O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berish. 
Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki, bola tayyor mazmunni qayta 
aytib beradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so’z oborotlari, tuzilish), uni 
o’kiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi 
takrorlash  emas,  balki  matnni  tushungani  holda  erkin  va  emotsional  aytib  berishdir.  Qayta 
hikoya qilib berishni o’rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sekin kiyinlashtirilib boriladi – 
yaxshi  tanish  ertaklar,  hikoyalarni  aytib  berish,  yangi  o’qib  chikilgan  asarlarni  aytib  berish, 
hikoyachi  shaxsini  o’zgartirgan  holda  (birinchi  shaxs  nomidan  emas,  balki  uchinchi  shaxs 
nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda 
tuzilgan  reja  asosida  aytib  berish,  o’xshashlik  asosida  (analogiya  bo’yicha)  aytib  berish 
(kahramonni,  mavsumni  o’zgartirish  va  h.k.),  sahnalashtirgan  holda  aytib  berish  (o’yinchoqlar 
siluetlar),  bolalar  tanlovi  bo’yicha  aytib  berish.  Hikoya  qilib  berish  uchun  quyidagilar  matn 
sifatida xizmat qilishi mumkin: 

  Maishiy  tusdagi  axborot,  uni  tarbiyachi    har  kuni  erkin  muloqot  choђida  bolalarga 
beradi, so’ngra bolalar uni bir-birlariga va oila a’zolariga so’zlab beradilar; 

  Badiiy adabiyot matnlarini aytib berish, uni bolalar monologik nutqni o’rgatishga oid 
maxsus Mashg’ulotlarda aytib beradilar; 

  Tarbiyachi bilan ishga kelishda yo’lda, do’konda, sayrda yuz bergan (yoki yuz berishi 
mumkin  bo’lgan)  turli  xil  vokealar  uning  axboroti  mavzusi  bo’lib  xizmat  qilishi 
mumkin.  SHuningdek,  bu  insonni  o’rab  turgan    jonzotlar,  gullar,  o’simliklar  va 
hashorotlarga  oid  har  kanday  ko’rinishdagi  bayonlar  bo’lishi  ham  mumkin.  Ushbu 
hikoyalar  bayon  qilish  monologi,  tavsiflash  monologi  shaklida  bo’lishi  lozim. 
Maktabgacha  bosqichdagi  katta  yoshli  bolalarga  mo’ljallangan  axborotlar  esa 
mulohaza-monologlar bo’lishi lozim. 
Har bir axborot o’zining didaktik vazifalariga ega: 
-sof bilish tusidagi hikoyalar bolalarning dikkat e’tiborini biron-bir hodisaga jalb qilish va 
ayni  paytda  ularning  leksikasini  boyitish,  ularga  yangi  grammatik,  sintaktik  shakllar  berishga 
mo’ljallangan; 
-axborot  –  bolalarga  hikoya  qilishni  o’rgatish  uchun    maxsus  didaktik  material,  ya’ni, 
monologik  nutq  namunasi  bo’lib,  u  bolalarda  nutqdan  foydalanish  qobiliyatini  rivojlantirish, 
ularning leksik va grammatik ko’nikmalarini faollashtirishga mo’ljallangan. 
Ushbu  toifadagi  monologlarga  tarbiyachi  fakat  bolalarga  tanish  bo’lgan  leksik  va 
grammatik  shakllarni  kiritishi,  ya’ni  bolalar  bilan  fakat  ularga  tanish  bo’lgan  narsalar  va 
hodisalar haqida so’zlashishi mumkin. 
SHunday  qilib,  bolalar  o’zlari  uchun  ancha  kiyin  bo’lgan  monolog-nutq  shaklini 
o’zlashtirib olmagunlaricha ana shunday qilish zarur. 


 
90 
Borlikning  so’zli  tasvirlari,  hayotda  ro’y  bergan  vokealarni  pedagog  do’stlar  bilan 
so’zlashgandagi kabi ishonchli ohangda yoki aksincha, kuvnok, yumor bilan aytib berishi lozim, 
fakat  shundagina  tarbiyachining  nutqi  (axboroti)  bolalarga  kuchli  ta’sir  ko’rsatadi,  va  ular  uni 
boshka  bolalarga  ham  ishtiyok  bilan  so’zlab  beradilar  va  shu  bilan  o’z  nutqlarini  yanada 
rivojlantiradilar.  Pedagog  ota-onalarga  o’z  farzandlarini  bolalar  bog’chalaridan  olib 
ketayotganlarida yo’lda uning so’zlarini dikkat bilan tinglashni va bola aytib berayotgan hikoya 
mazmuni  juda  kizikarli  ekanini  ko’rsatishlarini  tavsiya  qilishi  zarur.  SHu  tarika  barcha 
bolalarning hikoya qilishlari natijasida nutqiy mashklar ham bajariladi.  
Badiiy  asarlarni  hikoya  qilib  berishda  bolalarga  yordamlashish  so’zli  kabul  qilish 
vositalari va asosan, turli xil savollar orkali amalga oshiriladi. 
Savollarning  quyidagi  turlari  mavjud.  Monologik  matnni  hikoya  qilib  berishga  yordam 
beruvchi savollar: 
-birgalikda  hikoya  qilishga  yo’naltiruvchi  savol  (iboradagi  so’nggi  so’zga  ko’yilgan 
savol); 
-aytib turuvchi savol; 
-yo’naltiruvchi savol; 
-to’g’ridan-to’g’ri savol; 
-to’g’ridan-to’g’ri savollar zanjiri (reja); 
-kidiruv savollari; 
-ko’rsatma savollari. 
Qayta hikoya qilib berishdan oldin bolalarga ushbu asar matni o’qib beriladi. Hayotining 
ikkinchi  yilini boshdan kechirayotgan bolalar bilan o’tkazilayotgan Mashg’ulotlarda pedagogga 
birgalikda  hikoya  qilishga  yo’naltiruvchi  savollarni  ko’llash,  ya’ni  iboradagi  so’nggi  so’zga 
savol ko’yish tavsiya etiladi: - Bir bor ekan, bir …. Bir… nima ekan? – yo’k ekan. 
Ko’pincha  pedagogga  o’z  savoliga  o’zi  javob  berishga  va  bolaning  ushbu  javobni 
qaytarishiga  erishishga  to’g’ri  keladi.  Bolaning  tarbiyachi  aytayotgan  iborani  oxiriga  yetkaza 
olishi  uchun  unga  badiiy  asarni  necha  marta  o’kish  kerakligi  uning  nutqiy  rivojlanganligiga 
bog’liq bo’ladi. 
Birinchi sanok she’rni bola taniy boshlashi, undagi ayrim so’zlarni  yodda saklab kolishi 
uchun  u  sanok  she’rni  besh  yoki  o’n  marta  eshitishi  mumkin.  Birok  bola  bilan  anik  maksadni 
ko’zlagan  holda  ish  olib  borilsa,  uning  yoshiga  mo’ljallangan  ikkinchi  sanok  she’rni  u 
birinchisidan ancha tez o’zlashtirib oladi. 
Uch  yoshli  bolalarga  hikoya  qilishda  yordamlashar  ekan,  tarbiyachi  aytib  turuvchi 
savollardan  foydalanadi  (Boђda  mo’ylovli  mushukcha  yuribdi.  Boђda  nima  yuribdi?  Muylovli 
mushukcha boђda yuribdimi?). 
Aytib turuvchi savollar asosida hikoya qilishni yana aks ettirilgan hikoya qilish deb ham 
atashadi.  Ushbu  usulning  maksadi  –  bolalarning  alohida  so’zlarni  takrorlashiga  emas,  balki 
badiiy  asarning  butun  iboralarini  takrorlashlariga  erishish,  ularga  matnni  erkin  yodlab  olishda 
ko’maklashishdan iborat. 
Hayotining to’rtinchi  yilini  boshdan  kechirayotgan bolalarga  hikoya  qilishda  tarbiyachi 
hikoyani yo’naltiruvchi savollar, ba’zida esa aytib turuvchi savollar bilan osonlashtirgani holda 
to’g’ridan-to’g’ri savollar bilan yordam berib turadi. 
Agarda  she’r  qayta  aytib  berilayotgan  bo’lsa,  bolalarning  uning  tez-tez  ko’llaniladigan, 
oson  esda  saklab  kolinadigan  ayrim  kismlarini  yoddan  bilganlari  ma’kul.  SHunda  ular 
tarbiyachining  savollariga  she’rdan  tsitatalar  bilan  javob  berishlari  mumkin,  lekin  bularni  ular 
bilan oldindan kelishib olish lozim. 
Nasriy  asarlarni  qayta  aytib  berishda  ham  bolalarning  javoblari  iloji  boricha  badiiy 
matnga  yakin  bo’lgani  yaxshi.  SHuning  uchun  tarbiyachining  to’g’ridan-to’g’ri  savollari 
bolalarga  nafakat  lug’atdan,  balki  matn  sintaksisidan  ham  iloji  boricha  to’larok  foydalanishda 
yordam  berishi  lozim.  Agarda  bolalar  matnni  unutib  ko’ygan  bo’lsalar,  tarbiyachi  uni  aytib 
turadi. 


 
91 
To’rt  yoshli  bolalar  tomonidan  bayon  qilish  va  tavsiflash  tusidagi  asarlarni  hikoya 
qilishda  ularga  so’zli  usullar  orkali  yordam  ko’rsatish  zarur.  Bu  yoshdagi  bolalarga  tavsiflash 
uchun  mulohaza  yuritishni  bilish  talab  etiladigan  asarlarni  tanishtirish  tavsiya  kilinadi.  Ular 
bilan  tanishtirish,  keyinrok  esa  qayta  hikoya  qilish  uchun  mustaqil  mulohaza  yuritishga 
tayyorgarlanish  hisoblanadi.  Bunday  asarlarni  hikoya  qilishga  o’rgatishda  real  obrazlarga 
tayanish  lozim:  so’zli  usullarni  didaktik  o’yin  yoki  real  narsalarni  ko’rsatish  bilan  birgalikda 
amalga oshirish mumkin. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish