O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Hikoya qilishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi. Hikoya to’kishni



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

Hikoya qilishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi. Hikoya to’kishni 
o’rgatish 
Hikoya – biron-bir fakt, vokeaning mustaqil tuzilgan keng kamrovli bayonidir. 
Hikoya  tuzish  –  hikoya  qilib  berishga  nisbatan  ancha  murakkab  faoliyatdir,  chunki 
bolalarning  o’zi  ushbu  mavzu  bo’yicha  hikoya  mazmuni,  uning  nutqiy  shaklini  tanlashlari,  uni 
ketma-ket (tarbiyachi yoki o’z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. 
Hikoyalar shakliga ko’ra tavsifiy va syujetli bo’lishi mumkin.  
Tavsiflash  –  narsa  yoki  hodisaning  o’ziga  xos  belgilarini  bayon  qilishdir.  Tavsiflash 
kiska  bo’lishi  va  muayyan  tuzilma  asosida  tuzilishi  lozim:  dastlab  narsaning  nomi  aytiladi, 
so’ngra  uning  o’ziga  xos  belgilari,  uning  kismlarining  nimaga  mo’ljallanganligi  va  ular 
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda narsaning vazifasi bayon kilinadi. Tavsifiy hikoyalar kiyosiy 
(karama-karshi  belgili  hamda  hajmi,  rangi,  materiali,  kismlari,  shakliga  karab  bosqichma-
bosqich takkoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izohlovchi (mulohaza yuritish, isbotlash bilan 
birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib ko’rsatish) bo’lishi mumkin. 


 
92 
Syujetli (bayoniy) hikoya – vokealarni biron-bir kahramon bilan birgalikda vakt bo’yicha 
ketma-ketlikda  aytishdir.  Bolalarga  uni  odatdagi  tuzilma  asosida  tuzishga  o’rgatish  zarur  – 
dastlab  kahramonning nomi  aytiladi, ba’zan  uning  tashki ko’rinishi  tavsiflanadi,  birinchi vokea 
bayon  kilinadi,  u  kachon  va  kaerda  yuz  berganligi  tushuntiriladi,  so’ngra  ikki-uch  lavha 
keltiriladi va hikoya yakunlanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko’rsatish mumkin: 
-kabul  kilinishiga  karab  aytiladigan  hikoyalar  (bolaning  hikoya  paytida  nimani 
ko’rayotganligi haqida hikoya); 
-xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni kabul kilganligi haqida 
hikoya); 
-tasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya). 
Kabul  qilish  va  xotira  asosidagi  hikoyalar  faktli  materiallarga  asoslangan  bo’lib,  bolalar 
faktlarni bayon kiladilar. 
Tasavvurga  asoslangan  hikoyalar  ijod  mahsuli  bo’lib,  unda  hikoyachi  bola  mavzuga 
karab o’z tajribasining shaklini o’zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi. 
Bitta  mashђulotda  bitta  fikrda  hikoyalar  turlarining  aralashib  ketishiga  yo’l  ko’yish 
mumkin: bola o’yinchokni tavsiflab (kabul qilish asosidagi hikoya) bo’lganidan so’ng uni kaerda 
sotib olganligi yoki uni kanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. 
Yuqorida  sanab  o’tilgan  barcha  hikoyalar  turlari  ta’lim  maksadlaridan  kelib  chiqqan 
holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. 
Bolalarni  hikoya  qilishga  xuddi  suhbatga  tayyorlagandek  tayyorlash  lozim:  bolalar 
hikoya predmetini butun hayotiy to’liklikda, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi, hidi, 
ta’mi, ovozi, harakat tusi va boshk.) o’ziga tasavvur qilishi zarur;  narsaning barcha belgilarini, 
harakatlarini    va  ularning  munosabatlarini  aytish  uchun  bolalarda  zahirada  so’zlar,  grammatik 
shakllar bo’lishi lozim. Hikoya qilishni mashk qilishdan oldin leksik, grammatik (zarur hollarda 
- fonetik) mashklar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashk qilish zarur. 
Hikoyaning  maxsus  vazifasi  (qayta  hikoya  qilish  vazifasi  kabi)  –  monologik  nutqni 
rivojlantirishdan iborat. 
Tarbiyachi  hikoya  qilishni  o’rgatishni  savollar  zanjiri  yordamida,  ya’ni  bolaning  bayon 
qilish,  tavsiflash  yoki  mulohaza  yuritishda  mantikka  amal  qilishini  ko’zda  tutuvchi  reja 
yordamida amalga oshiradi.   
Hikoya rejasi oddiy bo’lishi, ya’ni bir chizikdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab
ya’ni  keng  tarmoklangan  ko’shimcha  (aytib  turuvchi  yoki  fakat  yo’naltiruvchi)  savollar  zanjiri 
shaklida bo’lishi mumkin. 
Turli  yosh  guruhlaridagi  bolalar  bilan  Mashg’ulotlar  turlicha  o’tkaziladi  va  ushbu 
Mashg’ulotlarda bolalarga ko’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi. 
Hikoyaga oid Mashg’ulotlarda doimo tanikli she’rlar, ertaklar, makollar, topishmoklarni 
esga  olish  maksadga  muvofikdir:  bu  bolalarning  emotsional  kayfiyatini  ko’taradi  va  ularning 
hikoyalarini yanada ifodali kiladi. 
Monologik  nutqka  oid  Mashg’ulotlarni  real  ob’ektlarga  (kuyoncha)  tayanish  usullari 
yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mehnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maksadga 
muvofikdir. 
Bolalar  suratlarga  karab  hikoya  qilishni  tegishli  suratlarni  (harakatlanadigan  yoki 
harakatlanmaydigan) ko’rib chikish jarayonida o’rganadilar. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish