rish, ularning sifat va
xususiyatlarini ajrata olish borasida shakllantirilgan kobiliyatga tayanganlari tufayli ular katta
guruhda va maktabga tayyorlanayotgan guruhlarda o’tkaziladi.
Lug’at ishining vazifalarini hal etish borasida ushbu Mashg’ulotlarning maksadi narsalar
ajratishni tavsiflash uchun nisbatan anik so’zlarni tanlash qobiliyatini shakllantirishdir.
Mashg’ulotlar muvaffakiyati, ularning samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarga bog’liq:
Takkoslash uchun narsalarni tanlash. Ular yetarli mikdorda takkoslanayotgan belgilarga
ega bo’lmoђi lozim: farklilik va umumiylik belgilari (rang, shakl, mikdor, kismlar,
detallar, materialning vazifasi va h.k.);
Takkoslashning rejaliligi. Tarbiyachi bolalarni narsalarni umuman takkoslashdan
(vazifasi, rangi, shakli, mikdoriga qarab asta-sekin dastlab farklariga karab, so’ngra esa
o’xshashligiga karab kismlarga ajratish va takkoslashga yo’naltiradi. Takkoslash
umumlashtirish bilan nihoyasiga yetadi, bunda har bir narsaning farklovchi belgilari
ajratiladi.
Narsalarni tanlash. Bunday Mashg’ulotlarda tarbiyachining takkoslashlarni izchil kurish;
bolalarning o’zlari paykamaydigan o’ziga xos xususiyatlarini ko’rish, javobni iloji
boricha anik shakllantirish va zarur so’zlarni tanlashda bolalarga yordam beruvchi savol
va ko’rsatmalari ta’limning asosiy usullari hisoblanadilar.
Tarbiyachi va bolalarning nutqiy faolligini takkoslash. Bu yerda bolalar ham iloji boricha
ko’proq nutqiy faollik ko’rsatishlari zarur. Tarbiyachi o’zining oz so’zli anik savollari,
ko’rsatmalari bilan ularning akliy va nutqiy faolligini uyђotadi.
SHunday qilib, narsalar va materiallarning kismlari, sifatlari va xususiyatlari bilan
tanishtirishga doir Mashg’ulotlar bolalar nutqiga o’zida turli nutq kismlarini: otlar (narsalar va
104
ularning kismlari nomlari), fe’llar (narsalar bilan harakatlar nomlari, narsalardan foydalanish,
kidiruvchilik harakatlari), sifatlarni (sifatlar nomlari) jamlagan so’zlarning ancha keng va xilma-
xil zahirasini kiritish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |