Preparat: Helminthosporium gramineum zamburug’ini kleystotesiyalarini mikrosopda ko’rish.
9) Sholining pirikulyarioz kasalligini Piricularia oryzae zamburug’i qo’zg’atadi. Bu kasallik bilan sholining bargi, barg qini va poya bo’g’imlari zararlanadi. Sholi barglarida och-qo’ng’ir rangli dog’lar hosil bo’lib, ular keyinchalik kattalashadi.
Barg qini kasallanganda uning to’qimalari o’ladi, quriydi. Poyasi kasallansa, bo’g’imlarda yoriqlar hosil bo’ladi va bo’g’imlari ikkiga bo’linib qoladi. Bo’g’imlarining yuqorigi va pastki qismlari, poyaning markaziy qismi bilan qo’shilib turadi, shu tufayli poya egiladi, yotib qoladi, ba’zan sinib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |