O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Besh-olti yoshli bolalarda grammatik ko’nikmalarni shakllantirish



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

Besh-olti yoshli bolalarda grammatik ko’nikmalarni shakllantirish. Bu yoshga kelib 
bola quyidagi asosiy grammatik shakllarni o’zlashtirib olishi mumkin va shart: birlik va ko’plik 
sondagi otlarning old ko’makchi-kelishik shakli,  ko’p sonli sifatlarni kelishiklar, sonlar va turlar 
(rodlar)  bo’yicha  o’zgartirish,  fe’l  shakllari,  ravishlarni  to’g’ri  ko’llash.  Besh  yoshda  bola  o’z 
nutqida  garchi    ayrim  gap  turlari  uning  uchun  hali  ancha  kiyin  bo’lsa  ham,  ko’shma  gaplardan 
foydalanadi.  Old  ko’makchilar  va  boђlovchilar  turli  xil  ma’nolarda  ko’llaniladi.  Ko’proq 
umumlashtiruvchi  so’zlar  ko’llay  boshlanadi:  mebel,  ovkat,  idish-tovoklar,  o’yinchoqlar, 
transport. Umuman bolaning so’z zahirasi ortib borgani sayin uning nutqi ravon va izchil bo’lib 
boradi.  Besh  yoshli  bolalar  tuzayotgan  gaplarda  ular  o’zlariga  yaxshi  tanish  bo’lgan 
hodisalarning (ertaga, kechasi, yakshanba va h.k.) sabab-okibatli munosabatlarini ifodalaydilar. 
Dasturga  muvofik  tarbiyachi  besh  yoshli  bolalarga  nutq  asosiy  kismlarining  grammatik 
shakllarini to’g’ri ko’llashni o’rgatishga doir ishlarni davom ettirishi lozim. 
Bolalarga  o’z  nutqida  vaktli,  maksadli  va  sababli  sintaktik  munosabatlarni  (Kachon? 
Qaysii  maksadda?  Qaysii  maksad  uchun?  Nima  uchun?  Nega?  kabi  savollarga  javob  berish) 
ifodalashni  o’rgatish  zarur.  Tarbiyachi  nutqka  kator  old  ko’shimchali  fe’llarni  kiritadi,  ayni 
paytda Nima kilding? Nimani qilib bo’lding? (chizdim-chizib tugatdim, yuvdim – yuvib bo’ldim 
va  h.k.)  savollariga  javob  beruvchi  fe’llar;  savolga  karab  asosi  o’zgaradigan  fe’llar  (Nima 
kilayapman,  Nimani  qilib  tugataman?:kurib  tugataman  –  kurib  tugatayapman,  sakrayman  - 
sakrayapman);  kelgusi  oddiy  va  kelgusi  murakkab  zamonli,  -di  ko’shimchali  va  usiz  shakldagi 
fe’llar  («Men  o’ynamokchiman»  -  «Men  o’ynayapman»,  «U  kiyinmokchi»,  «U  kiyinadi»); 
bahoni (yaxshi-yomon, ifodali, tez, sekin, past, baland); vaktni (bugun, kishda, yozda va boshk.); 
joyni  (bu  yerda,  anavi  yerda,  shu  yerda,  o’ngda,  chapda,  balandda,  pastda,  anavi  tomonga) 
belgilovchi  eng  ko’p  tarkalgan  ravishlar;  gapda  so’zlarni  boђlash  va  gaplarni  boђlash  uchun 
foydalaniladigan  to’kima  boђlovchilar  (va,  esa,  ammo,  birok);  gaplarni  boђlash  uchun  xizmat 
kiladigan bo’ysundiruvchi boђlovchilar  (uchun, chunki, agar, kachonki,  zero) ustidan birlamchi 
kuzatishni amalga oshiradi. 
Hayotining  beshinchi-oltinchi  yilini  boshdan  kechirayotgan  bolalarda  grammatik 
ko’nikmalarni  shakllantirish  maishiy  muloqot  jarayonida  va  ayni  paytda  predmetli 
Mashg’ulotlarda  maxsus  nutqiy  mashklarni  o’tkazishda,  suratlar  bilan  ishlashda  ro’y  beradi. 
Mashg’ulotlar uchun taklif etilgan didaktik material zamon kategoriyalari, sonlar, shaxslar, turlar 
(rodlar),  fe’llarni  o’zlashtirishga,  nutqda  tugallangan  va  tugallanmagan  ko’rinishdagi  fe’llarni 
amalda  ko’llashga  yordam  berishi  zarur.  Bolalarni  amalga  oshirilayotgan  va  amalga  oshirib 
bo’lingan harakatlarni farklashga o’rgatish uchun ularga tanish vaziyat bilan bog’liq holda anik 
xususiyat baxsh etish lozim. 
Gap  tuzishda  «bugun»,  «hozir»,  «endi»  ravishlarini  hozirgi  zamon  fe’li  bilan,  «kecha», 
«anchadan buyon», «yakinda» ravishlarini o’tgan zamon fe’li bilan boђlash muhimdir. 
Maxsus  mashklarda  boђlangan  ko’shma  gap  va  ergashgan  ko’shma  gaplardan  iborat 
bo’lgan ko’shma gaplar tuzishga doir ishlar sezilarli ahamiyat kasb etishi darkor. Buning uchun 
savol-javob shaklidan foydalangan ma’kul. Dastlab bola ko’shma gapning fakat ikkinchi kismini 
(aslida ko’yilgan savolga javob ham shu) aytadi, keyinchalik esa undan ko’shma gapni butunicha 
aytishini  talab  qilish  zarur.  Ko’pincha  bolalar  aynan  ergash  gaplarni  ko’llashda  xatoga  yo’l 
ko’yadi. 
Ko’shma  gaplarni  tuzishga  doir  Mashg’ulotlar  turlicha  o’tkazilishi  mumkin:  suratlar 
bilan:  syujeti  bir-biriga  yakin  bo’lgan  ikki  surat  tanlab  olinadi:  uning  birida  o’rin-ko’rpasini 


 
119 
yozayotgan  kizcha,  ikkinchisida  esa  –  uxlayotgan  kizcha  tasvirlangan.  Tarbiyachi  rahbarligida 
bola gap tuzadi: «Gulya endigina joy solayapti, Lola bo’lsa uxlab koldi». 
Gap tuzish «Nima oldin, nima keyin?», «Hammasi teskari», «Xatosini top» kabi o’yinlar 
bilan  bog’liq  bo’lishi  ham  mumkin.  Ushbu  o’yinlarni  o’tkazishda  bolalar  «va»  biriktiruvchi 
boђlovchisi va «yoki» ajratuvchi boђlovchisi yordamida gap tuzadilar. 
Nima  uchun?  Nega?  savollariga  javob  beruvchi  gaplarga  alohida  e’tibor  karatish  lozim. 
Bunday  gaplarni  tuzish  uchun  o’yinchoqlardan,  suratlar  turkumidan  foydalanish,  syujetli-rolli 
o’yinlarni  tashkil  qilish  mumkin.  Bu  borada  «Telefon»  o’yini  katta  imkoniyatlar  yaratadi  – 
bolalar  o’zlarining  «telefon»  suhbatlarini  hikoya  qilishda  ko’shma  gap  tuzishlari  shart:  «Barno 
unga ko’ђirchokni keltirishimni iltimos kildi». 
Ko’shma  gaplarni  tuzishga  doir  ishlar  sayrda,  tabiat  bilan  tanishuvda,  rasm  chizish, 
musika Mashg’ulotlarida  davom  ettirilishi lozim. Orttirilgan nutqiy  ko’nikmalar  sahnalashtirish 
o’yinlarini, didaktik va harakatchan o’yinlarni o’tkazishda mustahkamlanadi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish