O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

Statik suratlar – bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar 
yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vakt rejimida olib boriladi. 
Harakatlanadigan  suratlar  –  (bosmaxonada  chop  etilgan  turkum  suratlar,  diafilmlar, 
diapozitivlar  va  boshk.)  –  bayon  qilish  uchun  didaktik  materiallardir:  ularda  tasvirlangan 
narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir. 
Mulohaza  yuritish  uchun  materialni  har  kanday  surat  berishi  mumkin,  fakat  buning 
uchun «nima uchun?» ( u yoki bu vokea, harakat yuz berdi) yoki «kanday vaziyatda?» (narsa u 
yoki bu belgiga ega bo’ladimi-yo’kmi?) degan savol to’g’ri ko’yilsa bo’ldi. 


 
93 
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi: 
ular oson kompozitsiyaga ega bo’lib, ularda ayrim ob’ektlarni ajratib ko’rsatish, ularning o’zaro 
munosabatini  aniklash  ham  osondir  («Biz  o’ynayapmiz»,  «Uy  hayvonlari»,  «YOvvoyi 
hayvonlar», «Yil fasllari» va boshk.).  
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o’z shakli bilan belgilanadi. 
Bolalarga  yaxshi  tanish  bo’lgan  ertaklar  va  hikoyalarga  ishlangan  diafilmlar  va  diapozitivlar 
bolalarga monologik  nutqni  o’rgatish uchun  ayniksa,  juda  kulaydir.  Dastlab  bolalar  ularni  ko’p 
marta tomosha kiladilar, uning titrlari o’qib chikiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so’ngra 
titrlarni o’kishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavhalarni hikoya qilib berishiga o’tiladi. 
Monologni  o’kitish  jarayoni  (bayon  qilish,  tavsiflash,  mulohaza  yuritish)  shundan 
iboratki,  tarbiyachi  o’z  rejasi  (savollar  zanjiri)  asosida  birinchidan,  bolaga  mavzudan  chikib 
ketmaslikka,  vokealarni  mantikiy  ketma-ketlikda  bayon  qilishga  yordam  beradi,  ikkinchidan, 
hikoyachi  nutqining  emotsional  ifodaliligi  haqida  kayђuradi  va  ushbu  mavzu  uchun  mos 
keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoklar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif kiladi. 
Bolalarning tasavvur asosidagi og’zaki to’kima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri 
hisoblanadi.  Xayolparast  bolalar  suratlarning  boshlanishi  yoki  nihoyasini  ishtiyok  bilan  o’ylab 
topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan vokealardan oldin yuz berishi mumkin bo’lgan vokealarni 
yoki  suratda  tasvirlangan  vokealardan  keyin  yuz  berishi  mumkin  bo’lgan  vokealarni  o’zlari 
to’kiydilar;  tanish  ertaklar  yoki  hikoyalar  mavzusida  kontaminatsiya
8
  tuzadilar,  kahramon 
nomidan (1-shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya kiladilar, unda yil faslini o’zgartiradilar va h.k.; 
o’zlari ertak hamda hikoyalar to’kiydilar.  
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin: 
-suratlar asosida ijodiy to’kima; 
-badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar; 
-ertaklar hikoyalarni erkin to’kish. 
Surat asosida ijodiy to’kishni maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalar bilan amalga 
oshirish tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har kanday narsa haqida bo’lishi mumkin. 
Badiiy  asarlar  mavzusidagi  kontaminatsiyalar.  Bolalar  katta  ishtiyok  bilan  o’zlarini  o’z 
sevimli  kahramoni    (kahramonlari)  tushib  kolgan  vaziyatlarga  ko’yib  ko’radilar,  uning 
harakatlarini  o’zlashtiradilar,  muallifni  «tuzatadilar»,  asar  kahramonlarining  muayyan 
vaziyatlardagi    sarguzashtlarini  ijodiy  jihatdan  qayta  hazm  kiladilar.  Bolalarning  ushbu 
xususiyatidan  eng  avvalo,  ularda  olijanob  xarakter  kirralarini  tarbiyalashda  foydalanish  zarur. 
Nutqni  rivojlantirish  uchun  –  monologni  o’rgatish:  tarbiyachi  yoki  ota-onalardan  birontasining 
iltimosi  bilan  raђbatlantirilgan  bolalar  ishtiyok  bilan  xayol  sura  boshlaydilar,  o’zlarini  badiiy 
asarning biron-bir kahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur kiladilar. 
YAxshilik  va  go’zallikka  karama-karshi  ko’yilgan  ertakdagi  hamda  real  hayotdagi 
yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. 
Hikoya  to’kish  –  kombinatsiyani  o’rgatish  metodikasi  quyidagicha:  bolaga  ertak  yoki 
hikoyaning  muayyan  lavhasini  bu  xuddi  uning  o’zi  bilan  yuz  bergani  kabi  o’z  nomidan  aytib 
berish  taklif  kilinadi.  Pedagog  «to’kish»ning  borishini  hamdardlik  bilan  kuzatib  boradi,  o’zini 
bolaning har bir so’ziga  ishonayotgandek qilib ko’rsatadi,  ayni paytda bolaning nutqini kuzatib 
boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni  unga xalakit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda 
pedagog  uning  bola  asar  kahramonlarining  ijobiy  xususiyatlaridan  namuna  oladigan  darajada 
munosib  bo’lishiga  alohida  e’tibor  karatishi  lozim.  Zero,  ushbu  yoshda  bolaning  o’rganganlari 
butun umrga muhrlanib koladi.  
Erkin  to’kish  shundan  iboratki,  bunda  bolaga  ertak  yoki  «bo’lishi  mumkin  bo’lmagan» 
loflarni  to’kish  uchun  to’lik  erkinlik  beriladi.  To’kishga  ataylab  o’rgatilmaydi,  ammo  erkin 
(mustaqil) ijod qilish kobiliyati bolalar bog’chasida va uyda bola nutqini rivojlantirish ishlarining 
                                              
8
 Контаминация (лотинча Contaminatio – тњљнашиш, њрнини алмаштириш; матн усули, бир асарнинг турли таќрирдаги 
љисмларини бирлаштириш), КСЭ, 622-бет, 4-нашри, М., 1987. 


 
94 
butun  tizimi  doirasida  tarbiyalab  boriladi.  Bola  nutqiy  jihatdan  qanchalik  yaxshi  tayyorlangan 
bo’lsa, undagi tasavvur va ijodiy kobiliyat shunchalik yaxshi rivojlanadi. 
Leksikasi boy, grammatik to’g’ri bo’lgan, eng asosiysi – mantikiy va ifodali mustaqil ijod 
qilish  olti-etti  yoshli  bolalarning  ko’lidan  keladi.  Bungacha  ularning  to’kimalari  –  o’zlariga 
tanish  bo’lgan  badiiy  asarlarning  mantikiy  jihatdan  bir-biri  bilan  bog’liq  bo’lmagan  so’zlar 
to’plamidan iborat bo’ladi. 
Kichik  yoshdagi  bolalarning  hikoya  to’kishga  kodir  emasliklarini  me’yordan  chekinish, 
deb  hisoblamaslik  lozim.  Bu  tabiiy  bo’lib,  bolalarning  nutqi  va  fikrlash  darajasi  hali  hikoya 
to’kish uchun yetarli emasligi bilan izohlanadi. 
Qayta  hikoya  qilishni  mashk  qilish  hikoya  to’kish  borasidagi  tayyorgarlik  ishi 
hisoblanadi. 
Ravon  nutqni  (hikoya  qilishni)  rivojlantirishning  asosiy  sharti  kattalar  va  bolaning 
birgalikdagi  so’z  ijodkorligi  hisoblanadi.  Yuqorida  kayd  etilganidek,  hatto  besh  yoshli  bolalar 
ham  tanish  ertaklarni,  to’kima  vokealarni  hikoya  qilishga,  o’z  shaxsiy  tajribasidan  kelib  chikib 
hikoya  qilishga  kizika  boshlaydilar.  Katta  odam  yo’naltiruvchi  va  aniklashtiruvchi  savollar 
berish,  o’zining  kizikayotganligini  bildirish,  o’yin  vaziyatlarini  hosil  qilish  (o’yinchoqlar, 
rasmlar  to’plami,  ko’ђirchok  teatrli  kahramonlari  yordamida)  bola  tashabbusini  ko’llab-
kuvvatlashi  zarur.  Pedagogning  hikoya  mavzusini,  vokealar  rivojini,  vokelarning  ehtimoliy 
yakunini, so’z shaklini aytib berishi birgalikdagi so’z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga egadir. 
Birgalikda  hikoya  qilib  berish  dastlab  dialog  ko’rinishiga  ega  bo’ladi,  bunda  katta  odam  savol 
beradi,  bola  javob  beradi,  katta  odam  gapni  boshlaydi,  bola  esa  uni  nihoyasiga  yetkazadi. 
Bunday  dialogdan  nutq  –  monolog  tuђiladi.  Keyinchalik  bola  monologi  asosida  bolalarning 
birgalikdagi  ijodkorligi  boshlanadi,  u  kattaning  bolaning  bilan  dialogi  shaklini  takrorlaydi. 
Birgalikda  hikoya  qilish  uchun  yaxshi  asos  rasmlar  turkumi  bilan  ishlashda,  rollarga  bo’linib 
hikoya qilib berishda, o’yin-sahnalashtirishlarda yaratiladi. 
Maktabgacha  davrdagi  katta  yosh  –  bolaning  nutqni  o’rganishga  kizђin  kirishish,  til 
vokeligini eng oddiy tarzda anglash  davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til sohasidagi boy 
tajribasi,  anik,  obrazli  so’zda  ifodalangan  yorkin  taassurotlari,  kechinmalari  uning  til  va  nutq 
sohasidagi mustaqil faoliyatining muhim shartidir.  
Muammoli  nutq  holatlari  fonetik, lekski va  grammatik  mazmundagi  turli  so’zli  didaktik 
o’yinlarda  modellashtiriladi.  SHuning  uchun  bolalar  bog’chasida  didaktik  o’yinlarni  tashkil 
qilishni bolalarda so’zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida 
ko’rib chikish mumkin. 
Leksik  mazmundagi  o’yinlar  va  mashklar  nutqning  mazmun  jihatini  rivojlantirishning 
zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob’ektlarni kiyoslash,  ularning turli umumiy 
xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir.  
Real  ob’ektlar  (o’yinchoqlar,  rasmlar,  kiyimlar,  mebellar  va  h.)  ham  va  tasavvur 
kilinadigan  vaziyatlar  (kuvnok  va  ma’yus  ayikcha,  ertagi  va  kechki  ob-havo,  kahramonning 
vokea  boshidagi  va  uning  yakunidagi  kayfiyati)  ham  takkoslanishi  mumkin.  Hikoyani 
boshlashdan  oldingi  lug’at  mashklari  bolalar  ravon  nutqining  anik  va  obrazli  so’zlar  hamda 
iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi. 
Turli  toifadagi  so’zli  o’yinlar,  mashklar,  muammoli  vaziyatlarning  o’zaro  bog’liqligi, 
ularning  asta-sekin  murakkablashuvi,  muammoli  nutq  vazifalarini  muntazam  ravishda  ko’yib 
borish  -to’lakonli  nutqiy  rivojlantirishning  muhim  sharti  hisoblanadi.  Bolalar  tili  va  ularning 
ravon nutqini rivojlantirishga doir doimiy ishlarning makbul shakli maxsus nutq Mashg’ulotlari 
hisoblanadi,  unda  nutqni  rivojlantirishga  oid  vazifalar  yalpi  tarzda  va  o’zaro  bog’liqlikda  hal 
etiladi. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish