106
Topishmoklar tanlash. Topishmoklar mazmuniga ko’ra bolalar uchun imkonli bo’lishi
lozim, ya’ni u o’ziga xos xususiyatlari bolalarga yaxshi tanish bo’lgan narsalar haqida
bo’lmoђi darkor. SHakliga ko’ra eng imkonli topishmoklar ikki turdagi
topishmoklardir: narsaning nomina aytmagan holda uning o’ziga xos xususiyatlarining
bevosita ta’rifi sifatida kurilgan topishmoklar (kishda ham, yozda ham bir xil rangda»)
va metaforik topishmoklar, bunda bitta narsaning o’ziga xos xususiyatlari boshka narsa
orkali beriladi (masalan, tipratikan haqidagi topishmok: «Daraxtlar ostida, archa ostida,
yugurar yostikcha igna ostida» ).
Mashg’ulotlarda bolalarga topishmoklar javoblarini eslab kolmasdan, obrazli tavsiflar
ortidan real narsalar va ularning xususiyatlarini ko’ra olishni o’rgatishni maksad qilib
ko’yish lozim. Bu quyidagi zaruriyatlarni keltirib chikaradi: birinchidan, bunday
Mashg’ulotlarga ko’rgazmali materiallarni kiritish, ikkinchidan, so’zli obrazni
narsaning anik xususiyatlari bilan takkoslashni o’rgatish, uchinchidan, javobni obraz
talkiniga oid dalil-isbotlar bilan asoslash.
Topishmok topishga baђishlangan Mashg’ulotlar odatda, ikki kismdan iborat bo’ladi.
Birinchi kismida narsalarni fakat topishmokda aks etgan belgilarini ajratgan holda ko’rib chikish
tashkil etiladi. Ayni paytda o’ziga xos xususiyatlarini belgilash uchun topishmok elementlaridan
foydalaniladi.
Mashg’ulotlarning ikkinchi kismi topishmok topishga baђishlanadi. Bu o’rinda tarbiyachi
bolaning topishmok javobini kanday qilib topganligini so’raydi.
Dastlab turli materialda ikki-uchta ana shunday mashђulot o’tkaziladi, so’ngra keyingi
Mashg’ulotlar kiyinlashtirilishi lozim.
Tanish narsalar haqidagi topishmoklarning yangi variantlarini namoyish qilish orkali va
namoyishsiz topish ham kiyinlashtirish hisoblanadi. Birok barcha holatlarda topishmok topish
motivatsiyasi bo’lishi shart. Aynan shu Mashg’ulotlarda bolalarga tanish bo’lgan topishmoklar
ham beriladi, eski topishmoklar takrorlanadi, lekin ular ko’rgazmaviyliksiz amalga oshiriladi.
Lug’at mustahkamlash va faollashtirish maxsus Mashg’ulotlardan tashkari Mashg’ulotlarga
ko’shilgan yoki kundalik hayotda o’tkaziladigan kator didaktik o’yinlar va o’yin mashklari
jarayonida ham amalga oshiriladi. Lug’at faollashtirish uchun ayniksa, maktabgacha bosqichdagi
katta yoshli bolalar guruhlarida keng foydalaniladigan «Teskarisini ayt», «Buyoklar», «Boђbon»,
«Davom et» kabi so’zli didaktik o’yinlar juda foydalidir. Bitta narsaning turga oid
umumlashtirmalarga kiruvchi turli kismlari yoki sifatlari nomini aytish bunday davom etish
mazmuni bo’lishi mumkin.
Mashg’ulotlardan va didaktik o’yinlardan olingan turli xildagi lug’atdan mustaqil
foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarning maishiy muloqotida amalga oshiriladi. Bu yerda
tarbiyachining tutgan o’rni mazmunli suhbatni yo’lga ko’yish, tarbiyachi nutqiga, uning lug’at
tarkibiga nisbatan bolalarning dikkat-e’tibori hamda bolalarning to’plangan lug’atng butun
boyligidan foydalanishlarini tashkil etishdan iboratdir.
Yuqorida ko’rib chikilgan narsalar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda lug’at
shakllantirish tartibi dasturiy talablarni amalga oshiradi hamda maktabgacha yoshdagi bolani
aklan va nutqiy rivojlantirishni birgalikda amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: