Besh yoshli bolalarga ham tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri savollar berish orkali qayta
hikoya qilishda yordamlashishi lozim, ammo ayni paytda u mavzuni rivojlantiruvchi savollar
turkumi (zanjiri)ni berishi, ya’ni hikoya qilishning oddiy rejasini tuzishi darkor. Dastlab reja
bor-yo’ђi 2-3 ta savoldan iborat bo’lishi mumkin. Keyinchalik esa, bolalarning vokealarni vakt
bo’yicha izchillikda bayon qilish zaruratini o’zlashtirishlari(bayoniy matnlar), tavsifiy matnlarni
hikoya qilib berishni o’rganishlariga karab, bayon mavzusi murakkablashtirilib borilishi lozim.
Birincha marta pedagog bolalar asar mohiyatini kabul qilishlari, undan estetik zavk
olishlari uchun butun matnni o’qib beradi. Uni kismlari bo’yicha qayta aytib berish mumkin:
tarbiyachi asarning tugallangan bir kismini o’qib beradi, so’ngra uning butun mazmunini kamrab
olgan savollar turkumini beradi va bolalar ushbu parchani hikoya qilib beradilar. Ayni paytda
tarbiyachi bolalarning nafakat so’zlarning to’g’ri aytishlari va gap tuzishlari, balki asarda
ishtirok etayotgan shaxslarning suhbatlarini ifodali qilib aytishlarini nazorat qilib boradi.
Ushbu yoshdagi bolalarga asta-sekin kidiruv savollarini, ya’ni mulohaza yuritishga
yordam beruvchi savollarni o’rgatish zarur. Odatda bu savollar so’rok so’zlaridan iborat bo’ladi,
ya’ni: Nima uchun? Nega? Kanday? Kay tarzda? Nega endi?
Hayotning oltinchi va yettinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga badiiy asarlarni
hikoya qilib berishda pedagog yordamlashishi zarur, bunda u savolllarni nima uchun va nimani
so’zlash zarurligi; narsalarni kanday tartibda tavsiflash va vokealarni kay tartibda bayon qilishni
belgilab beruvchi ko’rsatma tusida berishi zarur.
Hikoya qilishni o’rgatishda pedagog bolalarning dialogik nutq bilan birgalikda asar
kahramonlarining kechinmalariga mos ravishda ovoz ohangini o’zgartirishni o’rganishlari
zarurligini unutmasligi lozim.
Bolalarning katta badiiy asarlarni butunlay hikoya qilib berishlari shart emas: hikoya qilib
berish uchun ayrim lavhalarni, narsalar yoki vokealar tavsifini ajratib olish mumkin.
Agarda tarbiyachi maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarga ahyon-ahyonda
kidiruv savollarini bersa, yetti yoshli bolalar bilan ishlashda va ularga badiiy asarni nafakat aytib
berishni, balki uning mazmunini tushungan holda mulohaza yuritishni o’rgatishda u bolalarga
ko’proq shunday toifadagi savollarni berishi zarur, ayni paytda tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri,
yo’naltiruvchi va hatto aytib turuvchi savollardan ham voz kechmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |