Preparat:Macrosporium solani zamburug’idan preparat tayyorlab mikroskopda ko’rish. Konidiya va konidiya bandlari yirik, qo’ng’ir ranglardan iborat bo’lib, bir nechta to’siqlar bo’ladi.
2) So’lish. Bu kasallikni zamburug’lar hamda bakteriyalar keltirib chiqaradi. Fus oxysporum Verticillium albo-atrum zamburug’i va Pseudomonas solanacearum, Corynebacterium sepedonicum bakteriyalaridir.
So’lish kartoshkaning gullash davrida ko’rina boshlaydi, keyinchalik ko’payib ketadi. Bunda kartoshkaning poya va barglari turgor holatini yo’qotadi, 5-6 kun davomida o’simlik so’liydi va batamom qurib qoladi.
O’simlikning so’liy boshlashiga qarab, kartoshkada tugunak mutlaqo hosil bo’lmasligi mumkin, yoki hosil bo’lsa ham soni va vazni juda kamayib ketadi. Kasallik qo’zg’atuvchilar tuproqda va o’simlik qoldiqlarida konidiya va miseliy holida qishlaydi.
Preparat: Zararlangan poya ko’ndalang kesib, mikroskopda ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |