IX – MAVZU.
BOLALARGA MONOLOGIK NUTQNI O’RGATISH
Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’kitish ishining mazmuni va uning
vazifalari.
Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi.
Hikoya qilib berishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularni o’rgatishning izchilligi.
Hikoya to’kishni o’rgatish.
Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’kitish ishining mazmuni va uning
vazifalari
Bolalarga monologik nutqni muntazam o’kitish taxminan besh yoshdan boshlanadi.
Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o’kish va sanok she’rlarni
yodlash jarayonida boshlanadi. To’rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon
qilish turlarini ko’llashga, yetti yoshdan boshlab esa – kiska mulohaza yuritishga kodir
bo’ladilar.
Monologning kiyinligi shundaki, u dikkat-e’tiborini o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan vokea
yoki badiiy asarga karatgan boladan bir vaktning o’zida nafakat narsalar, hodisalarni paykash,
balki ular o’rtasidagi bog’liqlikni ham sezishni talab kiladi. Bu bir vaktning o’zida fikrlash va
nutqni rivojlantirish vositasi hisoblangan xotirani ham ishga solishga olib keladi.
Kattalar bolaga ђamxo’rlik ko’rsatib, monologlar uchun mavzu kidirish, bolalarni
tinglash orkali bu mushkulotlarni yengib o’tishda ularga yordam beradilar.
87
Bolalarga monologik nutqni to’g’ri o’rgatish uchun pedagog maktabgacha bosqichdagi
katta yoshli bolalarning yosh imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur. Ular nutqiy sohada nimasi
bilan ajralib turadilar?
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot
sohasidagi chukur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi
o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonidagi
o’rtog’iga karatilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunlirok bo’la
boshlaydi. SHerik bilan dialog - muvofiklashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega
bo’ladi. Bolalar endi ko’shnilari e’tiborini jalb kila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va
bildirgan fikrlari bilan kizikadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalar turlicha. Nutqdan atrofdagilar bilan
aloka o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga dikkatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro
tushunishda, sherik xulkiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini
tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtoђining harakatlarini muvofiklashtirishda foydalaniladi. Nutq
atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi
tasavvurlarni kayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat kiladi.
Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq ob’ektiv alokalarning o’ziga xos sohasi
sifatida namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, kofiyalar va fikrlar bilan anglaydi.
O’zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini kondirish uchun bola mavjud barcha
vositalardan, vaziyatdan kelib chikib beixtiyor bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-
ishoralar, yuz ifodasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli
bo’lgan) foydalanadi.
Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual kiyofasini
yaratgan holda o’zaro hamjihatlikda mavjud bo’ladi
Dialogni rivojlantirish nafakat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini
o’zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy kismi
hisoblanadi. Dialogik muloqot nafakat aloka (intellektual axborot) va o’z manfaatlariga
yo’nalishni, balki sherikning nuktai-nazarini, uning kizikishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga
olishni ham ko’zda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiklashtirish bevosita o’z
tengdoshini tushuna olish va uning nuktai-nazarini kabul qilishga bog’liq bo’ladi.
Bolalar bunday tajribani birgalikdagi faoliyatda: yasash, chizish, jamoa o’yinlarini
o’ynash natijasida to’playdilar. Tengdoshlari bilan muloqot qilishda bola nutqi
mazmundorlikdek (muloqot vaziyatidan kat’iy nazar mazmun fakat til vositalaridan foydalanish
orkaligina tushunarli) sifatga ega bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi
shakli – monolog tuђiladi va shakllanadi.U bolaning o’z fikrlari, his-tuyђulari, atrof-muhit
haqidagi bilimlarini o’rtoklashish istagi okibatida vujudga keladi. Bunda nutq kiska hikoya
shakliga ega bo’ladi. Hikoyada albatta, bolani lol koldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir
kizik hodisa (tabiat ko’ynidagi kizikarli uchrashuv, ukasning kulgili harakatlari va h.) aks etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib berishni,
o’kiganlarini so’zlab berishni xush ko’radilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutuђi – jaranglayotgan nutqka
kizikishning shidda bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir.
So’zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, kofiya, mazmun bilan o’tkaziladigan
o’yinlarda, so’z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko’rinadi.
Til vokeligini anglash uning barcha tomonlarini – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini kamrab
oladi. So’zga nisbatan ongli munosabat lug’at takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko’p
ma’noli so’zlarni tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi,
tinglash kobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirishga
(morfologiya, so’z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Lug’at rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirilishi oldingi o’ringa chikadi.
Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchik-chuchuk), sinonimiya (o’tkir, uchkir, charxlangan), ko’p
88
ma’nolilik (o’tkir pichok, achchik kalampir, o’tkir til) kabi hodisalarni tushunish va ulardan
nutqda faol foydalanishga taalluklidir. Bolalar tabiat hodisalari, narsalar, insonlarning hatti-
harakatlarini takkoslashda turlicha va umumiy xususiyatlarni ajratishni hamda aksil va yakin
ma’noli so’zlar, kiyoslashlar, anik fe’llar, o’xshatishlar yordamida ularni nutqka olib kirishni
o’rganadilar.
So’z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarni ko’p ma’noli so’zlar
bilan tanishtiradi. Buyumlar funktsiyalarini takkoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar
shakllanadi (hayvonlar, mebel, transport va h.).
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til vokeligini eng oddiy tarzda anglashni
shakllantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so’zlar, tovushlar,
kofiyalar (pomidor-koridor) faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglashidagi umumiy va turlicha
tovushlarni belgilay oladilar, artikulyatsiya yoki akustik jihatdan yakin tovushlarni (S-SH, S-Z,
S-S) farklashga kodirlar, she’r, makol yoki tez aytishdagi 4-5 ta so’zda uchragan tovushlarni
belgilay oladilar. Bolalar aralash tovushlardan iborat bo’lgan tez aytishlarni anik talaffuz
qilishni mashk qilishni, ularni turli tezlikda, turli ohanglarda aytishni yoktiradilar.
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan to’g’riligini
shakllantirish nutqka nisbatan tankidiy munosabatning paydo bo’lganligi va rivojlanganligi, anik
va to’g’ri gapirishga intilish bilan bog’liqdir. To’g’rilikka intilish grammatikaning barcha
sohalarida, ya’ni – morfologiyada (shaklning anik shakllanishida, ko’p turdagi shakllarni
o’zlashtirishda), so’z yasashda (non uchun - nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og’zaki
nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va» boђlovchisini ko’p marta ko’llash orkali gapni «cho’zish»
hamda bir gapda to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo’la
boshlaydi. Nutqning grammatik to’g’riligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro’y beradi.
Besh yoshli bola hali ham ishtiyok bilan grammatik shakllarni o’ynaydi va aynan so’z bilan
amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to’g’riligini yanada rivojlantirish
uchun shart-sharoit yaratadi.
Lug’at rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik to’g’rilikni
shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini o’zlashtirish (boђlovchilar, o’rin-hol, leksik
takrorlashlar, sinonimlar yordamida gaplarni boђlash vositalari; tavsiflash, bayon qilish
tuzilmasi) bilan uzviy bog’liqdir. Ko’p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik
nutq negizida rivojlangani holda nutqning barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq holda bo’ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan muayyan
shakldagi muloqot turiga muhtoj bo’ladi. Bu nafakat tashki dunyo va boshka odamni anglashga,
balki tilning o’zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo’naltirilgandir.
Nutqiy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik ko’rinishlarida hamda
ayni paytda til va ravon nutqni egallash sur’atida ifodalanadi.
Ko’pchilik bolalar o’z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilar e’tiborini o’ziga jalb qilishni
xush ko’radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy muloqot amaliy faoliyat bilan zid keladi va
buning natijasida bunday ko’p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi boshka bolalardan
ortda kola boshlaydi. Unchalik kirishimli bo’lmagan bolalar kap so’zlaydilar, lekin odatda ular
amaliy vazifalarni tez va to’g’ri hal etadilar.
Ravon nutqning paydo bo’lish muddati va mahsuldorligi ham fark qilishi mumkin. Ilk
turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish 4-5 yoshdan boshlanadi.
Bolalar sehrli ertaklarni, bo’lgan vokealarni bir-birlariga so’zlab beradilar, o’yinchoqlardan
foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’kiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy
ertakni («Zumrad va Kimmat») mustaqil hikoya qilib bera olsa, o’yinchoqlar, suratlar asosida
kichik og’zaki insho to’kiy olsa - bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir.
Ravon nutqni o’kitish vazifalari quyidagilardan iborat: Bolalarning o’z tashabbusiga
ko’ra yoki kattalarning taklifiga ko’ra hikoya qilib berishga kizikishini ko’llab-kuvvatlash;
ertaklar, suratlar va o’z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so’zdagi mazmunini kiska
hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni o’rgatish.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |